164
5.5.5. To‘p bilan to‘pni urish
O ‘yinga tayyorlanish. Bu o‘yin maydonchada yoki katta zalda o‘tkaziladi. CVynovchilar ikki jamoaga bo‘linadilar va har qaysi jamoa o‘ziga onaboshi saylaydi. Maydoncha o‘rtasidan chiziq o‘t- kazilib, ikki qismga bo£linadi.
Maydonchaning qaysi qismida qaysi jamoaning o‘ynasbi chek tashlab belgilanadi. Maydonchaning yon (ensiz) tomonlariga
tadan toMdirrna to‘p qo‘yiiadi. To‘ldirma to‘plardan 3—3,5 metr nariga yaritn doiralar chiziladi. Bular jamoalarning «shaharlari» bo‘ladi. 0‘yinni o‘tkazish uchun bitta basketbol yoki voleybol to‘pi kerak.
0‘yinning tavsifl. 0‘qituvchining birinchi signali bo‘yicha jamoalar o‘rta chiziqning ikki tomonida bir-birlariga yuzma-yuz turgan holda saflanadilar. Onaboshilar ham chiziqning o'rtasiga kehb yuzma-yuz turadilar. 0‘qituvchi onaboshilar o‘rtasiga kelib turib, ikkinchi signalni berishi bilan bir vaqtda to‘pni osmonga irg‘itadi. Har ikkala onaboshiga qaytib tushayotgan to‘pni o‘z jamoasi tomonga urib yuborish huquqi beriladi. Har bir o‘yinchi qo‘liga to‘p tushishi bilan uni darhol o‘z jamoasi tomoniga uzatadi va to‘pni qo‘lga kiritgan jamoa o£yinchilari uni bir-birlariga uzatib, qarshi jamoa shahariga yaqinlashishga va qulay fursatdan foy- dalanib, to‘p bilan to‘pni urib tegizishga harakat qiladilar. Agar to‘p urib tegizilsa, jamoaga bir ochko beriladi. 0‘yin jamoalaridan biri qarshi jamoaning to'pini 2—3 marta urib tegizguncha davom ettiriladi.
0‘yinning qoidalari. 1. Markaziy chiziqdan o‘tish mumkin, ammo shahar ichiga kirish mumkin emas. Shahar ichiga kirib urib tegizilgan to‘p hisobga olinmaydi va buning uchun ochko berilmaydi. Bunday qoida buzilgan hollarda to‘p o'yinni davom ettirish uchun qarshi jamoaga olib beriladi. 2. To‘pni boshqalarga oshirmasdan yoki o‘ynatmasdan qo'lda ohb yugurish yoki uni
soniyadan ortiq qo‘lda ushlab turish mumkin emas. 3. Qarshi jamoa o‘yinchisidan uchib kelayotgan to£pni ilib olish mumkin, lekin qo£ldan yulib olish yoki o'yinchini itarib yuborishga yo£l qo£yilmaydi. 4. Qarshi jamoaga ochko berishga majbur bo£lgan
165
jamoaning o‘yinchisi urib tushirilgan to‘ldirma to‘pni olib, o‘z joyiga qo‘yadi va to‘p markazdan osmonga uloqtirib yuboriladi.
Metodik ko‘rsatmalar. 0£yinchilar soni ko‘payib ketsa, ulami uch jamoaga bo‘lish kerak. Bunda har gai ikkita jamoa o£ynab, bittasi dam olib turadi. Bu ikkala jamoa uchrashuvi tugagach, uchrashgan jamoalardan biri dam olib turadi va navbat kutib tuigan jamoa o‘yinga tushadi. 0‘yin uchchala jamoa bir-biri bilan uch- rashib bo'lgunicha davom ettiriladi. Har bir uchrashuv 2—3 daqiqa ' davom etadi. Bu o‘yinni shahar chizig‘i bilan to‘ldirma to‘p oralig£ini 4 metrgacha uzaytirib birmuncha murakkablashtirish mumkin. Ammo shuni ham aytish kerakki, jamoalarda o‘yinchilar haddan tashqari ko‘payib ketsa, o‘yin uncha qiziqarli o‘tmaydi.
Bu o£yinning ahamiyati shundaki, u o£quvchilarni chaqqon- likka, to£pni to‘g‘ri irg'itish va ilib olishga o£rgatadi. Bolalar bu o‘yinni o‘rganish bilan basketbol o£ynashga tayyorgarlik ko£radiiar.
Bayroqcha uchun kurash
Oyinga tayyorlanish. Bu o£yin uzunligi 40—60 va eni 20—30 metr maydonchada o£tkaziladi. 0‘ynovchilar teng ikki jamoaga bo'linadilar. Maydoncha ko£ndalang chiziq bilan baravar ikki qismga bo‘linadi. Maydonchaning ikkala qismiga (maydoncha che- tidan 2 metr ichkarilikka) «uya»lar chiziladi. Har bir jamoa o£z uyasining chizig£i orqasiga maydonchaning eni bo£ylab 10 tadan bayroqcha o‘matadi (bayroqchalar bir tekisda o‘matilishi kerak). Jamoalar o‘z maydonlarida o‘zlari istagan tartibda joylashadilar.
Oyinning tavsifi. 0£qituvchi yoki o‘quvchilar orasidan tayin- langan hakam signal berishi bilan har qaysi jamoa ikkinchi jamoaning mumkin qadar ko£proq bayroqchalarini o‘z tomoniga olib qochishga kirishadi. Lekin bu ishni bajarish oson emas. Chunki har bir jamoa o£yinchilari bayroqchani olib qochmoqchi bo£lib o£z tomonlariga o'tgan qarshi jamoa o£yinchilarini ushlab olishlari mumkin. 0£yin 15 daqiqa davom etadi. Bordi-yu, bir jamoa o£yin- chilari ikkinchi jamoaning hamma bayroqchalarini belgilangan vaqt tamom bo‘lmay o‘z tomoniga olib o£tsa, o‘yin oldinroq tugashi ham mumkin.
166
Qarshi jamoa bayroqchalarining ko'pini o‘z tomoniga olib o'tgan yoki belgilangan vaqt tamom bolmasdan qarshi jamoaning qo‘lga tushirilgan o‘yinchiIaridan o‘z bayroqchalarini qaytarib olishga ulgurgan jamoa o‘yinda yutgan hisoblanadi.
О У inning qoidalari. 1. Bir jamoa o‘yinchisi ikkinchi jamoaning o‘yinchisiga qo‘l tegizsa, o‘sha o‘yinchi ushlangan, qo‘lga tushgan hisoblanadi. 2. QoMga tushgan o'yinchi o‘sha joyda qimirlamay turadi, uni o‘z jamoasining o'yinchilaridan biri qutqarib olishi mumkin. 0‘z sherigini qutqarish uchun unga qo‘l tegizish kifoya.
Har bir o‘yinchi faqat bitta bayroqchani olib qochishi mumkin.
Bayroqchani olib qochayotgan o‘yinchi qo'lga tushib qolish xavfi tug'ilib qolsa, bayroqchani o‘z sheriklaridan biriga uzatib yuborishi mumkin. 5. Agar bayroqchani olib qochayotgan o‘yinchi qo'lga tushsa, uni qolga tushirgan o‘yinchilar bayroqchani undan tortib oladilar-da, o‘z joyiga olib borib qo'yadilar. Ushlangan o'yinchi esa o‘z sheriklaridan birontasi uni qutqarib olguncha o‘z joyida qimirlamay turadi. 6. 0‘yin vaqtida maydonchadan tashqariga chiqish mumkin emas. 7. Qoidani buzgan o‘yinchi o‘yindan chiqariladi.
To‘p uzatish
Oÿinga tayyorlanish. 0‘ynovchilar 4 ta jamoaga bo‘linib, o‘zaro parallel bo‘lib, t.o‘rt qatorga tizilib, qo‘llarini yonlariga uzatgan va oyoqlarini yonga kergan holda start chizig'ida turadilar. Birinchi bo‘lib turgan o‘yinchilarda basketbol yoki voleybol to‘pi bo‘ladi.
Oyinning tavsifi. 0‘qituvchining signalidan keyin o‘yinchilar to‘pni boshidan oshirib uzata boshlaydilar, to‘p oxirgi o‘yinchiga boigandan keyin o‘yinchilar oyoqlarini juftlamasdan sakrab orqaga aylanib, to‘pni boshdan oshirib uzatadilar.
To‘p birinchi uzatgan o‘yinchiga borgach, shu harakat yana takrorlanadi.
Shundan so‘ng to‘pni oyoqlar orasidan, keyin o‘ng va chap tomondan uzatadilar. Shu to‘rt usul bilan to‘p uzatishni xatosiz birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |