1. Ijtimoiy va individual bilim Bilish va bilim, ularning falsafiy talqini Inson bilishining darajalari



Download 209,86 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2022
Hajmi209,86 Kb.
#514843
  1   2   3
Bog'liq
Oybak


Kirish ……………………………………………2-3
1. Ijtimoiy va individual bilim………………………4-7
2. Bilish va bilim, ularning falsafiy talqini…………8-11
3. Inson bilishining darajalari……………………...12-17
4. Bilishning nazariyasi……………………………..18-46
Xulosa…………………………………………….47-48
Adabiyotlar………………………………………49-50

Kirish
«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z uning ma’nosi – “Bilish haqidagi ta’limo (fan)”, “ong haqidagi ta’limot (fan) degan ma’noni anglatadi. Gnoseologiya fanida insonning dunyoni bilish imkoniyati insonning o’zini anglash jarayoni bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi bilimlar tabiati va ularda aks etuvchi narsalarning o’zaro nisbati o'rgatiladi. Gnoseologiyaning maksad va vazifalari, bilishning moxiyati va mazmuni to’g’risida zarur bilimlarga ega bo’lish mamlakatimizda bilimdon, xar jixatdan etuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda aloxida o’rin tutadi. Bilish nazariyasi bo’lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko’maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo’yilayotgan eng muxim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat kilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o’rganish, Ulug’ ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.
Inson azal-azaldan o’zigagina xos bo’lgan ongning nima ekanligi to’g’risida o’ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jixati, ong tabiat maxsulimi yoki inson ongi iloxiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jixati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki xamon o’sha-o’shami? degan muammo bilan bog’liq. “O’zingni bilsang, olamni bilasan”, degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson xam siru sinoatlarga boy, u O’zini bilish orqali olam moxiyatini anglashga yo’l ochishi mumkin, degan g’oya yotibdi. SHu ma’noda, inson O’zini tashki olamdan ajratib, aloxida bir mo’jiza va tadkikot mavzui sifatida Urganishga xarakat kila boshlagan paytdan buyon uni o’ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning moxiyati, uning kelib chikishi masalasidir. SHu nuqtai nazardan karaganda, ongning tabiatini anglash masalasi eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos xodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqikot mavzui doirasiga kirgan bo’lsa-da, ongning moxiyati, uning turli ko’rinishlari o’rtasidagi munosabat kabi masalalarni o’rganish bilan aynan falsafa shug’ullanadi. Bunday karashlarning ildizi juda qadimiy bo’lsa-da, ular xamon o’zining ko’plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog’likdir. Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong xam yaratganning kudrati ekanligini tan olishi tabiiy. Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning moxiyati inson tanasi faoliyati bilan bog’lab talkin etiladi. Bunday karashlar xam qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog’lashga xarakat kilgan karashlar xam shakllandi. Ayni paytda materialistik yo’nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning moxiyatini buzib talkin qilish xollari xam paydo bo’lgan. Falsafa tarixida Vulgar materializm deb nom olgan okim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo’la oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya xam ongni ishlab chikaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy xodisa, degan xulosa chiqadi. Vaxolanki, safroni ko’rish mumkin, ammo ongni ko’rib xam, ushlab xam, o’lchab xam bo’lmaydi. Xo’sh, ong tarixan qachon va qanday omillar ta’sirida shakllangan? U xaqiqatan xam miya bilan bog’likmi?
1. Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong
Ong tarixi insonning inson bo’lib shakllana boshlashi tarixi bilan bog’likdir. Uzoq vaqt davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi xodisa sifatida karab kelindi. Xozirgi zamon fani masalaga kengroq doirada yondashish zarurligini ko’rsatmokda. CHunki fan dalillari inson paydo bo’lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan cheklab qo’yish to’g’ri emasligini, u koinot evolyusiyasining tabiiy xosilasi ekanligini tobora chuqurrok isbotlamoqda. Inson biologik va ijtimoiy xarakatning tashuvchisi ekan, xarakat shakllari O’rtasidagi uzviy alokadorlikni, uning yukori shakllari quyi shakllariga bog’likligini, tayanishini, ulardan o’sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha aytganda, ular o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Ong tarixi Quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida sodir bo’lgan o’zgarishlardan xam ayricha olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jixatdan olganda, ongning shakllanishini kosmik xodisa sifatida karash xam mumkin.
Ong in’ikosning oliy shaklidir. Xo’sh, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo bo’ladi. Buning uchun esa, xech bo’lmaganda, ikkita ob’ekt bo’lishi va ular o’rtasida o’zaro ta’sir bo’lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, xar qanday predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo’lgan boshqa predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog’lik xossasiga inikos deyiladi. SHu ma’noda in’ikos xamma joyda mavjud. Ayni paytda xar bir xolatda u o’ziga xos xususiyatga egadir. CHunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq kiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb etadi, o’z navbatida, uning o’ziga xos, yuqori shakli bo’lgan ongning paydo bo’lishiga imkoniyat yaratdi.
Inson miyasi nozik, murakkab tuzilishga ega bo’lgan tizimdir. Aynan uning murakkabligi ong paydo b’lishi mumkinligining asosiy shartidir. Bunday xolat xam uzoq davom etgan evolyusiyaning tabiiy xosilasidir. Ammo yuksak darajada tashkil topgan miyaning o’zi xam xali ong paydo bo’lishi uchun etarli emasligini unutmaslik lozim. Bu miya normal funksional faoliyat ko’rsatishi zarur. Va nixoyat, normal funksional faoliyat ko’rsatuvchi miya soxibi ijtimoiy munosabatlarga tortilgan bo’lishi shart.
Ong psixik in’ikosning o’ziga xos, yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo’la olmaydi. Negaki, psixika xayvonlarga xam xosdir. Gap inson psixikasi haqida ketganda xam, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim.
Z. Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti xodisalarini va ongning o’zidan iborat 3 qatlamdan tashkil topgan. Inson xayoti va faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti xodisalari xam muhim ahamiyatga ega.
Ong o’zaro aloqada bo’lgan turli unsur (element) lardan tashkil topgan murakkab ma’naviy tuzilishga ega. Ong in’ikosning o’ziga xos shakli ekan, avvalo, unda aks ettiriladigan ob’ekt xaqidagi muayyan bilimlar xissiy va ratsional shaklda o’z ifodasini topadi. Demak, bilim ong tuzilishining asosiy unsuridir. SHuning uchun xam bilimlarning boyib, chukurlashib borishi ong rivojlanishini xarakterlaydigan muxim belgi sifatida yuzaga chiqadi.
Bilimlarimizning chukurligi va ko’lamliligi, xissiyotlarimizning namoyon bo’lishi yoki bo’lmasligi intilishimiz irodamizga bog’liq. Iroda kuchi olamni anglash jarayonida yuzaga keladigan xar kanday to’siqlarni engib o’tishga, ko’zlangan maksad yo’lida tinmay xarakat kilishga yo’l ochadi. Iroda tabiatning in’omi emas ekan, uni tarbiyalash, kamol toptirish shaxs hayotida, uning jamiyatdagi o’z o’rnini topishida muxim axamiyatga ega. Zero, irodasizlik eng Ulug’ niyat va maqsadlarni barbod qilibgina kolmay, insonning to’g’ri yo’ldan toyib ketishiga va turli salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga olib kelishi xam mumkin.
XX asrda qo’llanish doirasi tobora kengayib borayotgan elektron xisoblash mashinalarining “beysik”, “fortan” kabi tillari yaratildi. Kompyuterlarning ijtimoiy xayotdagi roli tez o’sib borayotgan xozirgi davrda bu tillar axborotlarning uzatilishi xamda qabul qilinishida katta axamiyat kasb etmoqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini ko’rsatmoqda. Ong va til munosabati xaqida gap ketar ekan, til o’ziga xos tarixiy xotira rolinio’tashini xam unutmaslik kerak. Bu milliy tillar misolida ayniksa, yaqqol ko’rinadi. Zero, millat tilida uning o’zligi, bosib o’tgan tarixiy yo’li, tafakkur tarzi aks etadi, mustaxkamlanadi. “Ona tili, - deb yozadi Prezidentimiz, - bu millatning ruxidir. O’z tilini yo’qotgan xar qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar . SHunday ekan, mustaqillik sharoitida milliy tilimiz rivojiga aloxida e’tibor berilayotganligi milliy o’zligimizni anglashimizning o’tish jarayonida milliy istiqbolimizni belgilashning uzviy kismi sifatida qaralmog’i lozim. O’z-o’zini anglash, uning shakllari. Inson ob’ektiv vokelikni aks ettirish bilan bir qatorda o’zi xakida fikr yuritish, ruxida kechayotgan jarayonlarni taxlil qilish, xatti-xarakatlarini nazariy taxlil kilishdek qobiliyatga xam ega.
O’zini o’zgalardan ajrata bilish, o’ziga munosabat, imkoniyatlarini baxolash o’z-o’zini anglash sifatida namoyon bo’ladi. O’z-o’zini anglashda o’zini bilish, baxolash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar o’z-o’zini anglashning soxibiga subektiga ko’ra farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy gurux, millat, jamiyatga xosdir. SHaxsning o’z-o’zini anglashi xaqida gap ketar ekan, u o’zini aloxida organizm, oila, ijtimoiy gurux, millat, madaniyatga mansubligini va yuqoridagi xususiyatlaridan qat’i nazar alohida va betakror “Men” sifatida anglashdek boskichlarni bosib o’tishini ta’kidlash zarur. Insonning kamol topish jarayoni, o’z-o’zini anglashning rivojlanishi o’ziga xos xarakter kasb etadi. Masalan, dastlabki davrda bolada avvalo, boshkalar tomonidan berilgan tasavvur va baxolar ustunlik kiladi. Bolaning tafakkuri o’sishi bilan, u olamni mustaqil anglay boshlaydi va o’zining imkoniyatlarini o’zi baxolashga o’rganib boradi. Aynan mana shu davrda to’gri yo’lga qo’yilgan tarbiya muxim axamiyatga ega bo’ladi. CHunki, aynan mana shu tarbiya ta’sirida bolada o’z imkoniyatlarini to’g’ri baxolash xam yoki unga ortiqcha baxo berib yuborish xolati xam shakllanib kolishi mumkin. SHaxsning o’z-o’zini anglash jarayonida u mansub bo’lgan madaniyatning o’rni nixoyatda katta. Zero, aynan madaniyat xalq, millat to’plagan tajriba, bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan xolda shaxs dunyoqarashi shakllanishiga faol ta’sir o’tkazadi. SHuning uchun xam shaxs madaniyati, xulq-u odobi, ongi, o’z-o’zini anglashining darajasini belgilovchi indikator sifatida namoyon bo’ladi. SHaxsning o’z-o’zini anglash jarayoniga turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillar xam kuchli darajada ta’sir ko’rsatadi.
2. Bilish va bilim, ularning falsafiy talqini.
XX asrning eng muxim yutuklaridan biri bu kompyuterlarning yaratilganligidir. Ularning yaratilishi bir tomondan inson ongi, tafakkuri, kuch-qudratining, ikkinchi tomondan, ana shu kuchga tushadigan yukning yengillashishiga xizmat qiladigan vositani yaratish yo’lidagi urinishlarning natijasi bo’ldi. Asrimizning o’rtasida paydo bo’lgan bu vosita shiddatli rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Dastlab sekundiga minglab operatsiyalar bajara oladigan kompyuterlar bo’lgan bo’lsa, ularning bugungi avlodi 10 millionlab murakkab operatsiyalarni qoyilmaqom qilib uddalaydi. EXM lar xam inson tafakkuriga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Bunday xususiyatlarga, uning tobora ko’prok ega bo’lib borishi, EXM fikrlay oladimi, agar inson o’ziga xos xususiyatlarini ularga tobora ko’proq ko’chirib boraversa, oxir oqibatda, bir vakt kelib, u o’zi yaratgan ana shu qurolning quliga aylanib qolmaydimi, degan savollarning kun tartibiga qo’yilishiga olib keldi.
Fanda bilish, axloqda tartibga solish, dinda dunyokarash, san’atda tarbiyaviy funksiyalar ana shunday sistema yaratuvchi funksiyalar sifatida chiqishini ko’rish mumkin.
Bilish va bilim. Bilishning moxiyati, shakllanish va rivojlanish konuniyatlari, xususiyatlarini o’rganish falsafa tarixida muxim o’rin egallab kelmoqda. Inson o’z bilimi tufayli borlik, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o’z-o’zini o’zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim axamiyatga ega. SHu bois xam falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus soxasi - gnoseologiya vujudga keldi. Inson bilishi nixoyatda ko’p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir.
Xususan, XVII asr o’rtalarida Yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning axamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini o’rganish, ilmiy xaqiqat mezonini aniqlash bilan shug’ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g’oyani olg’a surdilar. XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urg’u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xakikiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari xaqida baxs yuritdi.
Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o’zi to’g’risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o’zini qurshab turgan atrof-muxit to’g’risida bilim va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo’lib, xar qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro’y beradi. SHuningdek, bilish insongagina xos bo’lgan ma’naviy extiyoj, xayotiy zaruriyatdir. Insoniyat ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli xam o’zi uchun kator kulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining xar kanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita xayotiy extiyojdan, farovon xayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial gurux vujudga keldi. Bular ilm-fan kishilari bo’lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug’ullanadilar.
Bilishning 2 shakli mavjud:
1. kundalik (empirik) bilish;
2. nazariy (ilmiy) bilish.
Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma-xil va o’ziga xos bo’lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan xolda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Xozirgi zamon g’arb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim xosil qilish usullarini o’rganuvchi maxsus soxa - etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Nazariy bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muxim.
 Bilish ob’ekti. Tadkikotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar xosil kilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, xodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari xisoblanadi. Bilish ob’ektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavxum, tabiiy va ijtimoiy b’lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo’lgan borliqni kamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim soxalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi. Bilish sub’ekti. Bilish bilan shug’ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti xisoblanadi. Ayrim olingan tadkikotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari xam aloxida bilish sub’ektlaridir.
Ilmiy bilish faoliyat tabiat va jamiyat moxiyatini bilishgagina emas, balki insonning o’ziga xam karatilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda xam bilish ob’ekti, xam bilish sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi. Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar xosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida xosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Bilish predmeti sub’ektning bilish faoliyati kamrab olgan bilish ob’ektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning o’rganish soxasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshka soxalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muxim belgidir.
3. Inson bilishining darajalari
Bilish darajalarini shartli ravishda quyi, yuqori va  oliy darajaga ajratish mumkin.
Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, xissiy bilish deyiladi. Xissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va ximoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to’g’risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va xodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki moxiyatini bilib oladi. Moxiyat xamisha yashirindir, u doimo xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Xar bir xodisada moxiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo’ladi. SHu boisdan xam xodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki xodisa to’g’risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun moxiyatini ochib bera olmaydi. Tushuncha aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va xodisalar moxiyatiga chuqurroq kirib borishda tushuncha muxim vosita bo’lib xizmat kiladi. Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va xodisalarning tub moxiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning moxiyati uning sezgi a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qoshu ko’zi, ijodkor qo’li, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insonning moxiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafqat xissiga, mexnat qilish, so’zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo’ladi. Inson tushunchasi o’zida insoniyatning ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi. Xar bir fan o’ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida moxiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning moxiyati so’z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so’z va tushunchalarni o’zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo’lamiz. Xar bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga xam kirib boradi. Xukm aqliy bilish narsa va xodisalarga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni takozo etadi. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga xukm deyiladi. Xukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Xukmlar yangi bilimlar xosil kilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va xodisalar moxiyatiga chuqurroq kirib boriladi. SHunday kilib, xukm narsa va xodisalarning tub moxiyatini ifodalovchi eng muxim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi.
Masalan, inson aklli mavjudotdir, degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiqlanayapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning moxiyati fakat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. CHunki qirg’inbarot urushlar, ekologik inkirozlar aklli mavjudot boqlgan inson tomonidan amalga oshirildi. Inson axloqli mavjudotdir. Inson to’g’risidagi xozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu. Xulosa aqliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil qilish usulidir.
Xulosa chikarish induktiv va deduktiv bo’lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo’lishi xam mumkin. Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va xodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to’plashni, ijodiy xayolni talab etadi.
Bilishning oliy darajasi - intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilishdir. O’zining butun borlig’ini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag’ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar.

Download 209,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish