Sport pedagogik mahoratini oshirish



Download 2,51 Mb.
bet104/108
Sana07.03.2022
Hajmi2,51 Mb.
#485504
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Bog'liq
...

213
iw—w■wiii—iiiiii ■ ii 1*1*wwii i»—f iiiinmii.
Psixologiksifatlar


1

Diqqat

Ong

Tafokkur

Xissiyot

Tasavvur

Xotira

1

I
Psixologik qobiliyatlar

K urish kenligi va chuqurligi
Ob'ekt va ob'ektiami farqlash
1
Harakatlanuvchi ob'ekt tezligi va uni oralig'i


T
7
1


T ahlil qilish va aniqlash
Qaror qabul qilish
Qarorni ijro etish

To'pni xis qilish
35-rasm.
214

J Musobaqaoldi holatlar
-ч


Apaliya
Jangovor xolat
Lixoradka




Jangovor xolatni yaratish choral ari
SaJbiy holatiarni bartaraf etish

Razminka
Nafas mashqlari
Mushaklar relaksatsiyasi
Autotrening (ishontirish)

36-rasm.
215

XIV bob. MUSOBAQALARDA JAMОAN1 BOSHQARISH
Tennisga xos musobaqa faoliyati - bu bir yoki ikki tennischi-ning shunday sonli raqib yoki raqiblariga nisbatan rasmiy qoida-larga rauvofiq keskin raqobat ostida amalga oshiradigan jismoniy, texnik-laktik, psixologik va intellektual xatti-harakatdir.
Mazkur jarayonning har bir lahzasi, geymlari, setlari va “tay-breyk”larida foydali natijaga erishish ustuvor jihatdan ten-nischi yoki tennischilarning faqat o‘zlariga bog‘liqdir. 0‘zga sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa uchrashuvla-ridatrener o‘z o‘yinchilariga nafaqat tanaffuslardayoki majburiy to'xtalishlarda (o‘yinchining jarohat olishi, o‘yinchini almash-tirish va h.k.) ko‘rsatmalar berishi mumkin, balki uchrashuv davomidaham ularning xatolarini tuzatish, yangi rejani qo‘llash, taktik hareikatlarini o‘zgartirish bo'yicha muvofiq maslahat va tavsiyalar berishga haqlidir. Lekin, tennis musobaqalarida bunday imkoniyatlar trener (yoki sardor) uehun chegarlangan. Tennisda barcha taktika-strategik ko‘rsatmalar, raqib imkoni-yatlari va taktikasi, uning zaif jihatlari va sir-asrorlari haqidagi yo'1-yo‘riqlar asosan musobaqa oldidan beriladi. Demak, ten-nischi uchrashuv davomida raqibga qarshi rejalashtirilgan takti­ka-strategik faoliyatini shaxsan oezi boshqaradi.
Buning uchun tennischi uchrashuvda raqobatlashadigan raqibi haqida mumkin qadar ko'proq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Raqibning zaif jihatlarini bilishi, ularga qarshi ijro eti-ladigan harakat usullarinr loyihalashtirishi va amalga oshirish
216
choralarini ko‘rishi, o‘z kamchiliklarini esa oshkor qilmaslik yo'Uarini aniq tasavvur qilishi loam. Qisqa muddatli to‘xtalish-larda tennischi o‘z raqibining navbatdagi qarshi xatli-harakati, qo'llashi mumkin bo‘lgan texnik-taktik usulini bashorat asosida aniqlashga intilishi va ularga qarshi ijro etiladigan o‘z usullarini fikran idrok qilishi, agar bashorat natijasi asl vaziyatga mos kel-sa, shu rejalashtirilgan usul yoki usullarni unumli amalga oshiri-shi muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv oldidan yoki uchrashuv davomida tennischida qator salbiy holatlar yuzaga kelishi mumkin. Jumladan, ortiq-cha hayajonlanish, xavotirlanish, qo'rquv alomatlarini paydo bo‘lishi, tushkunlikka tushish kabi holatlar ustunligi bilan jan-govor holat ustunligi o‘rtasidagi muvozanat u yoki bu tomonga o‘zgarib turishi mumkin. Ta’kidlash muhimki, salbiy holatlar ustunligi yuzaga kelganda, aksariyat xotirani pand berishi (eslab qolish qobiliyatining zaiflashishi). diqqatni “bo‘ysinmasligi”, vaziyatni idrok qilishni “loyqalanishi”, hissiyotni o‘tkirsizlani-shi va irodani zaiflashi ro“y berishi mumkin. Bunday vaziyatlar-da zukkolik, “makkorlik”, topqirlik, uddaburonlik va vaziyatni aniq tasavvur qilish xislatlari ham o‘z salohiyatini yo'qotadi.
Boshqa bir vaziyatlarda tennischida jazava va 'talvasaga tushish, jahlni yuzaga kelishi, manmanlik, raqibni mensimas-lik, undan o‘zini yuqori qo'yish holatlari ham vujudga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda tennischida bir qarashda faollik yuqori bo'lsada, nazorat sifati kamayib ketadi, harakatlar vazi­yatga muvofiq bo‘lmaydi.
Musobaqaoldi va musobaqa uchrashuvlari davomida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan bunday holatlarda tennischi 6‘zihi qanday boshqarishi mumkin degan savol tug‘iladi. Mutaxas-sis-olimlarning fikriga ko'ra, musobaqaoldi vaziyatlarida va' uchrashuvlar davomida yuzaga keladigan bunday salbiy holat-
217
lar ustuvor jihatdan “autotrening” (xayolan mashq qilish, o‘zi-ni ishontirish) mashq-formulalaridan foydalanish o‘ta samarali natijaberarekan.
Quyida musobaqaoldi vaziyatlarida qo‘Ilaniladigan “auto­trening” formulalari keltirilgan:
Tlnbhlantirish ” formulasi:
- chuqur nafas olish - kuchanish - mushaklarni tarang-
lashtirisfi va keskin bo‘shashtirish - “siltab” nafas chiqarish;
: - chuqur nafas olish - nafasni saqlash va keskin nafas chiqarish;
" - chuqur nafas chiqarish - nafasni saqlash va chuqur nafas olish;
- 5-6-marta chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqarish.
Ichki”so‘Z bilan takrorlanadi:

  1. ichki organlarim va mushaMarim “tozalandi”, “yengil-lashdi”;

  2. o‘zimni yengil his qilyapman;

. - hayajonlanish, xavotirlanish, titroq alomatlari yo‘qoldi;

  1. yodxayollar yo‘qoldi;

  2. nafas olishim ravon, yuragim osoyishta ishlayapti;

  3. tanamda, mushaklarimda kuch yig‘ilmoqda;

  4. yaxshi dam oldim, musobaqaoldi razminkasiga shayman;

  5. razminkada tanam, ruhim va mushaklarim maksimal tozalanadi, kuchim safarbarlikka tayyor bo'ladi;

  6. razminka natijalari a’lo bo‘ldi, o‘zim nihoyatda yengil-man, fikrim o‘tkirlandi;

  7. razminka davomida raqibim xatti-harakatlari, uni im-koniyatlarini kuzatdim;

  8. o‘zimni va raqibim imkoniyatlarini taqqosladim - men undan ustunman, kuchli o'yin ko‘rsatishga ishonchim komil;

  9. 5-6-marta chuqur nafas olib, nafas chiqardim;

218
- musobaqaga shayman, jangovor holatdaman - “jangga
olg‘a”!
Qayd etilgan ishontirish so‘z-mashqlari ko'zni yumib fikran taqarorlanadi.
So‘z-mashqlar mazmiin jihatidan qisman o‘zgartirilishi mum-kin, lekin holatni kuchaytirish tartibiga rioya qilish tavsiya etiladi.
Uchrashuv davomidagi to‘xtalishlarda qoilaniladigan tikla-nish va shaylantirish so‘z-mashqlari (2-3 daqiqa):

  1. orqa bilan yotib, ko‘zni yumib, oyoqlar уuqoriga vertikal ko‘tariladi;

  2. oyoqlar yuqoriga qaiab silkitiladi;

  3. oyoqlar qaychisimon harakatlantiriladi;

  4. oyoqlar tushiriladi - kuchanish barcha mushaklarni ta-ranglashtirish va keskin bo‘shashtirish;

  5. fikran so‘z bilan takrorlanadi: tiklandim-kuchlandim -“jangga shayman”, tik turib 5-6-marta chuqur nafas olib, keskin nafas chiqariladi.

Uchrashuv tugaganidan so‘ng bajariladigan ishontirish so'z-mashqlari:

  1. ayni vaqtda uchrashuv natijalari meni qiziqtirmaydi;

  2. о‘tgan uchrashuv natijalari xayolimdan butunlay chiqarildi;

  3. men tanamda, ruhimda va mushaklarimdapaydo bo‘lgan charchoq- toliqish asoratlarini tozalayman.


Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish