Sport tibbiyoti va reabilitasiya fanidan


Revmatik poliartrit kasalligida DJT



Download 38,12 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi38,12 Kb.
#259476
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sport tibbiyoti va reabilitasiya. amaliy №11.

Revmatik poliartrit kasalligida DJT.

Bo’g’imlar kasalliklarini muhofazalashda davolash jismoniy tarbiyani ahamiyati byoqiyosdir. Artrit ostida biz bo’g’imlarning jarohatlanishini asosan infeksiya asorati yallig’lanishini tushunamiz. Bir necha bo’g’imlarni yallig’lanishini poliartrit deb ataladi va bu kasallikni kelib chiqish sababi infeksiya hisoblanadi (skarlatina, angina, gripp, dizenteriya, brutsellez, sil kasalligi va boshqalardir). Artrtit 2 turli, ya’ni o’tkir artrit va surunkali artritga bo’lanadi. O’tkir artrit tana haroratnngi ko’tarilishi, shishini va bo’g’im ichidagi ekssudat yig’ilishi, kuchli og’riqlar sodir bo’ladi-ki, ular bo’g’imdagi to’liq harakat qilishga imkon bermaydi. Borib-borib artrit surunkali turga aylanib, bo’g’imlarni ichi granulali to’qimalar bilan to’ladi, suyak to’qimasini osteoparozi rivojlanadi, mushaklar va to’qimalar ozishi boshlanadi. Bularning hammasi bo’g’imda ankilozni sodir bo’lishiga olib keladi.

Ankiloz–bo’g’imdagi harakatni to’liq yo’qligidir.

Revmatologlarning 1971 yilda o’tgan s’ezdida bo’g’imlar kasalligi yallig’lanishli (artritlar) va degenerativli (artrozlar) alohida turlarga bo’lingan:

a) infektsion – spetsifik artritlar, mikrofganizmlar sababli rivojlanadi (stetokoklar, stafilokoklar, dizenteriya, brutsellez, gonoreya).

b) infektsion – nospetsifik artritlar (revmatik va revmatoidli)

c) ankilozli spondiloartrit (Bexterev kasalligi)artritlar:


  • deformatsiyali osteoartrit;

  • umurtqaaro osteoxondroz;

  • deformatsiya spondilez va spodiloartrit.

Ankilozli spondiloartrit – umurtqaoro bo’g’imlar va disklarni zarorlovchi spetsifik artrit. Og’ir gripp, gonoreya va boshqa infektsion kasalliklardan so’ng rivojlanadi. Asosan umurtqa pog’onasining eng qo’zg’aluvchi va og’irlikni qabul qiluvchi qismlarida bel bo’limi zararlanadi – bel lordozi silliqlashadi, bel mushaklarini taranglashadi, umurtqa pog’onasining harakati chegaralanadi.

Rentgenogrammada umurtqaaro oraliq torayadi, bo’g’imlarni bog’lovchi apparatni suyaklashishidan deformatsiyalashadi, umurtqa tanasi o’simtalarini osteoparozi rivojlanadi. Bularning hammasi umurtqa pog’onasini statik-dinamik yyetishmovchiligiga va umurtqaning ankiloziga olib keladi. Natijada mushaklarning ozishi (atrofiyasi), suyak to’qimasini osteoparozi, tog’ayni o’zgarishi bo’g’imlarni majburiy kamharakatligi paydo bo’ladi.

Shunday qilib, DJT o’tkir poliartritda keng qo’llanilmaydi, u asosan o’tkirosti va surunkali poliartritlarda iloji biricha ertaroq boshlanib, bo’g’imlardagi harakatni saqlashga va mushaklardagi patologik o’zgarishlarni oldini olishga qaratiladi.

DJT asosiy maqsad va vazifalari:



  1. Zararlangan (shikastlangan bo’g’imlarni harakatini yaxshilash, kamharakatlikni oldini olish (muhofazalash)).

  2. Mushak tizmini mustahkamlash va uni ishchanligini oshirish, bo’g’imlarda, qon aylanishni yaxshilash, ekssudatni so’rilishini tezlashtirish;

  3. Organizmni umumiy tonusini ko’tarish, desensibilizatsiyalash, uzoq kamharakatlikni ta’siri bilan kurashish;

  4. Og’riqlarni kamaytirish va umumiy ishchanlikni oshirish.

DJT shakllaridan – DG muolajalaridan tashqari EGG, kasallarni o’zlari shug’ullanishi, mehnat terapiyasi, mexanoterapiya, iliq vannada gimnastika, miqdorli yurishlar va h.k. buyuriladi.

Agarda mashg’ulotlardan ta’sirlanish ijobiy bo’lsa, ya’ni og’riqlar kuchaymasa, tana harorati ko’tarilmasa, mashqlarga boshqa shikastlangan bo’g’imlarni qo’shib borish mumkin.

Artrit kasalligida DG samarali vositalaridan biri- bu tebratuvchi mashqlardir, ular orqali bo’g’imlarda harakat amplitudasini saqlab, ko’vaqtirish mumkin. Bu mashqlarga turgan holda tanani oldingi egib qo’llar bilan har xil harakatlar bajarish, qo’l va oyoqlarda (tizzada) turib kasal oyoqni pastga assimetrik harakatlar qilish, oyoqda turib karavotni ushlab kasal oyoq bilan har xil harakatlar bajarish mashqlari qo’llaniladi. Sog’ tomon yordami bilan qilgan mashqlar ham bo’g’imlardagi harakat amplitudasini o’stiradi, bo’shashgan mushaklarni mashqlantiradi.

Kontrakturalarda gimnastik mashqlar og’riqlarni yuzaga keltirmasa, harakatlarni yengilashtirish uchun undan avval isitish muolajalari tavsiya etiladi, gimnastik mashqlar o’tkaziladi.

Artritlarni davolaganda massaj usullardan silash, ishqalash va shikastlangan bo’g’imlar atrofidagi mushaklarni faol uqalashdan foydalanib, mushaklarning atrofiyasini oldini olish zarur.

Sil kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya Kox batsillasi bo’lib, u havo-tomchi yo’li bilan yuqadi. Lekin respublikamizda o’tkir qarshi ko’rsatmalari bo’lmagan barcha yangi tug’ilgan chaqaloqlarga bu kasallikka qarshi vaktsinatsiya qilinadi. Suyak sili kasal ona to’liq davolanmasdan homilador bo’lishi oqibatida tug’ilgan bolalarda uchraydi.

Sil spondilitida DJT asosiy vazifasi 3 davrdan iborat:

Birinchi davrda DJT asosiy vazifasi organizmni umumiy holatini yaxshilash, mushaklar atrofiyasi, bo’g’imlardagi kontrakturani oldini olish bo’lib, mashqlar faqat sog’ bo’limlariga beriladi. Tananing tepa qismlarida o’rta va sekin tempda jismoniy mashqlar o’tkaziladi. Tanani pastki qismlariga, tizza va tos-chanoq bo’g’imlarini egish va yozish, oyoqlarni yonlarga yuborish, tepaga ko’tarish, aylantirish mashqlari o’tkaziladi. Sil spondilitini birinchi davri 1 yilga cho’ziladi.

2 davridagi DJTning asosiy vazifasi sekin-asta kasal organizmni yuklamaga moslashtirish. Bu esa sil jarayonini so’nish davriga to’g’ri keladi. Bu davrda kasallarga qorinda, elkada, qo’l oyoqlarda turgan holatda DG mashqlar beriladi. Umurtqa pog’onasini silida bu davrda yonga, oldinga umurtqa pog’onini egish man etiladi.

3 davrda DJTning maqsadi asosan elka mushaklarini mustahkamlashdan iborat. Bu davr kasallikning so’nishiga to’g’ri keladi, kasalni yaxshi holati jismonan ancha tayyorgarligini yaxshilashga, turish va yurishga o’rganishiga olib keladi.

Umurtqa pog’onasini bo’g’imlarini surunkali deformatsiyasida o’tkaziladigan davolash gimnastikasini namunali sxemasi

Mashg’ulotlar qismi




Download 38,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish