27-modul. Sezgi a'zolar
Aks etish nazariyasi bo’yicha sezgi a'zolarning morfofunksional ta'rifi. Analizatorlarning tuzilish
sxemasi (sensor tizimi). Sezgi a'zolar. Ko’z olmasi va uning pardalari: fibroz parda, tomirli parda,
ularning tuzilishi va funksional mohiyati. To’r pardaning reseptor (ko’rish) apparati. Ko’z
olmasining kameralari. Ko’zning nur singdiruvchi apparati. Tiniq suyuqlik, ko’z gavxari,
shishasimon tana. Ko’zning yordamchi apparatlari: muskullar, qovoqlar, kon'yuktiva va ko’z yoshi
apparati.
Eshitish - muvozanat a'zosi. Tashqi quloq, quloq suprasi, tashqi eshitish yo’li, nog’ora parda. O’rta
quloq, nog’ora bo’shlig’i, eshitish suyakchalari, eshitish (Evstaxiy) nayi, so’rg’ichsimon o’siq
katakchalari. Ichki quloq: suyakli labirint va pardali labirint. Muvozanat saqlash apparati;
reseptorlari, o’tkazuvchi yo’llari va muvozanat analizatorlarining markazlari. Muvozanat
apparatlarining sportchilar uchun amaliy ahamiyati. Tovush o’tkazuvchi va tovush qabul qiluvchi
apparatlar. Chig’anoq (kortiy) a'zosi. Tovushni qabul qilish mexanizmi.
Xid bilish a'zosi. Burun bo’shlig’ining nafas olish va xid bilish qismlari. Ta'm bilish a'zosi. Ta'm
bilish reseptorlari va ta'm bilish analizatori.
Teri - tanani qoplovchi to’qima. Teri, uning tuzilishi va funksiyasi. Epidermis - ustki va xususiy teri
- derma qavatlari.
Amaliy mashg’ulotlar
Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Anatomiyani o’zlashtirilishi ma'ruzalar eshitish, amaliy darslar, talabalarning kitoblar,
konspektlar, qo’shimcha adabiyotlar va o’quv qurollari, mulyajlar, jadvallarni mustaqil
o’rganishlari asosida amalga oshiriladi. Fanning mustaqil o’zlashtirilishida anatomik muzey va
undagi tabiiy amaliy ko’rgazmalar katta yordam beradi. Bu amaliy ko’rgazmalarni dars davrida
talabalarga ustozlar tomonidan taqdim etiladi.
Amaliy mashg’ulotlar tufayli talabalar suyaklar, asosiy anatomik tuzilmalar, bo’g’imlar,
mushaklar, ichki a'zolar, nervlar, tomirlar proeksiyalari to’g’risida aniq bilimga, ularni aniqlash
uslublarini bilishlari va qo’llash tajribasiga ega bo’lishlari kerak. Tabiiy anatomik ko’rgazmalar
bilan ishlash asosini yumshoq to’qimalarni, mushaklarni, tomir va nervlarni bir biridan ajrata bilish,
rentgenanatomiyasi asoslari bilan tanishish tashkil etadi. Amaliy mashg’ulotlarda tabiiy
ko’rgazmalar bilan bir qatorda sun'iy modellar, mulyajlar, jadvallar va elektrlashtirilgan stendlardigi
foydalaniladi. Talabalar mustaqil tarzda albomga ko’rgazmalar suratini chizadilar.Talabalar bilimi
amaliy mashg’ulotlar davrida muntazam baxolanib boradi (kundalik tekshiruv).
Kundalik tekshiruv talabalarning o’tilgan mavzular bo’yicha mustaqil ega bo’lgan bilimlarini,
amaliy bilim va tajribalarini, amaliy bilim va tajribalarini, albomlardagi suratlar to’g’ri
chizilganligini, kelajak dars mavzusiga tayyorgarligini baxolashdan iboratdir. Anatomiyaning ayrim
bo’limlari yuzasidan cheklangan tekshiruv - tekst kontroli o’tkaziladi. To’liq anatomiya kursi
bo’yicha talabalar bilimi 6 bo’lim yuzasidan joriy va chegarallangan reyting-ballari chiqarish orqali
baxolanadi. Nixoyat, yakunlovchi reyting nazoratni talabalar yozma yoki og’zaki so’roq xolda
topshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |