Sportda matematika


Qism: Endokrin tizim (Ichki sekretsiya bezlari)



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

Qism: Endokrin tizim (Ichki sekretsiya bezlari) 
Mashg‘ulot № 16 
Mavzu: «Ichki sekretsiya bezlari». 
 
O‘quv mashg‘ulotining maksadi: 
1.
Endokrin bezlarning umumiy xarakteristikasi. 
2.
Gipofiz va epifizning topografiyasi, tuzilishi va funksiyasi. 
3.
Qalqonsimon bezi va qalqonsimon oldi bezlari, ularning topografiyasi, tuzilishi va funksiyasi. 
4.
Buyrak usti bezlarining topografiyasi, tuzilishi va funksiyasi. 
5.
Aralash sekretsiyali bezlar: me’da osti bezi. Tuxumdon bilan moyakning ichki sekretor 
funksiyasi. 
Mashg‘ulot o‘tkazish natijasida talabalar quyidagilarni bilishi kerak: 
1.
Bezlarning klassifikatsiyasi. Endokrin va ekzokrin bezlar xaqida tushuncha.
2.
Bosh miya bilan bog’liq bo‘lgan endokrin bezlarning ta’rifi. 
3.
Gipofiz bo‘laklari va gormonlari xaqida tushuncha. 
4.
Qalqonsimon bezning va qalqonsimon bezning morfofunksional xarakteristikasi. 
5.
Buyrak usti bezlarining tuzilishi va ishlab chiqaruvchi gormonlarning organizmga ta’siri. 
6.
Me’da osti bezining endokrin qismini tuzilishi va ajratadigan gormonlari. 
Dars o‘tish natijasida qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozim: 
1.
Mikroskop ostida endokrin bezlarni bir-biridan ajrata bilish. 
2.
Odamda qalqonsimon bezning joylashish chegaralarini ko‘rsata bilish. 
3.
Buyrak usti bezlarining proeksiyasini aniqlash. 
Mashg‘ulotning mazmuni. 
Odam organizmida ikki gurux bezlari bo‘lib, bularni tashqi sekretsiya bezlari va ichki sekretsiya 
yoki endokrin bezlari deyiladi. 
Tashqi sekretsiya bezlarining ishlab chiqariladigan maxsuloti
– sekretsiya deyilib, maxsus chiqaruv 
naylari orqali ma’lum bir bo‘shliqqa yoki teri sirtiga ajratiladi. 
Ichki sekretsiya bezlarida chiqaruv naylari bo‘lmaydi, ishlab chiqariladigan maxsulotlari – 
gormonlar
deyiladi. Ishlangan sekret bevosita qonga o‘tadi. 
Gormonlar 
– kimyoviy tarkibi jixatdan murakkab oqsillar bo‘lib, yuksak fiziologik aktivlikka ega. 
Gormonlar qon bilan butun organizmga tarqalib, ma’lum bir a’zolarga ta’sirot ko‘rsatadi, ularning 
faoliyatini aktivlashtiradi yoki susaytiradi.
Demak, endokrin bezlar nerv tizimi bilan birgalikda gumoral yo‘l orkali organizmda modda 
almashinuvini boshkarishda ishtirok etadi. 
Gipofiz va epifiz
– ektodermadan, ya’ni oralik miyadan takomil kiluvchi nevrogen gurux bezlariga 
kiradi. Gipofiz asosiy suyakning turk egari deb atatluvchi chukurchasida joylashgan. Epifiz yoki 
ortiksimon bez miya dastasi yukori satxidagi to‘rt do‘mbokning yukori do‘mboklari orasida 
joylashgan. Bu bez 
7
yoshdan so‘ng kichraya boshlaydi, ishlab chikaradigan gormonlari bolalarda 
jinsiy bezlar rivojlanishini tormozlab turadi. 
Mikroskop ostida gipofizning oldingi, oraliq va orqa bo‘laklarining tuzilishi ko‘rib chiqiladi. 
Gipofizning oldingi va oraliq bo‘laklari embrional taraqqiyot davrida ogiz buxtasining epiteliysidan 
xosil bo‘ladi. Shu sababli bu ikki bo‘lak adenogipofiz deb nomlanadi. Gipofizning orqa bo‘lagi 
oraliq miyadan rivojlanadi va neyrogipofiz deb nomlanadi. Adenogipofiz ogirligi gipofizning 
umumiy vazniga nisbatan 
70-80%
tashkil etadi va to‘r xolda joylashgan epiteliy xujayralardan 
iborat. Adenogipofiz to‘qimasida epitelial xujayralar tuzilishi va xususiyatlari jixatdan 
2
xilga 
bo‘linadi:

bosh yoki xromofob xujayralar, 
2
xromofil xujayralar. 
Xromofob xujayralar
- bo‘yoklar bilan sust bo‘yaladi. 
Xromofil xujayralar
- esa bo‘yoklar bilan yaxshi bo‘yaladi va shunga ko‘ra ikki guruxga bo‘linadi: 
a) atsidofil xujayralar – sitoplazma tarkibidagi sekretor donachalar kislotali bo‘yoklar bilan 
bo‘yaladi. 


328 
b) bazofil xujayralar esa asosli bo‘yoklar bilan yaxshi bo‘yaladi. Gipofizning oldingi bo‘lagida juda 
ko‘p mikdorda kon kapillyarlar uchraydi. Gipofizning oralik bo‘lagi epiteliy xujayralardan va 
orasida joylashgan siyrak tolali biriktiruvchi to‘kimadan iborat. 
Neyrogipofiz
yoki gipofizning orka bo‘lagi neyrolgin xujayralardan tanalari esa nerv xujayralarining 
aksonlaridan iborat. Nerv xujayralarning tanalari esa oralik miyaning bo‘limi – gipotalamus orkali 
boglangan. Demak, gipofiz markaziy nerv tizimi bilan gipotalamus orkali boglangan. SHu sababli, 
gipofizni butun endokrin bezlarining “malikasi” yoki “bosh dirijeri” deb nomlanadi. 

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish