Sport tibbiyoti va reabilitasiya fanidan



Download 38,12 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi38,12 Kb.
#259476
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sport tibbiyoti va reabilitasiya. amaliy №11.


Sport tibbiyoti va reabilitasiya fanidan

6- semester uchun

Amaliy mashg‘ulot № 11

Mavzu: Boʻgʻim kasalligida DJT uslubi (artrit, poliartrit, artroz).


Artrit, artroz va poliartritlar xarakteristikasi

Halqaro Sog’liqni Saqlash Tashqilotini bergan ma’lumotiga ko’ra er sharining har beshdan bir yashovchisi bo’g’im funksiyasini buzilishga  duchor  bo’lib, ularda  og’riq  borligidan  shikoyat  qiladi.   Bo’g’im kasalliklarda turli –tuman bo’lib asosan 2 xili mavjud: bular artrit va  artrozlar. Bo’g’im kasalliklari nogironlikka olib keluvchi og’ir sub’ektiv va ob’ektiv simptomlari, funksiyaning buzilishlari bilan xarakterlidir. Bularni ikki asosiy guruhga: yallig’lanuvchi artritlar va degenerativ artrozlarga bo’linadi.

Artrit, artrozlar birlamchi mustaqil kasallik va boshqa organ va tizimlar kasalligining ikkilamchi ko’rinishlari bo’lishi mumkin. Patologik jarayon bir bo’g’imda (monoartrit) va bir necha bo’g’imda (poliartrit), undan tashqari umurtqa pog’onasida (spondiloartrit) rivojlanishi mumkin.

Artritlarning kelib chiqish sababi spetsifik va nospetsifik infeksiyalardir. Birinchisi infektsion nospetsifik revmatoid va revmatik artritlarni va ankilozli spondiloartritlar Bexterev kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Bo’g’imlarning spetsifik yallig’lanish kasalliklarini sil, sifilitik, gonoreya, brutselloz va boshqa infeksiyalar chaqiradi.

Artritlarda yallig’lanish jarayoniga olib keluvchi sabablarsiz avval sinovial qatlamni, keyin kapsulaga o’tib bo’g’imlarni o’rovchi to’qimalarni zararlaydi. Sinovial suyuqlik ajralishi tezlashib, bo’g’imlar shishadi va harakat chegaralanadi. Kasallik surunkali shaklga o’tsa bo’g’imning to’liq harakatsizligi-ankiloz sodir bo’ladi. Bo’g’imlardagi mahalliy o’zgarishlar umumiy holatning buzilishiga olib keladi: tonusning pasayishi, ko’tarilgan charchash, ishtahaning buzilishi, ozish. Artritlarning klinik kechishi o’tkir, o’tkirosti va surunkali bo’ladi.

Infektsion nospetsifik revmatoidli artrit-bo’g’imlarning tarqalgan kasalligi avvval qo’l, panja, tovon, keyin tizza va tirsaklarni simmetrik zararlaydi. Bemorlarda og’riq, shishish, bo’g’imlar deformatsiyasi, harakatning chegaralanishi, og’riq kontrakturalar, mushaklar atrofiyasi, hurujda haroratning ko’tarilishi. Kasallikning keyingi qaytarilishi ko’rinarli deformatsiya, egilish kontrakturalariga, ankilozga va ayniqsa poliartritning tez rivojlanuvchi kechishiga (1-2 yil) olib keladi. Kasallikning sekin rivojlanishida yuqoridagi simptomlar o’n yillab sekin-asta qo’shilib boradi.



Revmatik artrit-bu revmatizmning bir ko’rinishi, surunkali kechuvchi kasallik, o’zgarishlarni yurakga beradi. Bu patologiyada tizza va to’piq-tovon bo’g’imlari shishadi, og’riqlar va harakatning chegaralanishi, haroratning ko’tarilishi kuzatiladi. Boshqa artritlardan tog’ay va suyaklarda o’zgarishlar bo’lmaydi. Revmatik poliartritlarning xarakterli tomonlari kompleks davolash natijasida bo’g’imlar ko’rinishlari yo’q bo’lib kyetishidir.

Ankilozli spondiloartrit yoki Bexterev kasalligi-surunkali rivojlanuvchi kasallik, umurtqa pog’onasining bo’g’imlari sekin-asta ankilozlanadi va to’liq harakatning buzilishiga olib keladi. Bu ko’krak qafasining ekskursiyani chegaralaydi va nafas olish funksiyasi buziladi. Jarayonga tos-son bo’g’imlari va elka bo’g’imlari jalb etilib, bemorning harakat funksiyasini qiyinlashtiradi. Kasallikning asosiy simptomlari boshida belda va dumg’azadagi og’riqlar, jarayonning tarqalishi natijasida umurtqaning yuqori qismlariga va tanaga og’riqlar beradi. Bemorlarda orqa, dumba, ko’krak mushaklarining atrofiyasi, umumiy holsizlik, tez charchashlar sodir bo’ladi. Kasallikda vaqti-vaqti bilan hurujlar, remissiyalar bir necha oylardan bir necha yillarga kechadi.

Artrozlar artritlardan farqli o’laroq yallig’lanish emas, tog’aylarda degenerativ o’zgarishlar, so’ngra suyaklar o’simtalari, ular o’z navbatida bo’g’imlar suyaklarining deformatsiyasiga olib keladi. Kasallik ko’pincha bir bo’g’imni, umurtqani umurtqaaro ostexondroz shaklida zararlaydi.

Birlamchi deformatsiyali artrozlarning bosh sabablaridan-bu bo’g’imlar tog’ayining doimiy o’ta og’ir yuklamalarda zararlanishi va mikrojarohatlanishidir. Bu ko’proq sportchilar va jismoniy ish bilan shug’ullanuvchilarda kuzatiladi. Eng ko’p yuklama beriladigan bo’g’imlar jarohatlanadi: tizzalar bo’g’imi-yuk tashuvchilarda, shtangistlarda, futbolchilarda; tirsak bo’g’imi-tennisistlarda, qilichbozlarda va pnevmatik molot bilan shug’ullanuvchilarda.

Kasallik bilinar-bilinmas, sekin rivojlanadi. Birinchi belgilari-bo’g’imda noqulaylik, tinchlikdan so’ng bo’g’imda noxushlik yurib ketgandan so’ng yo’qolishi, mushaklar holsizligi va tez charchashi, katta yuklamadan so’ng bo’g’imdagi og’riqlar. Harakatlar og’riq, bo’g’im yuzasidagi suyaklar deformatsiya, pay-mushak kontrakturasi tufayli chegaralaniladi.

Umurtqalararo diskning degenerativ jarayoni umurtqa ostexondrozi asosida yotadi, bu esa og’ir atletikachilar, kurashchilar, gimnastikachilarda kuzatiladi. Boshida umurtqaaro ostexondrozda orqa mushaklarining tez charchashi va davomli statik yuklamalarda og’riqlar bilan xarakterlanadi.

Kasallikning rivojlanishi zararlangan disklarda o’sib boruvchi mahalliy og’riqlar, mushaklarning himoyaviy taranglashishi, umurtqada harakatning chegaralanishi bilan kuzatiladi.

Deformatsiyalovchi artrozlar kasallikning surunkali kechishi va vaqti-vaqti bilan jarayonlarning huruj va remissiyasi bilan xarakterlanadi. O’tkir davrida birinchi rejaga og’riq, bo’g’imdagi yoki umurtqaning bo’limida harkatning tez chegaralanishi. Kasallikning bu ko’rinishlari sekin-asta kamayib, kasallik o’tkir osti davriga o’tadi.

Ikkilamchi deformatsiyalovchi artrozlar ba’zi bir artritlardan keyin, ichki bo’g’im sinishlari, bog’lam apparati buzilishi, gormonal buzilishlar va modda almashishi bilan chuqurlashtiriladi, shuning uchun ham ularni davolash murakkabdir.

Artrit va artrozlarni davolash kompleksli bo’lishi shart va ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablari va rivojlanish yo’llari aniqlanadi hamda ularni oldini olish, asoratlarini pasaytirish zarurdir. Dori-darmonlar vositalari mahalliy foydalaniladi va butun organizmga ta’sir yetish, distoterapiya, fizioterapiya, balneoterapiya, shinalar va gips bog’lamlari-bo’g’imlarda noxush holatlarni oldini olishga qaratiladi, bo’g’imlarda tuzatib bo’lmaydigan holatlar va funksiyalarning buzilishida jarrohlik uslubi tadbiq etiladi.

Operativ va konservativ uslublarda kompleks davolashning komponentlaridan davolash jismoniy tarbiya bo’lib, u o’z navbatida bo’g’imlar funksiyasini saqlash va organizmni umumiy mustahkamlashga yo’naltirilgandir. U artritning o’tkir davrida, og’riqlarda vaqtinchalik o’tkazilmasligi mumkin.

Jismoniy mashqlarning davolovchi ta’siri uning organizmni umumtonuslash, tayanch-harakat apparatining funksiyasini yaxshilash, zararlangan qismga trofik ta’sir yetish bilan bog’liqdir. Mahalliy qon aylanishlarni tiriltirish, limfa aylanishini, modda almashishini faolllashtirish orqali surilish sodir bo’lib, bo’g’imlardagi va atrofdagi to’qimalarda shishish orqali hosil bo’lgan suyuqlikni so’rdirish va patologik jarayonni orqaga rivojlanishiga turtki bo’ladi.

Bo’g’imlarda ko’p marotaba qaytarilgan harakat uni shakllantiradi, mushak-bog’lovchi apparatini mutahkamlaydi va maksimal darajada funksiyani saqlaydi.

Surunkali kasalliklar ichida, bo’g’imlarning kasalliklari (deformatsiyalovchi artrozlar), yog’ tanachalarining kasalliklari, bog’lamlarning surunkali mikroshikastlanishi, meniskopatiyalar, bursitlar va boshqalar birinchi o’rinda turadi.

Deformatsiyalovchi artrozlar – bu bo’g’imlarning atrofik ifodali uzoq davom etadigan bo’g’im shaklining o’zgarishidir.

Bursitlar – bo’g’imdagi sinovial xaltasining yallig’lanishi.

Mushaklar va paylarning surunkali kasalliklari (ularning bo’yi bo’ylab va biriktirilgan joyida, suyak pardasining kasalliklari (umurtqa pog’onasining, jumladan osteoxondrozlar, spondilezlar va spondiloartrozlar) sportchilarda ko’plab uchraydi.

Osteoxondrozlar – suyak va tog’ay to’qimalaridagi distrofik o’zgarishlarni anglatadi.

Spondilyoz – umurtqa pog’onasining surunkali degenerativ – distrofik kasalligi bo’lib, odam qattiq zarbga uchraganida yoki ba’zi kasalliklar bilan og’riganda namoyon bo’ladi va tana hamda bosh harakatlangan vaqtlarda og’riq alomati bilan ifodalanadi.

Spondiloartroz – umurtqalararo bo’g’imlarning surunkali kasalligi bo’lib, umurtqadagi tog’ay to’qimada degenerativ – distrofik o’zgarishlar yuzaga kelib chiqishi oqibatida paydo bo’ladi.

Artrit, deb bo’g’imlarni shamollashiga aytiladi. Artroz, deb bo’g’im to’qimalariga degenerativ o’zgarishlarga tushuniladi. Bu birinchi navbatda tog’ayda sodir bo’ladi va har ikki holatda ham bo’g’imlarni harakati yomonlashadi va kuchli og’riq sodir bo’ladi. Bordi-yu bitta bo’g’im shamollasa monoartrit,  bir-qancha bo’g’im shamollasa poliartit deb ataladi. Artritlarni bir nechta guruhlarga bo’linadi:  revmatik,   yuqumli distrofik va boshqalar. Bunga bog’liq  bo’lmagan holda buning klinik ko’rishi, bo’g’imlarni shishishi, og’riq asosan yurgan vaqtda, mahalliy haroratning oshishi, bo’g’im atrofi to’qimalarining shishishi va shikastlangan bo’g’imning harakati yomonlashuvidan iborat. Kasallikning o’tkir davrida bo’g’imni qizarishi, terining mahalliy haroratini oshishi bo’g’imda va uning atrofida suv to’planib shish hosil bo’ladi Harakatda og’riq vujudga kelishi sababli bo’g’im harakati keskin yomonlashadi.  Kasallikning surunkali turida harakatsizlik oshib boradi, bo’g’imlar qo’pollashadi, suyakni dag’al o’sishi vujudga keladi va muskul kichiklashishi vujudga keladi.

Bo’g’im  kasalliklarida  davolash jismoniy tarbiyasini qo’llashning maqsadi: bemorning umumiy  ahvolini   yaxshilash, tayanch-harakat apparatining faoliyatini, o’tkirosti va surunkali davrlarida zararlangan bo’g’imlarni og’ritmasdan ohista harakatchanligini qayta tiklash,  yurak tomir, nafas olish va organizmning boshqa tizimlari faoliyatini yaxshilashdan iborat. Yarim o’tkazkichlardan       foydalaniladi.  Oyoq bo’g’imlar  zararlanganda,  bemorni  keyinchalik  yurishga tayyorlash  maqsadida  orqa  muskullar,  sonning to’rt boshli muskuli, elka  sohasi  muskullarini  chiniqtiradi.  Keyinchalik miqdorli yurish  buyuriladi. To’g’ri  qadam  tashlashga  o’rgatiladi. Revmatik  artritlarda   davolash  jismoniy  tarbiyasi   o’tkir hodisalari yo’qolgandan 6 oy keyin buyuriladi va yurak klapanlari zararlanishi paydo bo’lishi mumkinligi sababli bunga mon’elik qiluvchi hodisalarning bor – yo’qligiga qarab ish tutiladi.  Sekin sur’atda bajariladigan mashqlardan boshlanadi va ularni muskullarga kuch bermasdan bajariladi. Gimnastikani isitish, suv muolajalari va massaj bilan qo’llanishi yaxshi samara beradi.  

Artroz - bo’g’im to’qimalarida degenerativ o’zgarishlar bilan kechadigan kasallik bo’lib, birinchi navbatda bo’g’im tog’aylari shikastlanadi.

Normada bo’g’imlarni hosil qiluvchi suyak oxirlari yuzasidagi sillik tog’ay to’qimasi to’liq ishqalanuvchanlikni ta’minlaydi. Harakatlanganda tog’ay asosiy to’qimasidagi yuza qavat fiziologik qayta tiklanish xususiyatiga ega.



Qayta tiklanish xususiyati susaysa, tog’ay yuzalarida yuzaga kelgan g’adir budirlik va yoriqlar bo’g’imlarning erkin harakatini qiyinlashtiradi. Statik dinamik zo’riqish natijasida bo’g’im yuzasi chekkalarida tog’ay to’qimasining suyaklanishi yuzaga keladi, oqibatda bo’g’imlarda harakat hajmi chegaralanadi. Bo’g’im to’qimalarida refaol yallig’lanishli o’zgarishlar rivojlanadi. Bu esa o’z navbatida og’riq sezgilarini keltirib chiqaradi. Bu o’zgarishlarning jadallashuvi oqibatida bo’g’im oxirlarida suyaklanish yuzaga kelib, bo’g’im yuzalarini shakliy buzilishlariga olib keladi.

Kasallik oqibatida bo’g’imlarda ankilozlar, yarim chiqishlar va chiqishlar yuzaga keladi. Bo’g’im degenerativ kasalliklari sabablari oxirigacha o’rganilmagan. Birlamchi deformatsiyalovchi artroz rivojlanishida moddalar almashinuvi buzilishi katta rol o’ynaydi. Bundan tashqari, kasallikka surunkali intoksikatsiya va infeksiya sabab bo’lishi mumkin, shuningdek haddan tashqari zo’riqish bo’g’im to’qimalarining qon bilan ta’minlanishi buzilishiga olib keladi. Ikkilamchi deformatsiyalovchi artrozlar ko’pincha bo’g’imlar travmasi oqibatida rivojlanadi. Bo’g’im tog’aylaridagi yoriq va notekis ko’rinishdagi defektlar uzoq vaqt saqlanadi, hamda patologik o’choq bo’lib hisoblanadi va degenerativ distrofik jarayon rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu asosan davom etuvchi zo’riqishlar natijasida kelib chiqadi. Ikkilamchi deformatsiyalovchi artrozlarga sportchilar artrozlarini kiritish mumkin. Bu tizimtik zo’riqish yoki ko’p martalik makro va mikro travmalar natijasida kelib chiqadi. (bir nechta sport turlariga xarakterli). Masalan tizza bo’g’imi deformatsiyalovchi artrozi futbolchilar va yengil atletikachilarda, tirsak bo’g’imi deformatsiyalovchi artrozi tennischilarda, bilak - panja bo’g’imi deformatsiyalovchi artrozi gimnastikachilar va shtangistlarda ko’p uchraydi. Bundan tashqari, ikkilamchi deformatsiyalovchi artrozlar o’tkazilgan artritlar, bo’g’im rivojlanish anomaliyalarida va boshka hollarda kelib chiqishi mumkin. Ikkilamchi osteoartrozlar yaqqol bo’g’im deformatsiyalari oqibatida bo’g’im funksiyalarining kisman buzulishlari bilan xarakterlanadi. Bu har xil kasalliklar natijasida kelib chiqadi. Misol uchun semizlikda bemorning ko’pincha tizza bo’g’imlari shikastlanishlarga moyil. Podagra kasalligida panja va barmoq bo’g’imlar deformatsiyasi va funksiyasi buzilishi kuzatiladi. Ayollarda klimaks davrida tizza va chanoq son bo’g’imi shikastlanishi kuzatiladi va hokazo. Kasallikni klinik kechishini ikki davrga bo’lish mumkin: o’tkir va o’tkir osti. O’tkir davri boshlarida ertalabki kuchli og’riqlar, keyinchalik zo’riqish vaqtida va oqibatda doimiy og’riqlar bo’lishi bilan xarakterlanadi. Zararlangan bo’g’im harakatining yaqqol chegaralanganligini kuzatish mumkin. O’tkir osti davri uchun og’riqlarni kamayishi, harakat amplitudasi oshishi va harakat ko’nikmalari tiklanishi xarakterli. Kasallikni boshlang’ich davrida davolash konservativ usulda olib boriladi: medikamentoz terapiya, massaj, balneoterapiya, davolash gimnastika, hamda maxsus apparatlar yordamida shikastlangan bo’g’imlar zo’riqishini yengillashtirishga erishiladi. Kasallik davosida konservativ davo samara bermasa, jarrohlik amaliyotini qo’llash bilan tugalllanadi. Deformatsiyalovchi artrozlarda konservativ davo sifatida davolash jismoniy tarbiya muhim ahamiyatga ega. Bunda mashg’ulot bemorning ruhiy emotsional holatiga ijobiy ta’sir etadi, jismoniy mashqlar yurak qon tomir va nafas tizimi faoliyatini faollashtiradi, moddalar almashinuvini normallashtiradi. Misol: semizlik fonida kechuvchi artrozlarda, qarilik artrozlarida qonda holestirin miqdorini kamaytiriladi. Jismoniy mashqlar mushak bo’g’im apparati atrofiyasini kamaytiradi. Shuningdek bo’g’imlarda turli struktur o’zgarishlarga ijobiy ta’sir kiladi.


Download 38,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish