TIQMA KOPTOK (MEDBOL)NI AYLANTIRISH VA ULOQTIRISH
GRUSHAGA ZARBA BERISH
GRUSHAGA ZARBA BERISH VA SAKRASH
GRUSHAGA O‘RNATILGAN KUCH PLATFORMA USKUNASI
Yuzma-yuz holatida tik turish.
Bajarilish texnikasi: Oyoqlar yelka kengligi bo‘ylab bir chiziqda kerilgan, tovonlar yonma-yon joylashgan. Qo‘llar tirsakdan erkin bukilgan, bosh pastga tushirilgan, qorin ichga tortilgan. Tana og‘irligi ikkala oyoqqa baravar taqsimlangan. Bu holat ko‘proq o‘quv ahamyatiga ega bo‘lib, bu holatda bokschi asosiy harakatlarni egallab oladi. Jangda u yaqinlashgan paytda, ayniqsa raqibni ta’qib qilish uchun qo‘llaniladi.
Boshga beriladigan zarbaga qarshi bilaklar yordamida to‘sish bilan himoyalanish.
Gavdaga beriladigan zarbaga qarshi bilaklar yordamida to‘sish bilan himoyalanish.
Bajarilish texnikasi: jangovor tik turish holatidan gavda og‘irligini ikkala oyoqqa o‘tkazing, tizzani bir oz bukib va birlashtirilgan ikkala qo‘l bilaklarining (kaftlarni o‘ziga qaratib) gavda yoniga tushirib, bilaklar yordamida to‘sish bilan himoyalanishni bajaring.
Oldinga qadam tashlash.
Orqaga qadam tashlash.
Chapga qadam tashlash.
O‘ngga qadam tashlash.
Bajarilish texnikasi: jangovor tik turish holatidan, o‘ng oyoq uchida itarilib, tana og‘irligini bir oz chapga og‘dirish bilan oldinda turgan chap oyoqqa o‘tkazing va keyin aksincha – o‘nga og‘ish bilan. Ushbu harakat chapga va o‘ngga qadam tashlash, shuningdek, og‘ishlar, qarshi va javob hujumlarini bajarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
8-mavzu
|
Taktik tayyorgarlikni takomillashtirish
|
Amaliy mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Vaqti – 10 soat
|
Talabalar soni: nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Amaliy
|
Amaiy mashg‘ulotining rejasi
|
Tana bilan himoya xarakatlarini takomillashtirish
Oyok bilan himoya xarakatlarini takomillashtirish
Qo‘l bilan himoya xarakatlarini takomillashtirish
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Mashg‘ulot jarayonida ximoya xarakatlarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vosita va usullarni qo‘llash yuzasidan talabalarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, egiluvchanlik va kuch sifatini rivojlantirish..
|
Pedagogik vazifalar:
- To‘g‘ridan boshga beriladigan zarba-lardan o‘nga va chapga og‘ishlar bilan ximoyalanishni, yon tomondan berila-digan zarbalarga sho‘ng‘ishlar bilan ximoyalanishni rivojlantirish (oynada, sherik bilan).
- Zarbalardan oyoqlar yordamida ximoyalanishni rivojlantirish (sayt-step, aldamchi va chalg‘ituvchi xarakatlar bilan).
- Qo‘llar yordamida zarbadardan ximoyalanishni rivojlantirish (to‘sish, patstafka, tushirib yuborish va x-k).
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- tana bilan turish xarakatlari takomillashadi
- oyoq bilan Yurish xarakatlari takomillashadi
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Mashqlarni oddiydan murakkabga uslubdan fodalanib, ko‘rsatish, takrorlash uslubi, hatolarni o‘z vaqtida tuzatish.
|
O‘qitish shakli:
|
Jamoa, guruhli, individual ishlash.
|
O‘qitish vositalari:
|
Dars va mashg‘ulot konspekti, boks qopi, yassi qo‘lqop, xushtak, sekundomer, umumiy va maxsus mashqlar.
|
O‘qitish shart – sharoiti:
|
Boks zali (barcha talablarga javob beradigan)
|
Amaliy mashg‘ulotining texnologik kartasi
Bosqichlar vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o‘qituvchi
|
talaba
|
1-bosqich.
Kirish 15-201
|
1.Talabalarni umumiy saflantiradi, bor yo‘q qiladi, mashg‘ulot vazifalarini tushuntiradi.
2.Yurish: qadam bilan, oyoqni ichki tomoni, tashqi, tovonda yurishlar stop, sportcha yurishga o‘tish buyruqlarini beradi.
Yugurishlar: orqa b-n, yon tomonlar b-n, va tezkorlik b-n yugurish buyruqlarini beradi.
|
Eshitadi, mavzuning maqsad va vazifalri hamda kutalayotgan natijalar yuzasidan savoli bo‘lsa o‘qituvchiga beriadi.
Boshlovchi orqasidan zal bo‘ylab yurishga o‘tadi.
Bir tekisda safni buzmagan xolda buyruqni bajaradi.
|
2-bosqich.
Asosiy qism 401-501
|
1. tana bilan turish xarakatlari takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni ko‘rsatib beradi va talabalar bajarayotganda xato kamchiliklarini to‘g‘rilab boradi.
2. oyoq bilan yurish xarakatlarini takomillashti-rishga yo‘naltirilgan mashqlarni ko‘rsatib beradi va talabalar bajarayotganda xato kamchiliklarini to‘g‘rilab bordi.
|
Murabbiy tomonidan ko‘rsatib berilayotgan mashqlarni diqqat bilan kuzatadi va savoli bo‘lsa beradi.
Mashqlarni to‘g‘ri va aniq bajarishga harakat qiladi.
|
3-bosqich.
YAkuniy qism 51-101
|
Tiklanuvchi mashqlarna maqsad va vazifasini ta’sir etish xususiyatini talabalarga tushuntiradi va amalda jonli bajarib beradi: «Ko‘prik xosil qilish», «oyoqlarni kerish mashqi», «korin muskullariga mashklar» «velosiped», turnikda osilib turish, arg‘umchoqda engil sakrash.
Tiklanuvchi mashqlarni bajartirgandan so‘ng talabalarga uyiga vazifa beradi va mashg‘ulotni tamomlaydi.
|
Tinglaydi, ko‘radi va savoli bo‘lsa murojaat qiladi.
Ko‘rsatib berilgan mashqlarni to‘g‘ri va xatosiz bajarishga harakat qiladi.
Tinglaydi va yozib oladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |