Qo’shimchalar (affiks) asosga qo’shilib unga yangi yoki qo’shimcha ma’no berish uchun shuningdek so’zlarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan qismga aytiladi. Affikslar mustaqil qo’llanish xususiyatiga ega emas. So’z tarkibida eng kichik ma’noli qism morfema deb, morfemalar haqidagi ma’lumot esa morfemika deb yuritiladi.
Affikslarning tuzilishiga ko’ra turlari
Affikslar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi. Sodda va murakkab.
I.Sodda affikslar o’zbek tilidagi qo’shimchalarning asosiy guruxini tashkil etadi.Ular 1 2 3… 5 6 harfdan iborat bo’ladi.
-a yasha
-chi ishchi
-lar bolalar
-namo kamnamo
-iston O’zbekiston
-parvar insonparvar
II.Murakkab affikslar soda affikslarning o’zaro birikib ajralmas holga kelib qolganidan hosil bo’ladi. Masalan:
-chilik dehqonchilik
-ligicha butunligicha
-lashtirish elektorlashtirish
-garchilik odamgarchilik
Affikslarning qo’llanishiga ko’ra turlari
Affikslar qo’llanishiga ko’ra ikkiga bo’linadi. Suffikslar va prefikslar.
I.So’z o’zagidan keyin qo’shiluvchi affikslar suffiks deyiladi. Ular o’zbek tilidagi qo’shimchalarning asosiy qismini tashkil etadi. M: -chi, -da, -lik, -kor, -zor, -siz, -ni.
II.So’z o’zagidan oldin qo’shiluvchi affikslar prefix deyiladi. Ular o’zbek tilida old qo’shimchalar deb yuritiladi. Ular o’zbek tiliga fors-tojik tilidan kirib kelgan. Ular quidagilar: ba-, bo-, be-, ser-, no-, bad-, ham-.( badavlat, boobro, bepayon, serhosil, noo’rin, badjahl, hamqishloq) Ba’zan so’z tarkibida affikslarning har ikkala turi ishtirok etadi: sergaplik, betinim.
Qo’shimchalarning vazifasiga ko’ra turlari.
O’zbek tilida qo’shimchalar vazifasiga ko’ra 2 xil. So’z yasovchi va shakl yasovchi.
I.So;z yasovchi qo’shimchalar asosga qo’shilib yangi so’z yasash uchun xizmat qiladi.
Ular asosga yangi ma’no beradi. Bunday so’zlar yasama so’zlar deyiladi. M: bola+lik=bolalik. Shu sababdan so’z yasovchi qo’shimchalar tilning lug’at boyligini oshiruvchi manba deb qaraladi. So’z yasovchi qo’shimchalar tilning lug’at boyligini oshiruvchi manba deb qaraladi. So’z yasovchi qo’shimchalar ma’lum bir turkum doirasida ham, bir turkumdan boshqa turkum yasashda ham faol qo’llanadi. M: gul+don=guldon (ot-ot), gul+li-gulli (ot-sifat), gul+la-gulla (ot-fe’l). So’z yasovchi qo’shimchalar so’z yasash jarayonida bir xilda ishtirok etmaydi. Shunga ko’ra ularni 3 guruxga bo’lamiz. Unumli, kamunum, unumsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |