Shakl yasovchi qo`shimchalar
Yangi so`z yasamoq so`z ma`nosiga turli ma`no nozikliklari yuklovchi va o`zi qo`shilayotgan so`zni boshqa so`zga bog`lashga xizmat qiluvchi qo`shimchalar shakl yasovchi qo`shimchalar deyiladi. Ular o`z ichida 2 xil bo`ladi:
Lug`aviy shakl yasovchi
Sintaktik shakl yasovchi
Lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar so`z ma`nosiga ko`plik, qarashlilik, chegara, daraja kabi turli ma`no nozikliklarini qo`shadi. Shakl yasovchi qo`shimchalar asosdan keyin qo`shiladi.
Masalan: tilakdoshlarim
Lekin, ayrim hollarda lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchadan oldinga o`tishi mumkin: isitma (ot)
So`z strukturasi:
Asos + so`z yasovchi + lug`viy shakl + sintaktik
Masalan: Zamondoshlarim
O`zbek tilida lug`aviy shakl yasovchilar guruhi quyidagilar:
1.Otlardagi ko`plik qo`shimchasi: -lar;
2.Otlardagi qarashlilik qo`shimchasi: -niki;
3.Otlardagi erkalash, kichraytirish qo`shimchalari: -gina, -xon, -oy, -bek, -cha, -loq, -choq, -chiq, -chak;
4.Otlardagi o’xshatish qo’shimchasi: -day, -dek;
5.Otlardagi chegara qo`shimchasi: -gacha;
6.Sifat darajasi qo`shimchalari: -roq, -ish, -mta, -imtir;
7.Sonning ma`no turlari qo`shimchalari: -ta, -tacha, tadan, -inchi, -larcha, -lab, -ala, -ov, -ovlar;
8.Olmoshlardagi -alla, -dir qo`shimchalari
9.Fe`llardagi bo`lishsizlik qo`shimchasi: -ma;
10.Fe`llardagi nisbat qo`shimchalari: -n(-in), -l(-il), -sh(-ish), -t, -tir(-dir), -kaz(-qaz), -gaz, -g`iz, -ir, -ar, -iz, -sat;
11.Fe`lning modal shakli qo`shimchalari: -imsiza, -ingiza, -qila, -g`ila, -sh, -ish, -la, -qa(chayqa)
12.Fe`lning xoslangan shakli qo`shimchalari:
a)sifatdosh qo`shimchalari: -gan, -ayotgan, -adigan, -r, -ar, -mas, -vchi(-uvchi);
b)ravishdosh qo`shimchalari: -b(-ib), -a, -y, -gach, -guncha, -gani, -gancha, -may, -masdan,
c)harakat nomi qo`shimchalari: -moq, -sh(-ish), -v, -uv, -mak, -maslik
Eslatma: O`zbek tilida faqat lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar________bilan ajratiladi. Qolganlari so`z yasashda ham xizmat qiladi.
Sintaktik shakl yasovchilar so`z ma`nosiga ta`sir etmay ozi qo`shiladigan so`zni boshqa so`zga bog`lash uchun xizmat qiladigan qo`shimchalardir. Sintaktik shakl yasovchilar aloqa munosabat shakl yasovchi deb ham yuritiladi. Ular 3 xil bo`ladi:
Kishilik qo`shimchalari
Egalik qo`shimchalari
Fe`lning munosabat shakli qo`shimchalari.
Kishilik va egalik qo`shimchalari otlarga xos bo`lib turlovchi qo`shimchalar sanaladi. Otlar kishilik va egalik qo`shimchalarini qabul qilib turlanadi.
Kelishik qo`shimchalari otlarga qo`shilib, ularni boshqa so`zlarga bog`laydi. Ular quydagilar:
1.Bosh kelishik: -
2.Qaratqich kelishigi: -ning
3.Tushum kelishigi: -ni
4.Jo`nalish kelishigi: -ga(-ka, -qa)
5.O`rin-payt kelishigi: -da
6.Chiqish kelishigi: -dan
Do'stlaringiz bilan baham: |