Bosh kelishik maxsus qo`shimchaga ega emas. Bu kelishik gapda ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi va undalma bo`lib keladi.
Qaratqich kelishigi ot + ot shaklida qizmat qiladi. Masalan: kitobning varag`i. bu qo`shimchaning belgisiz qo`llanishi va qisqargan shaklda qo`llanishi mavjud. Masalan: litsey bog`i, yer kurrasin boshin tang`idik. Qaratqich kelishigidagi so`zlar gapda, qaratqich aniqlovchi vazifasida qo`llaniladi.
Tushum kelishigi qo`shimchasi -ni, otni fe`lga bog`lash uchun xizmat qiladi. Bu qo`shimchaning ham belgisiz va qisqargan shakli mavjud. Masalan: suvni ichdim (belgili), suv ichdim (belgisiz), daraxtlar gulin to`kdi (qisqargan). Tushum kelishigidagi so`z doimo vositasiz toldiruvchi bo`lib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |