Mavzu: Moyakning yorg’oqqa tushish jarayoni va jinsiy azolarning rivojlanish nuqsonlari
Reja:
Jinsiy organlar anatomiyasi
Moyakning yorg’oqqa tushishi
Jinsiy azolarda uchraydigan kasalliklar
Erkak jinsiy a'zolari (ORGANA GENITALIA MASCULINA):
Ikkiga bo'linadi: ichki va tashqi
Tashqi jinsiy a'zolari:
Yorg’oq (Scrotum) va jinsiy olat (penis) iborat.
Ichki jinsiy a'zolar:
Moyak (Testis), Moyak ortig’i (epididymis), urug’ olib chiquvchi kanal (ductus deferens), urug’ pufakchasi (vesicula seminalis) va eyakulyatsiya kanali (ductus ejaculatorius).
Qo'shimcha bezlari: Urug’ pufakchalar (GLANDULA SEMINALIS (VESICULA SEMINALIS), Prostata bezi (GLANDULA PROSTATA), Kuper bezlari (GLL. BULBOURETHRALES (COWPER)
YoRG’OQ (SCROTUM):
Chot orasida joylashgan ichida moyak, epididim va urug’ tizimchasini (testis, epididymis, funiculus spermaticus) himoya qiladigan xalta ko'rinishga ega a'zodir. O'lchami yoshga bog’liq ravishda o'zgarib turadi. Yangi tug’ilganlarda qovga yopishib tursa yosh o'tgan sari pastga osilib boradi. Moyaklar ona qornidagi davrda beldan rivojlanib qorin devorini yorib o'tib yorg’oqqa tushadi va shu tushish yo'lida to'xtalishlar ham ma'lum kasalliklar(kriptorxizm va hakozo)ga sabab bo'ladi. Qorin old devori mushak to'qimalari ham yorg’oq qavatlarida ishtirok etganligi sababli ularn qisqarish xususiyati bo'lganligi sababli moyaklarni tashqi haroratga moa ravishda yuqoriga va pastgi xarakatlanishiga yordam beradi Scrotum terisida melanin pigmenti ko'pligidan rangi to'qroq bo'ladi. Juda oz miqdorda yog’ hujayralari uchraydi va mahsulotida o'ziga xos hid bo'ladi.
Yorg’oqni harorati odatda tana haroratidan 3-4o gradus pastroq bo'ladi. (33,9o).Buning sababi esa urug’ hujayralarini ishlashi uchun uyg’un haroratdir. Shuning uchun yuqori temperaturada ishlaydiganlarda (metallurgiya), ko'p saunaga kiradiganlarda, yosh davrda tor kiyim (plavka trusi) kiyadiganlarda farzandsizlik ko'proq uchraydi.
Istisko, Gidrosele(Hidrosele), Vodyanka : ko'p uchraydigan kasalliklaridan biridir, moyak pardalarida turli sabablarga ko'ra suv yig’ilishdir. Chorasi asosan operativdir. Gematotsele, Hematosele: qon to'planishidir.
Jinsiy olat (PENİS):
Ikki qismdan iborat, erkin qism tashqari yorg’oq ustida osilib turadi, silindr shaklda bo'ladi uzunligi yoshga irqqa bo'yiga ko'ra 9sm.dan 20sm.gacha bo'ladi. Qimirlamaydigan qismi qov suyagiga ikki oyoqcha bilan yopishgan holda turadi. Jinsiy olatni vazifasi jinsiy aloqada bo'lish va siydikni tashqariga chiqarishga yordam beradi. Jinsiy olat ikkita g’ovak (kavernoz) tanacha va spongioz tanacha )ichida uretra siydik kanali)dan iboratdir. Uchinchi g’ovak tanacha spongioz tanacha uch tomonga kelib jinsi olat
boshchasini hosil qiladi. Yangi tug’ilgan chaqoloqlarda boshchasi sunnat terisi bilan qoplangan bo'ladi va Tisson bezchalari smegma ishlab chiqaradi. Sunnat terisini uchi ochilmay qolishi natijasida (fimoz deyiladi kasallikni nomi) siyishga qiyinchilik tug’diradi. Gigena jihatida bu terini olib tashlashlik ma'qul hisoblanadi.
Uretra (siydik kanali) URETHRA MASCULINA: jinsiy olatning ostida joylashgan siydik va jinsiy aloqada sperma tashqariga chiqishiga yordam beradi.
Ichki jinsiy a'zolar:
Moyak (Testis), Moyak ortig’i (epididymis), urug’ olib chiquvchi kanal (ductus deferens),urug’ pufakchasi (vesicula seminalis) va eyakulyatsiya kanali (ductus ejaculatorius).
Moyaklar TESTIS (ORCHIS):
Yorg’oq ichida urug’ tizimchasi elementlari bilan tutash holada ovalsimon ko'rinishdagi, asosiy urug’(spermatozoid) va erkaklik gormoni (testosteron)ni ishlab chiqaruvchi muhim juft(2ta) bez a'zodir. 4-5 sm uzunligi, 2,5-3sm eni va 2-3sm qalinlikka egadir. Odatda og’irligi 10-14gr atrofida bo'ladi. Yorg’oq ichida ba'zan harakatlanib ba'zan osilgan holatlarda turadi. Ikki qavat oqsil pardasi bo'ladi va shu parda o'ta sezuvchandir og’riq retseptorlari ham shu erda joylashgan. Chap mochk o'ngga nisbatan ko'pincha pastroqda joylashgan bo'ladi buni sababi embrional rivojlanish davrida moyaklarni hosil bo'lishi joylarini farqli bo'lganidandir. Moyaklar qorin ichki haroratida faoliyat ko'rsataolmaydilar(sprematozoid ishlab chiqarish uchun) ular uchun uyg’un sharoit 2 va 3 gradus past bo'lishidadir. Rivojlanishni izdan chiqishiga qarab ham ba'zi kasalliklar kelib chiqadi. Ona qornida 4 oyida kanal bo'ylab joyiga harakatlanish boshlanadi. 7 oyda nomsiz kanalni ichki teshigiga kelgan bo'ladi shuning uchun erta tug’ilgan erkak chaqaloqni moyaklari joyida bo'lmasligi ba'zan normal holat hisoblanib kutish tavsiya qilinadi. Homiladorlikni oxirgi 2 oyi ichida kanaldan o'tib o'z joyiga tushadi. Qorin bo'shlig’idan o'z yotog’iga tushishi uchun gubernaculum testisnomli bog’lam kerak bo'ladi shuni rivojlanmasligi moyaklarni o'rniga tushmaslikka yoki qaytib chiqishiga sabab bo'ladi va jarrohlik yo'li bilan moyak joyiga fiksatsiya qilinadi.Undan tashqari moyak qorin bo'shlig’idan o'tib kelayotganda qorin parda(processus vaginalis) ham ishtirok etadi moyak o'z o'rniga tushganda bu kanal so'rilib ketish kerak ba'zan yopilmalik hisobiga churralar (grija) yoki istisqo (vodyanka) rivojlanadi. Tug’ilganda moyaklarni o'z o'rnida bo'lmasligi kriptoorxizm, moyakni o'z yo'nalishidan boshqa joylarda bo'lishi ektopiya deyiladi. Har ikki moyakni rivojlanmasligi anorxizm, bittasini bo'lmasligi monoorxizm, yaxshi rivojlanmasligi moyak gipoplaziyasi deyiladi. Bu erda bir og’iz tomirlari haqida aytib o'tishimiz kerak bo'ladi, moyak venalarini kengayishini va reflyuksini varikotsele deyiladi va haqda alohida maqolamiz bor tanishishilaring mumkin.
Moyak ortig’i EPIDIDYMIS:
Tekis yoyib chiqilganda taxminan 6 metr uzunlikka ega bo'ladigan egri bugri kanaldir. Moyakni orqa ust tarafida yarim oysimon shaklda turadi. Uch qismdan iborat bosh, tana va dum. (caput, corpus va cauda epididymis). Har bir urolog va androlog bemor ko'rish payti bularn palpatsiya qilish shartdir. Bosh qismida bir ortiq yana mavjudki ba'zi hollarda shuning o'zini buralib qolishi ham kuchli og’riqlarga sabab bo'ladi (appendix epididymidis). Moyak ortig’ini asosiy vazifasi moyaklarda ishlab chiqilgan spermatozoidalarni ombori deposidir. Lekin bu ergacha ular hali harakatchan bo'lmaydilar.Spermatozoidlar moyak ortig’ida va prostata bezini mahsuloti ta'siri ostida harakatchanlik qozonadilar.
Urug’ olib chiquvchi kanal (DUCTUS DEFERENS):
Moyak ortig’ini davomi sifatida rivojlanagan uzunligi 40-50sm atrofida vazifasi faqatgina urug’ni eyakulyatsiya kanaligacha o'tqazib berishdir. Eski adabiyotlarad tomirga o'xshash bo'lganiga vasa deferens deyilgan. Ko'rikda albatta ko'rilishi shartdir, chunki tug’ma rivojlanmagan holatlar ham mavjuddir. Bundan tashqari erkaklar kontratseptsiyasida bog’lab qo'yish orqali erkaklarni homilador qilish qobilyatini ham to'xtatish mumkin. Vazektomiya deyiladi. Turli sabablarga ko'ra ayol kontratseptsiyasi (spiral va h) mumkin bo'lmagan holda murojaat qilish mumkin bo'lgan usuldir.
Urug’ otuvchi kanalcha DUCTUS EJACULATORIUS:
Urug’ olib keluvchi (Ductus deferens) bilan urug’ni tashqariga chiqaruvchi kanalni (ductus excretorius) birlashishi natijasida paydo bo'lgan kanalchadir. Prostatani ichida o'tib siydik kanalidagi urug’ do'mboqchasiga ochilidi.
FUNICULUS SPERMATICUS:
Moyak tomirlari, nervlari, urug’ olib chiquvchi kanalni o'z ichida tutuvchi hosiladir. Har ikki tarafada bittadan bo'lib nomsiz kanalni ichidan o'tib moyaklarni yorg’oq ichida osilib turishini ta'minlaydi.
Qo'shimcha bezlari: oxirgi paytlarda ichki genital a'zo sifatida qabul qilinmoqda.
Urug’ pufakchalar (GLANDULA SEMINALIS (VESICULA SEMINALIS):
urug’ suyuqligigi asosan fruktoza spermatozoidlarni energiyasini ta'minlashga javobgardir.
Prostata bezi (GLANDULA PROSTATA):
Kichik chanoq ichida qov suyagi ortida joylashgan qovuq chiqishi qismida siydik kanali o'rab olgan holda turadi. 3x4x2,5sm o'lchamga ega. Asosiy vazifasi spermatozoidlar uchun hayotbaxsh qiluvchi sekret ishlab chiqarish, erkak gormonlarni aktiv formasiga o'tqazish va hakozolardir. Eng keng tarqalgan kasalliklari prosatati (bu haqda maqola bor saytda tanishib chiqinglar) va yoshi o'tganda jinsiy faollikdan susayish boshlanganda rivojlanadigan adenomadir. Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi ham deyiladi. Kelgusida maqola yozamiz.
Kuper bezlari (GLL. BULBOURETHRALES (COWPER):
2-3 sm uzunligida siydik kanalini boshlanish qismida turadi. Vazifasi eyakulyatsiyadan oldin mahsulot ishlab chiqarib qoldiq siydikni neytrallash va eyakulyatni chiqishiga zamin tayyorlash.
1. Ayollar ichki jinsiy a'zolari anatomiyasi. Ichki jinsiy a'zolarga qin, bachadon, bachadon naychalari tuxumdonlar kiradi. Bu a’zolarning o'ziga xos anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari bor.
Qin — muskul to'qimadan tashkil topgan naycha shaklidagi a'zo, uzunligi 8-9 sm, qinnining ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan.
Ayollar qini hayz ko'rgan kunlaridan boshqa vaqtlarda zararli mikroblardan xoli bo'ladi. Chunki qinda yashovchi tayoqcha shaklidagi bakteriyalar qin shilliq qavatidagj glikogen bilan oziqlanib uni sut kislotagacha parchalaydi. Sut kislota qinda kislotali muhit paydo qiladi. Agar ayol organizmida biror yallig'lanish jarayoni mavjud bo'lsa, qinda har-xil mikroorganizmlar paydo bo'lishi mumkin, qin yuqon qismida bir oz kengayib, bachadon bo'ynini qisman ichiga olgan holda unga birikadi, natijada qin gumbazlari yuzaga keladi qinning orqa gumbazi chuqurroq, jinsiy aloqa vaqtida erkak urug'i shu gumbazchaga quyiladi va u yerdan bachadon bo'yni orqali bachadon bo'shlig'iga va undan naychalarga o'tadi.
Bachadon —muskul to'qimadan tashkil topgan, nok shaklida bo'ladi. U normal holatda uzunligi 8-9sm, kengligi 6-7sm, og'irligi 50-100gr, u uch qismdan bachadon bo’yni, tubi, tanasidan iborat bo'ladi. Hayz ko’rmagan vaqtda shilliq bilan to’ lib turadi.
Bachadon naychalari — bir juft a'zo bo'lib, uning asosi bachadonning har ikki tomoniga joylashgan, uzunligi 8-10 sm ga yetadi. Bachadon naychalaining uchi voronkaga o'xshab kengayib boradi va tuzilishi jihatidan shoqildasimon o'simtalar bilan tugaydi. Bachadon naychalari kanali kipriksimon epiteliy bilan qoplangan, kiprikchalar bachadon bo'shligi tomon tebranib turadi. Bu xolat erkak urug'i bilan ko’shilgan tuxum hujayraning bachadon bo'shlig'i tomon yo'nalishiga imkon beradi. Ayollarda bir juft tuxumdon bo'ladi, ular bachadon naychalaridan bir oz pastda har ikki tomonga joylashgan bo'lib, har birining og'irligi 6-8 gr, uzunligi 3-4 sm, qalinligi 1-2 sm keladi, tuxumdon ustini oq parda qoplagan. Ayollar qini tug'ish kanali sifatida va jinsiy aloqada jinsiy kanal vazifasini bajaradi qin qancha toza bo'lsa, bachadonga infeksiya tushish xavfi shuncha kam bo'ladi. Bachadon asosan homilani o'stirish va ma'lum vaqt o'tishi bilan homila tug'ilishini ta'minlovchi a'zo hisoblanadi. Bundan tashqari, hayz siklida ishtiroq yetadi.
Tuxumdon - tuxum hujayrani yetishtirib beradi. Tuxum hujayrani faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Tuxumdonlar embrion juda erta rivojlana boshlaydi, homila olti oyligidayoq tuxumdonda ko'p miqdorda follikulalar paydo bo'ladi. Bu follikulalarning har birida bittadan jinsiy hujayra bor. Yupqa va tekis, bachadon shilliq qavati qiz bola balog'atga yetishi bilanoq estrogen gormoni ta'sirida yetuk endometriyaga aylanadi. Erkaklarning jinsiy hujayrasi spermatozoid ichki jinsiy a'zolar moyaklarda vujudga keladi. Urug' suyuqligi ko'pi bilan 6-7 gramm keladi. Jinsiy aloqa vaqtida erkak urug'i ayol qiniga tushadi.
Jinsiy aloqada qinga 200 milliontagacha erkak urug'i tushadi va u yerdagi nordon sharoitda ko'plari halok bo'ladi. Spermatozoid qinga tushgach taxminan 2 soatdan so'ng ayolning tuxum hujayrasi bilan bachadon naychasida uchrashishi mumkin. Bitta tuxum hujayraga juda ko'p spermatozoidlar intiladi, lekin tuxum hujayrani o'ragan nursimon toj va yaltiroq parda qarshilik ko'rsatadi. Spermatozoidlar o'zidan maxsus modda ishlab chiqarib, u tuxum hujayra pardasini eritish xususiyatiga ega, lekin faqat bitta yoki bir nechtasi tuxum hujayra ichiga kirgach parda yana berkilib qoladi, ular qo'shilib bitta yadroga aylangach urug'lanish davri tugab, homiladorlik davri boshlanadi.
Homila — dastlabki 3-4 oy davomida follikula qoldig'i sariq tana yordamida o'sadi, so'ngra esa yo'ldosh yordamida o'sadi. Homila ona qornida 40 hafta, kalendar hisobi bilan 9 oy (280 kun) o'sadi. Shundan so’ng to'lg'oq tutib, bola tug'iladi. Agar ayolning bo'yida bo'lmagan bo'lsa hayz ko'radi, bunda bachadon shilliq qavatining ustki qavati ko'chib tushadi. Ayol har bir hayz ko'rganida 60-70 gr qon yo'qotishi mumkin. Qiz bola dastlab hayz ko’rganda hayz sikli bir xil bo'lmaydi. Ba'zi qizlarda dastlabki hayz har 3-4 haftada yoki 28 kunda takrorlanadi.
Hayz siklining buzilish sabablari:
1. Asabning zo'riqishi.
2. Yuqumli kasalliklar.
3. Shikastlar.
4. Operatsiyadan keyin.
Agar o'quvchi qizlarimiz ayol jinsiy a'zolarini anatomik tuzilishi va fiziologiyasi haqida tushunchaga ega bo'lishsa, farzandsizlik sabablari, homilaning chala yoki nuqsonli tug'ilish sabablarini tushunishlari ancha oson bo'ladi.
Qiz bolalarning jinsiy a'zolarida ularning ona qornidaligi davridan boshlab bolalik va balog'atga yetgunigacha shu davrlarga xos bo'lgan anatomik va fiziologik xususiyatlarning yuz berishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ularning rivojlanishida yana patologik o'zgarishlar ham kuzatilishi mumkin. Bu nuqsonlarning paydo bo'lishiga turlicha zararli omillar sabab bo'ladi.
Bir qator yuqumli kasalliklar, noto'g'ri ishlatilgan dori-darmorilar, zaharli moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) dan kelib chiqadi. Bu nuqsonlar homila tug'ilganlan keyin namoyon bo'la boshlaydi. Yana qizlarning bolalik va o'smirlik yoshida uchraydigan turli xildagi nuqsonlardan tashqari, ularda kattalarda uchraydigan qator kasalliklar ham uchraydi.
Tug'ruq jarayonining noto'g'ri kechishi, homilaning tug'ruq paytida jarohatlanishi, bo'g'ilish kabilar ham chaqaloqning salomatligiga putur yetkazadi. Onalarning jinsiy a'zolaridagi homilador bo'lishidan avval va homilador bo'lganidan keyin yuz bergan yallig'lanish jarayonlari hamda tanadagi gormonlar nisbatining buzilishi ham homila salomatligiga salbiy ta'sir qiladi.
Masalan: ona shu davrda suzakka chaliriib to'la davolanmasa uning qornidagi homila o'sha davrdayoq yoki tug'ruq paytida bu xastalikka giriftor bo'lishi mumkin, chunki ona jinsiy a'zosidagi mikrob gonokokk bolaning jinsiy a'zosiga ko'ziga o'tishi mumkin.
Bundan tashqari qiz bola tomoq difteriyasi bilan og'risa va bu kasallik asorati qinga ham o'tgan bo'lsa, qinda chandiqlar paydo bo'lib, qin bitov bo'lib qolishi mumkin.
Qiz bola rivojlanishidagi nuqsonlar sabablari. Nuqsonlar homila hali ona qornida ekanligidayoq vujudga kelishi mumkin, ular turli-tuman bo'ladi.
1. Endokrin kasalliklar — diabet, qalqonsimon bez kasalliklari va hokazo.
2. Genetik kasalliklar, xrosoma aberratsiyasi bilan bog'liq kasalliklar-irsiy kasalliklar.
3. Zaharli moddalar (kimyoviy moddalar pestisidlar)
4. Radiatsiya, rentgen.
5. Zaharli odatlar (chekish, ichish, giyohvandlik)
6. Turli yuqumli kasalliklar (parotit, brutsellyoz, qizamiq, gripp, gepatit va hokazo).
7. Ona va bola qon gruppasi va rezus chiqishmaslik.
8. Dori-darmonlatni ko'p va noto'g'ri qabul qilish.
2-3 haftalikdan to 8 haftalik bo'lguncha homila zararli omillarga o'ta sezgir bo'ladi.
2. Qiz bola jinsiy a'zolaridagi nuqsonlar. Bachadon va uning naychalari yaxshi rivojlanmagani, bachadon bo'lgani holda naychalarning bo'lmaganligi, ba'zi hollarda qo'shimcha naychalar bo'lishi. Qiz bolalarning jinsiy a'zolaridagi og'ir nuqsonlardan biri bachadonning bo'lmasligidir, ko'pincha bachadon bo'lmasa qin ham bo'lmaydi. Ichki jinsiy a'zolar yaxshi rivojlanmagan qizlarda ko'pincha butun organizm rivojlanishi ham orqada bo'ladi. Bu og'ir patologik holat bo'lib, buni ertaroq aniqlash bolalar shifokori, ona va tarbiyachilarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Aks holda, qiz bola buni keyinroq, ya'ni balog'atga yetganda bilib qolsa uning ruhiyatiga og'ir ta'sir qiladi.
Qinning bo'lmasligi ham og'ir nuqsonlardan bo'lib, qiz bolada dastlabki hayz davrida qorni va qovuqda kuchli og'riqdan shikoyat qiladi. Hayz qoni bachadonga to'planib, tashqariga chiqa olmaydi, bunday holda jarrohlik yo'li bilan sun'iy qin hosil qilinadi. Ba'zi hollarda bachadon ikkiga ajralib rivojlanadi, bu holda qin ikkita yoki bitta bo'lib, bachadon ichida to'siq bo'ladi.
Qizlik pardasidagi nuqsonlar. Qizlik pardasi har xil shaklda bo'lishidan tashqari, ba'zan qalinroq va halqasimon bo'lishi mumkin. Ayniqsa, qalin bo'lsa, jinsiy muloqotda ko'pgina ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Halqasimon bo'lsa, jinsiy muloqat davrida yirtilmaslik hollari ham uchraydi. Gohida qizlik pardasi berk bo'lib, buni ham ke-chikib ariiqlash hollari uchraydi. Qiz bola balog'atga yeta boshlagach, boshlang'ich va so’ngi hayz bo'lmayotgani, oy sayin qorin pasti, dumg'aza, bel sohalarida og'riq turib, u borgan sari kuchayayotganligidan shikoyat qiladi. Og'riqning borgan sari kuchaya borishiga sabab, hayz qoni to'planib chiqa olmaydi, bunday paytda qiz bolaga tez yordam ko'rsatish zarur, aks holda og'riq bora
—bora kuchayadi. Isitma chiqadi 37-38° c, ba'zan butun organizm zaharlanib, isitma yana ham ko'tariladi, bunda tezlik bilan qizlik pardasi kesilib, tozalanadi.
Germofroditizm nima? U shunday bir nuqsonki chaqaloq tug'ilganda uning jinsiy a'zolari 2 jinsga mansub bo'lishi mumkin. Bu faqat tashqi belgi bo'lib, bunday bolalarning ichki jinsiy a'zolari yaxshilab o'rganiladi, masalan bachadon qin, bachadon qo'shimchalari tuxumdonlar bo'lishiga qaramay, jinsiy
a'zoning tuzilishi erkak kishining a'zosini eslatadi, qiz bolaning xarakteri ham o'g'il bolanikiga o'xshash bo'ladi.
3. Qiz bolaning rivojlanish bosqichlari va balog'atga yetish davri:
1. Ona qornidagi taraqqiyot davri
2. Chaqaloqlik davri
3. 7 yoshgacha davr- neytral davr
4. 7 yoshdan hayz ko'rguncha bo'lgan davr — prepubertat davr
5. Hayz ko'rish boshlangandan to 16 yoshgacha — pubertat davr
6. 16-18 yoshgacha davr - o'smirlik davri Biz quyida homilaning ona qornidagi umumiy taraqqiyoti ustida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Ma'lumki odam embrioni juda tez o'sadi. Bir necha milligrammdan iborat bo'lgan homila tuxumi, tug'ilish davriga yetganda 3 kg va undari ham ko'proq og'irlikka ega bo'ladi. Homiladorlik o'rta hisob bilan 280 kun yoki 10 akusherlik oyi —ya'ni 40 hafta davom etadi.
Uchinchi akusherlik oyining oxirlarida homilada odamlik belgilari paydo bo'la boshlaydi. Homila 3 oylik bo'lganida uning oyoq-qo'llari shakllanib, uzunligi 8 sm ga yetadi. Boshi va tanasining uzunligi bir-biriga muvofiqlashadi. Og'irligi 20- 25 gramm. Qo'1-oyoq harmoqlari va tirnoqlarining boshlang'ich alomatlari ham ko'zga tashlana boshlaydi. Tashqi jinsiy a'zolar shakllanadi.
To'rtinchi oyning oxirlariga kelib uning jinsi aniq bo'ladi, terisi yupqa, qizg'ish bo'lib uzunligi 12 sm, og'irligi 120 grammga yetadi.
Beshinchi oy oxirida homila terisi to'q qizil rangga kirib, mayin tuklar bilan qoplanadi, yurak urishini stetoskop orqali qorin devori orqali eshitish mumkin. Homila sezilarli darajada qimirlab turadi, bu paytda uning og'irligi 280-300 gr, uzunligi 25 sm ga yetadi.
Oltinchi oyning oxirlarida tanasi mayin tuk bilan qoplangan, badanida yog' kamligi uchun terisi burishgan, og'irligi 600-650gr, bo'yi 30sm bo'ladi.
Etti oyligida og'irligi 1000-1200 gr, bo'yi 35 sm,
Sakkizinchi oy oxirida vazni 1500-1600 gr, bo'yi 40 sm bo'ladi.
To'qqizinchi oy oxirida terisi ostidagi yog' qatlami qalinlashib, terisidagi burishish yo'qoladi, va rangi och pushti rangga kiradi.
Homila tug'ilganda qattiq qichqirib yig'lab ko'zini ochadi, odatda ko'krakni ema oladigan bo'ladi. Bunday homila yashashga qobiliyatli bo'ladi, uning uzunligi 45 sm, og'irligi 2400-2500 gr ga yetadi.
O'ninchi oy oxirida homila to'liq yetilib terisi och pushti rangga kiradi, tekislashadi, tirnoqlari ham o'sib, harmoqlari uchiga yetadi.
Akusherlikning uchinchi oyi davomida homilaning taraqqiyotidagi barcha kamchiliklar yo'qoladi.
Qiz bolaning balog'atga yetish davri 2 ga bo'linadi:
1. 8-9 yoshdan 13-14 yoshgacha.
2. 13-14 yoshdan 17-18 yoshgacha.
Qiz bolalarda paydo bo'ladigan ikkilamchi jinsiy belgilar jinsiy gormonlarning faoliyatiga bog'liq. Qiz bolalardagi jarayonnning ayollarnikidan farqi shundalki, ularda estrogen gormonlari ko'p ajralib bu hol jinsiy a’zolarning rivojlanishi va shakllanishi uchun juda zarurdir.
Qiz bolalarda uchraydigan ginekologik kasalliklar orasida birinchi o'rinini tashqi jinsiy va qindagi yallig'lanish jarayoni —70%, ikkinchi o'rinda hayz siklining buzilishi 23% uchinchi o'rinda jinsiy taraqqiyotning buzilishi 12% to'rtinchi o'rinda jinsiy a'zolardagi o'smalar 1 % beshirichi o'rinda jinsiy a'zolardagi nuqsonlar turadi.
Balog'atga yetish davrida estrogen va androgen gormonlari birgalashib tana skeletining o'sishini ta'minlaydi.
Chanoq suyagi kengayib 8-10 yoshlarda teri ostiga yog' qatlami to'plana boshlaydi, qiz bolaning ovozi o'zgarib, ikkilamchi jinsiy belgilar taraqqiy topa boshlaydi, sut bezlari kattalashadi, qo'ltiq osti, qov sohasida tuklar paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |