Sportda matematika


O’quv kursining to’liq nomi



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

O’quv kursining to’liq nomi
Anatomiya 
Kursning qisqacha nomi: 
An Kod: An 
Kafedra: 
Anatomiya va fiziologiya 
O’qituvchi haqida ma’lumot
F.I.SH. 
E-mail 
Semester va o’quv kursining davomiyligi 
 
O’quv soatlari xajmi 
Jami: 
shuningdek 
168/172/176 
Ma’ruza 
54 
Seminar 
Amaliy
54 
Mustaqil ta’lim 
60/64/68 
 
O’quv kursining statusi
Matematik va tabiiy –ilmiy fanlar 
Dastlabki tayyorgarlik:
Kurs Anatomiya fani o’zlashtirilga bilimlar, ortirilgan 
malaka va ko’nikmalarga asoslangan 
Fanning predmeti va mazmuni: 
Umumiy anatomiya va xususiy anatomiyaning qismlarida
nazariy bilimlar bayon etilgan. Odam organizmini tuzilishi, shakli, uni tashkil etuvchi tizimlar, 
a’zolar to’qimalar va hujayraviy darajalaridagi tuzilishi o’rganiladi, individual taraqqiyotning 
davrlariga ko’ra o’sish va rivojlanish xususiyatlari bo’yicha bilimlar ham kiritilgan. 
Fanni o’qitishdan maqsad:
Anatomiya fani tibbiyotning nazariy asosini tashkil qiladi, odam 
organizmining tuzilish va rivojlanish qonuniyatlarini uning funksiyalari hamda tashqi muxit ta'siroti 
natijasidagi o’zgarishlari bilan uzviy bog’liq xolda o’rganadi. 
Anatomiya fanning asosiy maqsadi inson tanasining faqat biologik qonuniyatlarinigina o’rganish 
bilan cheklanmaydi, balki jismoniy faoliyatni inson tanasining makro - va mikrostrukturasiga ta'siri 
tekshiriladi, uning filogenetik va ontogenetik rivojlanishi bilan uzviy bog’liq xolda o’rganiladi. 
 
Fanni vazifasi
Tassavur, bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar 
- Organizm tuzilishini turli 
struktur darajalari yuzasidan chuqur bilim berish. 
- Talabalarning umum biologik va nazariy tayyorgarligini oshirish, hamda fiziologiya, psixologiya, 
bioximiya, sport tibbiyoti, davolovchi jismoniy tarbiya nazariyasi kabi fanlarni o’rganish uchun 
zamin yaratish va bu fanlarni asos yaratuvchi bilimlarini berish. 
- Yoshga bog’liq xolda konstitusional va sport morfologiyasi asoslarini o’rgatish, suyaklar, 
bo’g’imlar, mushaklar, ichki a'zolar proeksiyalarini aniqlay bilish bilan birga amaliyotda 
qo’llanadigan antropometriya, somatometriya, somatoskopiya usullarini o’rgatadi. 
Jismoniy tarbiya muammolarini xal etishni vazifa qilib olgan xolda, anatomiya va dinamik 
anatomiya fanlari sport orientasiyasi va tanlovini o’tkazish, o’quv-mashq jarayonlarini to’g’ri 
rejalashtirish, jismoniy rivojlanishga baxo berish va patologik o’zgarishlar kelib chiqishining oldini 
olish tadbirlarini belgilash va qo’llanilishida muhim asosdir. Ko’p yillar davomida anatomiya 
kafedrasi xodimlari tomonidan sport ustozlari orasida o’tkazilgan so’rovnomalar asosida nazariy 
tomondan muhim axamiyatga ega bo’lgan mavzular ajratilgan. Bu mavzularga tayanch - xarakat 
apparati tuzilishi va funksiyalari bilan bog’liq bo’lgan bilimlar, umumiy jismoniy ishchanliginini 
ta'minlovchi ayrob tizimini tashkil etuvchi tizimlarini tuzilish xususiyatlari, harakatlarni idora 
etuvchi nerv va gumoral tizimlarning tuzilish xususiyatlari kabi mavzular ko’rsatilgan. Jismoniy 
yuklamalarga muskul va suyak tizimlarini moslanish asoslari va morfologik mezonlar asosida sport 
tanlovini o’tkazish, sport amaliyotida keng tarqalgan siklik, asiklik va aylanma xarakatlarni nafakat 



tayanch-harakat apparatini ishtiroki, balki tanaga ta'sir etuvchi tashki va ichki kuchlar ta'siri xisobga 
olingan xolda taxlil qilish dinamik anatomiya va sport morfologiya bo’limlarida bayon etilgan.
Tibbiy - biologik kafedralardagi o’quv dasturlaridagi mavzularni taqqoslash natijasida ba'zi 
mavzularni takror qaytarilishi bartaraf etildi, dasturlarda, masalan, anatomiyadan bir bo’lim 
bo’yicha tizimni morfologiyasi berilsa, fiziologiya, bioximiya yoki sport tibbiyoti fanlaridan ushbu 
tizimga tegishli xususiyatlari to’liq, fundamental asosda taxlil qilingan. Demak, o’quv dasturlarida 
uzviylik prinsipiga xam aloxida e'tibor berilgan. "Anatomiya" fanini o’zlashtirish jarayonida 
amalga oshiriladigan masalalar doirasini "Umumiy anatomiya" va "Xususiy anatomiya" qismlariga 
ajratish mumkin. O’quv dasturining "Umumiy anatomiya" qismida "Osteosindesmologiya", 
"Miologiya" va "Dinamik anatomiya" bo’limlaridan tashkil topgan.
Xususiy anatomiya" xam 3 bo’limdan iborat bo’lib, unda "Ichki a'zolar xaqida ta'limot", "qon-
tomirlar tizimi" va "Nerv tizimi va sezgi" bo’limlaridan iborat. Anatomiyaning ikkala qismida 
nazariy bilimlar bayon etilgan. Tavsiya etiladigan namunaviy dasturda aloxida ajratilgan boblarda 
odam organizmi individual taraqqiyotning davrlariga ko’ra o’sish va rivojlanish xususiyatlari, 
yoshga qarab o’zgarishi va jinsga xos bo’lgan xususiyatlarni taraqqiyoti haqida bilimlar kiritilgan.
"Osteosindesmologiya" bo’limida nafaqat suyaklarni tuzilishi, balki sport faoliyatida turli 
xarakatlar va mashqlarni bajarilishini bajarilishini ta'minlovchi bo’g’imlar va boylamlarni tuzilishi 
va xususiyatlari berilgan. "Miologiya" bo’limida sportchilarning amaliy faoliyatida keng 
qo’llaniladigan xolat va xarakatlarni ta'minlovchi muskullarni nafaqat topografik, balki funksional 
guruxlari yoritilgan. 
"Dinamik anatomiya" aloxida bo’lim bo’lib, sport muammolarini yechishga qaratilgan, xar bir 
sportchi turli xolat va xarakatlarini bajarishda ishtirok etuvchi tayach-xarakat apparatining 
ishtirokini mustaqil taxlil qila olishi lozim. "Xususiy anatomiya" "Splanxnologiya yoki "Ichki 
a'zolar" bo’limidan boshlanadi. Modda almashinuvida ishtirok etuvchi tizimlar chuqur o’rganiladi. 
Bularga "Xazm tizimi", ""Nafas tizimi", Siydik ayrish tizimi va endokrin tizimlariga oid a'zolarning 
joylashuvi, tuzilishi va funksiyalari taxlil qilinadi. "Qon aylanish tizimning" ta'rifidan tashqari qon 
tomirlarining klassifikasiyasi, gemodinamika prinsiplari, topografiyasi, shoxlanishi, qonni yig’ish 
yoki qon bilan ta'minlash soxalari bo’yicha ma'lumotlar maxsus jadvallarda berilgan. Limfa tizimi 
kengaytirilib, "Immun tizimi a'zolari" degan bo’lim birinchi marotaba dasturga kiritilgan va bu 
tizim xaqidagi bilimlar bayon etilgan. Eng murakkab tizimlardan "Nerv tizimiga aloxida axamiyat 
berilgan, chunki bu tizim organizmni idora etuvi tizim bo’lib, uni shartli ravishda bo’lingan 
qismlarini qamrab olingan. Xar bir tizimga xos a'zolarni kelib chiqishi, joylashuvi, makroanatomik 
tuzilishi bilan bir qatorda, a'zolarni funksiyalarini bajarilish xususiyatlarini talabalar bilishi kerak.
Talaba dastur mavzusini o’rganish mobaynida faqat bilimga ega bo’lmasdan, balki ma'lum 
ko’nikmalarni xam orttirishi kerak. Anatomiya fani jarayonida talaba ma'lum ko’nikmalarga ega 
bo’ladi: odam tanasining proeksiyasida asosiy suyakli tuzilmalar - aniqlovchi nuqtalar asosida 
a'zolarni, muskullarni joylashuvini, bo’g’imlarni harakatlarini, tomirlar va nervlar proeksiyasini, 
antropometrik ulchovlarini to’g’ri o’tkazishini ta'minlaydi. Jismoniy tarbiya institutlarining 
talabalari uchun ayniqsa kerak bo’lgan sportga tanlashda morfofunksional kursatkichlarning roli, 
anatomo-antropologik belgilar va irsiyat bilan muhitning sportchilar konstitusiyasining shakllanishi 
mahoratining o’sishiga ta'siri, dinamik anatomiya bo’limida sport amaliyotida eng ko’p 
qo’llanilayotgan xolatlar va harakatlarni bajarishda tayanch-harakat apparatini morfo-kineziologik 
taxlilini qilishga doir ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 
- talaba fundamental anatomiyadan olingan dalillar asosida trenirovka jarayonini to’g’ri tashkil etish 
malakasiga ega bo’lish. - Sport amaliyotida antropometrik ko’rsatkichlar asosida esa tashxisiy sport 
tanlovini samarali o’tkaza olish.
- Turli xolat va harakatlarning anatomik taxlili asosida talaba o’z maxoratini oshirish. Sportchi o’z 
mutaxassisligidan texnika samarasini oshirish va takomillashtirish malakalariga ega bo’lish kerak

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish