Unumli qo’shimchalar so’z yasash jarayonida juda faol ishtirok etadi. –chi, –li, -lik…
Kamunum qo’shimchalar so’z yasash jarayonida kam ishtirok etadi. Ular so’z yasovchi qo’shimchalarni juda ko’p qismini tashkil etadi. M: -kor, -dosh, -dor, -siz.
Unumsiz qo’shimchakar so’z yasash jarayonida juda kam ishtirok etadi. M: -ag’on, -chil, -dak, -kilik – bilag’on, epchil, kekirdak, ichkilik. O’zbek tilida o’zak va so’z yasovchi butunligi negiz deyiladi. Agar so’z tarkibida yasovchi qo’shimchalar birdan ortiq ishtirok etsa negiz oxirgi so’z yasovchi qo’shimcha bilan birga belgilanadi. So’z yasovchi qo’shimchalar qo’shma so’zlarga ham juft so’zlarga ham qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |