Fanning dolzarbligi
O’zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturi", Davlat
dasturining 30-bandiga binoan "Uzluksiz ta'lim tizimida (maktablar, o’rta-maxsus, kasb-xunar
ta'limi muassasalari, oliy o’quv yurtlarida yangi standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash", "Oliy
ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi"
Nizomi xujjatlariga muvofiq xolda talabalarga mutahasislik yo’nalishlari bo’yicha bilimlar berib
qolmay, balki har tomonlama yetuk shaxslarni tarbiyalash, shu bilan bir qatorda ularni ma'naviy-
marifiy va jismoniy jixatdan xam barkamol inson sifatida shakllanishlariga asosiy e'tibor
qaratilmoqda. Xozirgi zamon bosqichida oliy maktabining islox qilinishi - sport amaliyoti ishlarida
samaradorlikni oshirishga sodir bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash borasida sifatga e'tibor berishni
ko’rib chiqish va xal qilishni talab qiladi. Bugungi jamiyat xayotida mutaxassislarni sifatli
tayyorlash - bu iqtisodiyot bozorida raqobatdosh mutaxassislarni kamol toptirishda, xox ishlab
chiqarish, xox sog’lomlashtirish bo’lsin, xox oliy musobaqalarda ishtirok eta oladigan
sportchilarni tayyorlash, jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirish yo’llarini bila olish va joriy
etishni qila bilishdan iborat.
Sport va tibbiyotdagi progress anatomiya fani oldida sport amaliyoti muammolarini yechishda
morfologik asoslarini chuqur o’rganishni talab qiladi. Natijada quyidagi tavsiya etilayotgan
dasturda odam organizmining anatomik tuzilishi xaqidagi ma'lumotlar bilan bir qatorda dinamik
anatomiya bo’limida xozirgi zamon ilmiy ma'lumotlari keltirilgan. Sport amaliyotida keng
qo’llaniladigan turli xolat va xarakatlarning bajarish texnikasi samadorligini oshirish uchun talaba
anatomik bilimlari asosida tayanch-xarakat apparati ishini va jismoniy yuklamalar ta'sirida turli
morfo-funksional tizimlardagi rivojlanadigan o’zgarishlarni taxlil qila oladi.
Anatomiya
fani
tibbiyotning nazariy asosini tashkil qiladi, odam organizmining tuzilish va rivojlanish
qonuniyatlarini uning funksiyalari hamda tashqi muxit ta'siroti natijasidagi o’zgarishlari bilan uzviy
bog’liq xolda o’rganadi.
Anatomiya fanning asosiy maqsadi inson tanasining faqat biologik qonuniyatlarinigina
o’rganish bilan cheklanmaydi, balki jismoniy faoliyatni inson tanasining makro - va
mikrostrukturasiga ta'siri tekshiriladi, uning filogenetik va ontogenetik rivojlanishi bilan uzviy
bog’liq xolda o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |