173
ll-rasm.
Agar o‘yinchi to‘pni aylana ichiga tushira olmasa, to‘pni olib kelib boshqatdan otadi.
Yeagil atletika
Kim oidin
Oÿinning tavsifi. 0‘ynovchilar orasidan ikki yoki uch kishi ajratiladi, ularning bar biri bittadan chambarakni olib, uni yerga tik holatda qo‘yib ushlab turadilar. Chambarak orqasidan arqon tortib qo‘yiladi. 0‘yinchilar ikki-uch guruhga bo'linib, har bir guruh o‘z chambaragi qarshisida bir qator bo‘lib tizilib turadi.
0‘qituvchining ishorasi bilan qatorlar boshida turgan 0‘ynovchilar (ikki yoki uch kishi) yugurib borib, chambarakdan o‘tadi; qaysi bola chambarakning orqa tomoniga tortib qo‘yilgan arqonga boshqalardan ilgari yetib borsa, o‘sha yutgan hisoblanadi. Hamma bolalar chambarakdan o‘tib bo‘lganlaridan keyin o‘yin tugaydi.
174
Metodik ko ‘rsatmalar. Ishtirokchilar o‘yinni biiib olganlaridan keyin bu o'yinni musobaqa tarzida o'tkazish kerak.
Yo‘lda tutish
Oyinning tavsifi. Maydoncha o'rtasidan ko‘ndalangiga chiziq o‘tkazilib, ikkiga bo‘linadi. 0‘ynovchilar teng ikki jamoaga bo'linib, o‘tkazilgan chiziqning ikki tomonidan bir-birlariga yuzma-yuz tizilib turadilar.
0‘qituvchining birinchi ishorasidan so‘ng jamoalardan bin ikkinchisiga qarab keladi. To'qnashuvga 5—6 qadam qolganda o‘qi- tuvchi to‘satdan ikkinchi ishorani qiladi. Yurib kelayotgan jamoa- dagi o‘yinchilar bu ishoradan keyin tez orqaga qarab qochadilar, ikkinchi jamoaning o‘yinchilari esa ulami quvlab yetib, tutishlari kerak. Tutilgan o‘yinchilar o‘sha joylarining o‘zida to‘xtab qola- dilar. O'qituvchi tutilganlami sanab chiqadi va ular yana o‘z joyla- riga borib turadilar. Tutgan o‘ynovchilar ham o‘z jamoalariga qo‘shiladilar. So‘ngra jamoalar rollarini almashtiradilar. 0‘yin bir necha maita takrorlangandan keyin o‘qituvchi yakun yasaydi. Kamroq a'zolari tutilgan jamoa yutgan hisoblanadi.
Oyinning qoidalari. 1. Yurib ketayotgan o‘ynovchilar orqaga burilib ishora qilgunicha baravar yurib borishlari lozim. 2. Quv- lovchi jamoaning o‘yinchilari ishoradan oldin chiziqdan o‘t- masliklari kerak. 3. Maydoncha chizig‘idan tashqariga chiqqan o‘ynovchi tutilgan hisoblanadi.
Tez yugurish
Oyinning tavsifi. 0‘ynovchilar qo‘l ushlashib, aylana hosil qiladilar va qo‘llarini pastga tushirib, erkin turadilar. Onaboshi davrani tashqaridan aylanib o‘tayotib, qo‘lini o‘yinchilardan biri- ning yelkasiga tegizadi va istalgan tomonga qarab (davra bo'ylab) qochadi. Onaboshining qo‘li tekkan o‘yinchi ham davra bo'ylab (ammo qarama-qarshi tomonga) yuguradi. Ulardan qaysi biri davrani tezroq aylanib chiqsa va birinchi bo‘lib bo‘sh o‘ringa turib qolsa, u qo‘lini baland ko‘taradi va «Men tezroq yugurdim!» deydi.
175
Shundan keyin davrada tizilib turgan o‘yinchilar yugurgan o‘yin- chilaming nomlarini aytib shunday deydilar:
Karim Botirdan o‘tdi
Va marraga tez yetdi.
Ikkinchi bo‘lib kelgan o'yinchi yutqazgan hisoblanadi va ona- boshi bo‘ladi.
O yinning qoidalari. 1. Yugurib aylanayotgan paytda davrada o‘tirganlarga tegish mumkin emas. 2. Yuguruvchilar bir-biriga duch kelgan vaqtda faqat o‘ng tomondan o‘tishlari kerak.
Eslatma. 0‘quvchilar bu o‘yinni yaxshi bilib olganlaridan keyin uni bir vaqtning o‘zida ikkita yoki undan ortiq davralarda rahbar- ning umumiy nazorati ostida o‘tkazish ham mumkin. 0‘yinning bu variantini o'tkazishda o‘ynovchilar ko‘proq yugurish imko- niyatiga ega bo‘ladilar. .
0‘yinning o‘ziga xos harakatlari davra bo'ylab qarama-qarshi kim o‘zarga yugurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |