Standartlari


BHXS (IAS) 29 “Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot”



Download 1,94 Mb.
bet45/136
Sana27.10.2022
Hajmi1,94 Mb.
#857151
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   136
Bog'liq
IFRS

BHXS (IAS) 29 “Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot”


29-son BHXS “Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot” giperinflyatsiyani boshidan kechirayotgan mamlakatlar valyutasida hisobot tuzadigan korxonalarning (konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni ham o’z ichiga olgan) moliyaviy hisobotiga nisbatan qo’llaniladi.
Ushbu standart inflyatsiyaning absolyut tempini aniqlamaydi. 24-son BHXSga muvofiq moliyaviy hisobotni qayta hisoblash zaruriyatini aniqlash sub’ektiv qarorlar toifasiga talluqli hisoblanadi. Giperinflyatsiyaning mavjudligini davlat tomonidan ko’rib chiqilayotgan iqtisodiy holat tavsiflari ko’rsatib beradi. Ulardan asosiylariga quyidagilar kiradi:

  1. Aholi o’z jamg’armalarini pul shalida emas yoki nisbatan turg’un xorijiy valyutada saqlashni afzal deb biladi. Milliy valyutadagi mavjud summalar xarid qobiliyatini saqlab qolish uchun darhol investitsiyalanadi;

  2. aholi pul mablag’larini mahalliy valyutada emas balki nisbatan turg’un xorijiy valyutada hisob-kitob qiladi. Baholar ushbu xorijiy valyutada ko’rsatilishi mumkin;

s) kreditga sotish va sotib olish kredit muddati davomida xarid qobiliyatining yo’qotishlarini kompensatsiyalaydigan narxlarda amalga oshiriladi;

  1. foiz stavkasi, ish haqi va baholar baho indeksi bilan bog’liq bo’ladi;

  2. uch yil davomida inflyatsiyaning o’sishi 100%ga yaqinlashadi yoki undan oshadi.

Ko’pchilik mamlakatlarda boshlang’ich moliyaviy hisobot ayrim qayta baholanishi mumkin bo’lgan asosiy vositalar va investitsiyalardan tashqari mavjud aktivlarning umumiy baho yoki alohida baholarning o’sishini hisobga olmagan holdagi boshlang’ich (tarixiy) qiymati asosida tuzadilar. Biroq ayrim korxonalar boshlang’ich moliyaviy hisobotni mavjud aktivlarning aniq narxlarining o’zgarishini o’zida ifoda etgan tiklangan qiymatda taqdim etadilar.
Giperinflyatsiyali iqtisodiyotga ega mamlakatlar valyutasida hisobot beradigan korxonalar moliyaviy hisoboti u boshlang’ich va tiklangan qiymatga asoslanishidan qat’iy nazar hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarida taqdim qilinishi lozim. BXHSlariga muvofiq o’tgan davrga talluqli bo’lgan moliyaviy hisobotlarda ochiqlanishi talab qilinadigan axborotlar hamda ancha oldingi davrlarga oid bo’lgan har qanday axborotlar hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarida aks ettirilishi lozim.
Pul moddalari bo’yicha daromad va xarajatlar sof daromadga qo’shilishi va alohida ochiqlanishi lozim.
Moliyaviy hisobotni qayta hisoblashda hisobotlar 1) boshlang’ich qiymatda va
2) tiklangan qiymatda tuzilganligi inobatga olinadi.
Boshlang’ich qiymat asosida tuzilgan moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansining hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarida ifodalanmagan summalari umumiy baho indeksi asosida qayta hisoblanadi.
Pul mablag’lari qayta hisoblanmaydi, chunki ular hisobot sanasida amal qiladigan pul o’lchovida ifodalangan.
Baholar o’zgarishi asosidagi shartnomalar bilan bog’liq aktivlar va majburiyatlar jumladan, indeks obligatsiyalari va zaymlar hisobot sanasida to’lanmay qolgan qismini aniqlash uchun shartnomaga muvofiq to’g’irlanadi.
Boshqa barcha qolgan pul bo’lmagan aktivlar va majburiyatlar qayta hisoblanadi.
Ko’pchilik pul bo’lmagan moddalar boshlang’ich qiymatda yoki eskirishi chiqarilgan boshlang’ich qiymatda hisobga olinadi. Shu bois, ular xarid qilib olish sanasidagi summada ifodalangan. Har bir modda qiymatining yoki eskirish chiqarilgan qiymatining qayta hisoblangan natijasi boshlang’ich qiymatiga va jamg’arilgan eskirishiga umumiy baho indeksini qo’llash orqali aniqlanadi. Shu bois, asosiy vositalar, investitsiyalar, xom-ashyo va tovarlar zahiralari, ishbilarmonlik reputatsiyasi, patentlar, savdo markalari va shunga o’xshash aktivlar xarid qilib olish sanasidan to’g’irlanadi. Zahiralar, qisman tayyor va tayyor mahsulotlar qiymati ularni xarid qilish va qayta ishlash xarajatlari vujudga kelgan sanadan e’tiboran qayta hisoblanadi.
Ayrim turdagi asosiy vositalar turlarini xarid qilish sanasi to’g’risida ma’lumotlar mavjud bo’lmagan hollarda qayta baholash uchun asos bo’ladigan qiymatni aniqlash xolisona professional baholash orqali amalga oshiriladi. Agar kam uchraydigan hollarda ma’lum davrlar uchun umumiy baho indeksi bo’lmagan taqdirda hisobot valyutasi va turg’un xorijiy valyuta almashtirish kursining o’zgarishi olinishiga ruxsat etiladi.
Pul bo’lmagan moddalar qayta hisoblangan summalari talluqli BHXSga muvofiq aktivlardan kelgusida foydalanish (sotish va boshqa shaklda tassarruf etish) hisobidan qoplanadigan summadan katta bo’lgan hollarda kamaytiriladi. Shu bois, ushbu holatlarda asosiy vositalar, ishbilarmonlik reputatsiyasi, patentlar va savdo markalarining qayta hisoblangan summalari qoplanadigan summaga qadar kamaytiriladi, zahiralarning qayta hisoblangan summasi realizatsiyaning sof qiymatiga qadar kamaytiriladi, qisqa muddatli investitsiyalarning qayta hisoblangan summasi bozor qiymatiga qadar kamaytiriladi.
Korxona kelishuvga muvofiq qo’shimcha hisoblangan foizlar to’lovisiz aktivlarni xarid qilishi bo’yicha to’lovlar muddatini uzaytirish asosida xarid qilishi mumkin. Ushbu holatlarda, qaysiki foizlar summasini yozish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda ushbu aktivlar xarid qilib olingan sanadan emas, balki to’lovlar sanasidan qayta hisoblanadi.
Ushbu standartni qo’llashning birinchi davri boshida xususiy kapital elementlari, taqsimlanmagan foyda va boshqa oshirilgan qayta baholash summalaridan tashqari talluqli sanalardagi umumiy baho indeksini qo’llash yordamida qayta hisoblanadi. Oldingi davrlarda yuzaga kelgan oshiriladigan qayta baholash summalari bekor qilinadi (to’g’irlanadi). Taqsimlanmagan foydaning qayta hisoblangan miqdori balansning boshqa barcha qayta hisoblangan moddalari asosida hisoblanadi.
Ushbu standart foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotning hammma moddalari hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarda ifodalanishini talab etadi. Shunday qilib, barcha summalar daromad va xarajatlarning moddalari qachonki, moliyaviy hisobotda boshlang’ich yozilgan sanadan e’tiboran umumiy baho indeksi o’zgarishini qo’llash yordamida qayta hisoblanadi.
Inflyatsiya davrida pul aktivlarining pul majburiyatlaridan oshishiga ega bo’lgan korxonalar to’lov qobiliyatini yo’qotadi. Pul majburiyatlarining pul aktivlaridan oshishiga ega bo’lgan korxonalar aktiv va majburiyatlar baholar darajasiga bog’liq bo’lmagan darajada to’lov qobiliyatini ko’paytirishga erishadi. Ushbu sof pul moddalari bo’yicha daromad yoki xarajatlar pul bo’lmagan aktivlarni, xususiy kapital, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot moddalarini qayta hisoblash va indekslanadigan aktivlar va majburiyatlarni to’g’irlash o’rtasidagi farq sifatida joriy qilinishi mumkin.
Sof pul mablag’lari bo’yicha daromad va xarajatlar sof foydaga kiritiladi.
Tiklanish qiymati asosida tuzilgan moliyaviy hisobotda balansning tiklanish qiymatida ko’rsatilgan moddalari qayta hisoblanmaydi, chunki ular hisobot sanasida amal qilayotgan o’lchov birliklarida ifoda etilgan.
Tiklanish qiymatidagi foyda va zararlar to’g’risidagi hisoboti odatda qayta hisobga qadar operatsiyalar va hodisalar asosida yotadigan haqiqatda yuz bergan momentdaga xarajatlarni aks ettiradi. Realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi va eskirishi ularni ishlatish momentidagi joriy xarajatlar bo’yicha hisobga olinadi. Realizatsiya va boshqa xarajatlar ular yuz bergan momentdagi pul o’lchovlarida yozib boriladi. Shunday qilib, barcha summalar umumiy baho indeksini qo’llash orqali hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklariga qayta hisoblanadi.
29-son BHXS muvofiq holda moliyaviy hisobotni qayta hisoblash soliqqa tortiladigan daromad va buxgalteriya daromadi o’rtasida farqni yuzaga keltirish mumkin. Ushbu farq 12-son BHXSga muvofiq hisobga olinadi.
Ushbu standart pul mablag’lari harakati to’g’risidagi barcha moddalar hisobot sanasida amal qilayotgan pul birliklarida ifodalanishini talab etadi.
Qachonki mamlakat iqtisodiyoti giperinfltsiyadan chiqsa korxona ushbu standartga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilishni to’xtatadi.



Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish