171
5.6.5. 0‘ylab top
0‘ynovchilar soni cheklab qo‘yilmaydi. Ular qancha ko‘p bo‘l- sa, shuncha yaxshi bo'ladi. 0‘yin sport maydonchasida, o‘tloq joyda yoki dalada o‘tkaziladi.
Oyinning tavsifl. 0‘yinni boshlashdan oldin ikkita onaboshi saylanadi. Qolgan o‘yinchilar bab-baravar ikkita jamoaga bo‘li- nadilar. Jamoa o‘yinchilari bir-birlaridan 40—50 qadam oraliqda, onaboshilar esa maydon o'rtasida turadilar. Har bir jamoa o‘yin- chilari orasidan bittadan javob beruvchi tayinlanadi. Shundan keyin onaboshilar biron sonni o‘ylaydilar va navbatma-navbat bn sonni topishni o‘yinchilardan so‘raydilar. 0‘ylangan sonni qaysi jamoa o‘yinchisi topsa, o‘sha jamoaning onaboshisi baland ovoz bilan «Marsh!» — deydi. Ana shu jamoa o‘yinchilari qarshi jamoaning oldiga yugurib keladilar va uning o‘yinchilari ulami o‘z joy- larigacha opichib olib borib qo‘yadilar.
Jamoa onaboshilari yana boshqa sonni o‘ylaydilar va o‘yin shu tarzda davom etadi.
0‘yinning qoidasi. Onaboshilar o‘ylagan sonlarini o‘z jamoalari o‘yinchilariga aytib berishlari mumkin emas.
Metodik ko ‘rsatma. Hamma o‘ynovchilar o‘yin qoidalariga qat’i rioya qilsalar, o‘yin juda qiziqarli o‘tadi.
Bu o‘yin o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun tavsiya etiladi.
Ushlasang — minasan
Oyinning tavsifl. 0‘ynovchilar qo‘l ushlashib aylana hosil qilib turadilar. 0‘rtaga ikki o‘yinchi chiqarilib, ularning ko'zlari ro‘- molcha bilan bog‘lanadi va biriga ikkita kichkina tosh yoki po‘lat soqqa beriladi. 0‘yin rahbaming signali bilan qo‘lida hech nar- sasi yo‘q o‘yinchi ikkinchi o‘yinchining ismini aytib chaqiradi. U javob o'miga toshlarni (soqqalarni) bir-biriga urib taqillatadi. Chaqirgan o‘yinchi toshlar ovozi kelayotgan tomonga yurib, raqibni tutib olishga harakat qiladi. Agar tutib olsa, unga minib ohb davrani aylanib chiqadi. Shundan keyin aylana o‘rtasidagi o‘yinchilar o‘z
172
rollarmi almashtiradilar va o‘yin davom ettiriladi. lkkinchi o‘yinchi ham qo‘lga tushgandan keyin davraga o‘yin rahbari tayinlagan navbatdagi bir juft o‘yinchi chiqadi.
0‘yinning qoidasi. O'ynovchilar ko‘zlari bog‘langan o‘yin- chilarning aylanadan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymaydilar.
Metodik ko ‘rsatmalar. 0‘yinni o'rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchi bolalar bilan o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Bu o‘yinning «Ko‘z bog‘lash» o‘yinidan farqi — ushlangan o‘yinchi o‘z raqibini orqasiga opichib davra ichida aylantirishdir. 0‘yinni sport zalida ham, har xil maydoncha, o‘tloq va boshqa joylarda ham o‘tkazish mumkin. 0‘quv-chilar zerikkan zahoti o‘yinni to‘xtatish kerak.
Uzoqqa otish
0 ‘yinga tayyorlanish. 0‘quvchilar teng 5—8 ta jamoaga bo‘- linadilar. Har bir jamoa bir qatorga saflanib, start chizig‘ining orqasida turadilar (11-rasm).
Jamoalarning birinchi bo'lib turgan o‘yinchilari bittadan (og‘irligi 1—1,5 kg) toftdirma to‘p oladilar.
0 yinning tavsifi. 0‘qituvchi signal berishi bilan birinchi o‘yin- chilar start chizig‘ida turib to‘pni kelishib olingan usulda (ikki qo'llab pastdan, boshlari ustidan oshirib, o‘ng yoki chap qo‘l bilan) iloji boricha uzoqroq otadilar.
lkkinchi nomerh o'yinchilar esa to'plarni tushgan joyidan otadilar. 0‘yin shu zayilda davom etadi. Umumiy hisobda to‘pni eng uzoqqa otgan jamoa g‘olib hisoblanadi.
0‘yinningqoidalari. 1. 0‘yinnikeng, ochiqmaydonda o‘tkazish ma’qul. 2. Har bir jamoaga bittadan hakam bo'lishi va u to‘pining tushgan joyini aniqlashi kerak. 3. 0‘yinda hamma usuldan foydalanish mumkin.
0 yinning variantlari. Jamoalardan 5—3 metr masofada diametri 1 metrli aylana chiziladi. Har bir o£yinchining vazifasi to‘pni aylana ichiga tusliirish yoki tegizishdir. So'ngra u to‘pni keyingi o‘yin- chilarga keltirib berishi kerak. Birinchi bo‘lib tugatgan jamoa yutgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |