Sportda matematika


Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

 
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
A) Organizm tuzilishini turli struktur darajalari yuzasidan chuqur bilim berish. 
B) Talabalarning umum biologik va nazariy tayyorgarligini oshirish, hamda fiziologiya, 
psixologiya, bioximiya, sport tibbiyoti, davolovchi jismoniy tarbiya nazariyasi kabi fanlarni 
o’rganish uchun zamin yaratish va bu fanlarni asos yaratuvchi bilimlarini berish. 
V) Yoshga bog’liq xolda konstitusional va sport morfologiyasi asoslarini o’rgatish, suyaklar, 
bo’g’imlar, mushaklar, ichki a'zolar proeksiyalarini aniqlay bilish bilan birga amaliyotda 
qo’llanadigan antropometriya, somatometriya, somatoskopiya usullarini o’rgatadi. 
Jismoniy tarbiya muammolarini xal etishni vazifa qilib olgan xolda, anatomiya va dinamik 
anatomiya fanlari sport orientasiyasi va tanlovini o’tkazish, o’quv-mashq jarayonlarini to’g’ri 
rejalashtirish, jismoniy rivojlanishga baxo berish va patologik o’zgarishlar kelib chiqishining oldini 
olish tadbirlarini belgilash va qo’llanilishida muhim asosdir. Ko’p yillar davomida anatomiya 
kafedrasi xodimlari tomonidan sport ustozlari orasida o’tkazilgan so’rovnomalar asosida nazariy 
tomondan muhim axamiyatga ega bo’lgan mavzular ajratilgan. Bu mavzularga tayanch - xarakat 
apparati tuzilishi va funksiyalari bilan bog’liq bo’lgan bilimlar, umumiy jismoniy ishchanliginini 
ta'minlovchi ayrob tizimini tashkil etuvchi tizimlarini tuzilish xususiyatlari, harakatlarni idora 
etuvchi nerv va gumoral tizimlarning tuzilish xususiyatlari kabi mavzular ko’rsatilgan. Jismoniy 
yuklamalarga muskul va suyak tizimlarini moslanish asoslari va morfologik mezonlar asosida sport 
tanlovini o’tkazish, sport amaliyotida keng tarqalgan siklik, asiklik va aylanma xarakatlarni nafakat 
tayanch-harakat apparatini ishtiroki, balki tanaga ta'sir etuvchi tashki va ichki kuchlar ta'siri xisobga 
olingan xolda taxlil qilish dinamik anatomiya va sport morfologiya bo’limlarida bayon etilgan. 



Tibbiy - biologik kafedralardagi o’quv dasturlaridagi mavzularni taqqoslash natijasida ba'zi 
mavzularni takror qaytarilishi bartaraf etildi, dasturlarda, masalan, anatomiyadan bir bo’lim 
bo’yicha tizimni morfologiyasi berilsa, fiziologiya, bioximiya yoki sport tibbiyoti fanlaridan ushbu 
tizimga tegishli xususiyatlari to’liq, fundamental asosda taxlil qilingan. Demak, o’quv dasturlarida 
uzviylik prinsipiga xam aloxida e'tibor berilgan. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro 
bog’liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi 
Anatomiya fani fundamental fan bo’lib, bir qancha fanlar bilan bog’liq. Agar anatomiya fani 
a'zo va tizimlarni joylashuvini, tuzilishini o’rgansa, fiziologiya va sport fiziologiyasi fani esa a'zo va 
tizimlarni bajaradigan vazifalarni, funksional xolatlarini o’rganadi. Bu dasturni amalda bajarish 
uchun talabalar "Bioximiya va sport bioximyasi", "Harakat faoliyati biomexanikasi", , "Ekologiya 
va sport ", "Sport tibbiyoti va reabilitasiya" fanlarni o’rganishda asos bo’lib hizmat qiladi. 
Faning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi аsosiy qismda (ma'ruza) fanni mavzulari 
mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar 
orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan 
bilim va ko’nikmalar to’la yoritilishi lozim. Anatomiyaning "Kirish" qismida fanni maqsadi, 
vazifalari, organizm - yaxlit tizim sifatida bir qancha struktur darajalardan tashkil topganligi, 
to’qima va xujayralar xaqida tushunchalar beriladi. Odam skeleti va muskul tizimi o’tilgandan 
so’ng faqat jismoniy tarbiya instituti talabalari uchun dinamik morfologiya bo’limi o’tiladi. 
Dinamik morfologiya bo’limi maxsus bo’lim bo’lib, sportchilarda jismoniy yuklamalar 
ta'siridatizimlar va a'zolarda tayanch-xarakat apparatining ishtiroki, sodir bo’ladigan adaptasiya 
jarayonlarini o’rgatadi. Xususiy anatomiya bo’limlarida ijro etuvchi va idora etuvchi tizimlarning, 
ularning tashkil etuvchi a'zolarning tuzilishi bayon etiladi. Olingan bilimlar asosida talabalar 
mustaqil ravishda tanlangan sport turidagi xolat va xarakatlarni bajarishini ta'minlashini taxlil qila 
oladi.
- Statik va dinamik yuklamalar ta'siri natijasida suyak, muskul tizimlarida va ichki a'zolarida 
rivojlanadigan morfologik o’zgarishlar aniqlanadi. Shunday qilib, anatomiya fani jismoniy tarbiya 
institutida ta'lim olayotgan talabalarga, odam organizmi - yaxlit tizim sifatida, uni tashkil etuvchi 
tizimlar, a'zolar shakli, tuzilishini va sport yuklamalar ta'sirida xosil bo’lgan o’zgarishlarni 
o’rgatadi. Xozirgi zamon morfologik fanlarning yutuqlarini, kashfiyotlarini va ustuvor masalalarini 
qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so’ngi yutuqlarini e'tiborga olinishi tavsiya etiladi.

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish