So'zboshi



Download 2,83 Mb.
bet12/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

Ill BOB. ABSORBSIYA
3.1-§. Asosiy tuchunchalar


Gaz hamda bug'-gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilishjarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o'zaro ta'siriga ko'ra absorbsiya jarayoni ikki hil bo'ladi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o'zaro bir-biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotgan gaz absorbent bilan o'zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, xemosorbsiya deyiladi. Absorbsiya jarayonida gazning yutilmay qolgan qismi inert gaz deb ataladi.
Fizik absorbsiya ko'pincha qaytar jarayondir, ya'ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish mumkin bo'ladi, bu hoi desorbsiya deyiladi. Absorbsiya bilan desorbsiya jarayonlarini uzluksiz olib borish natijasida yutilgan gazni toza holda ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir necha marta qayta ishlatish imkoni tug'iladi. Odatda absorbtiv va absorbent arzon va ikkilamchi mahsulot bo'lgani uchun, ular absorbsiya jarayonidan keyin ko'pincha, (masalan, gazlarni tozalaganda) qayta ishlatilmaydi.
Sanoatda absorbsiya jarayoni turli maqsadlarda qo'llaniladi:

  1. gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishda;

  2. gaz aralashmalarini zaharli va zararli moddalardan tozalashda;

  3. gazlarni quritishda;

  4. tayyor mahsulotlar (masalan, xlorid va sulfat kislotalari, ammiakli suv) olishda va hokazo.

Har bir aniq sharoit uchun tegishli absorbent tanlab olinadi; bunda yutilishi lozim bo'lgan komponentning absorbentdagi eruvchanligi asosiy omil sifatida xizmat qiladi. Gazlarning suyuq absorbentlardagi eruvchanligi quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi:

  1. gaz va suyuq fazalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari;

  2. temperatura;

  3. gazning aralashmadagi bosimi.

Absorbsiya jarayonini o'tkazishga mo'ljallangan uskunalar absorberlar deb yuritiladi.
Absorbsiya jarayonida suyuqlik tarkibidagi gazning miqdori suyuqlik va gazning xususiyatiga, bosim, temperatura va gaz fazasining tarkibiga bog'liq. Suyuqlik bilan biror gaz aralashmasining o'zaro ta'siri natijasida taqsimlanuvshi komponent A tashuvshi komponent В yordamida suyuqlikda erigan bo'lsa, fazalar qoidasiga muvofiq komponentlarning soni va erkinlik darajasi uchga teng bo'ladi. Demak, gaz-suyuqlik sistemasida ikkala fazaning temperaturasi, bosimi va konsentratsiyasi o'zgarishi mumkin. Shuning uchun o'zgarmas temperatura va umumiy bosimda muvozanat holatidagi gazning parsial bosimi (yoki uning konsentratsiyasi) bilan suyuq faza tarkibining o'zaro bog'lanishi bir xil bo'ladi. Bu bog'lanish Genri qonuni bilan ifodalanib, erigan gazning parsial bosimi eritmadagi uning mol qismiga proporsionaldir

Suyuqlikdagi gazning eruvchanligi (yutilgan komponcnt A) ma'lum temperaturada uning suyuqlik yuzasidagi parsial bosimiga proporsionaldin

bu yerda, P'A muvozanat holatidagi eritmada konsentratsiyasi xA
bo'lgan yutilayotgan gazning parsial bosimi; x' - eritmadagi gazning konsentratsiyasi (mol hisobida), bu gaz bilan suyuqlik fazalari muvozanatlashganda yutilayotgan komponentning parsial bosimi PA ga teng; E — proporsionallik yoki Genri koeffitsienti.
Ideal suyuqliklar uchun har xil temperaturada konsentratsiyaning bosim bilan o'zaro bog'lanishi P—x diagrammada to'g'ri chiziq ko'rinishida, Genri koeffitsientiga teng bo'lgan og'ma chiziqlar orqali tasvirlanadi. 3.1-rasmga, tempe-ratura ortishi bilan Genri koeffit-sientining miqdori (bir xil sharoitda) ortadi, (3.2) tenglamaga muvofiq esa gazning suyuqlikdagi eruvchanligi kamayadi.




Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish