korporasiyalar mavjud bo'lib, ularning barchasi yuridik shaxs huquqiga ega
bo'lganlar.
Yuridik shaxslar vujudga kelishligi uchun o'z
huquqiy belgilariga ega
bo'lishligi lozim bo'lgan. Uning birinchi huquqiy belgisi tashkiliy birlikga ega
bo'lishligidir.
Albatta, yuridik shaxs o'z statusiga ega bo'lib va o'zining alohida mulkiga
asoslanib, barcha tashkilotlar, fuqarolar va Rim davlati hamda horijiy davlatlar
bilan ham shartnomalar
tuzganlar, o'zlari uchun huquq va burchlarni vujudga
keltirganlar hamda majburiyatlarni, mulkiy javobgarlikni o'tash imkoniyatiga ega
bo'lganligidan kelib chiqib, lozim darajada bajarganlar.
Rim quldorlik davlati rivojlanishining imperiya davrida birinchi qonuniy
asosda yuridik shaxs munisipial (hududiy mahalliy hokimiyat)dan tashkil topgan
birlik bo'lib, u shahar jamoasiga kiritilgan bo'lsa-da, o'z mahalliy joylarida o'zini-
o'zi boshqarish organlari hisoblanib mustaqil asosda iqtisodiy, siyosiy va
huquqiy
munosabatlarga yuridik shaxs huquqiga ega bo'lib kirishganlar. Ulardan keyin
xuddi shunday vakolat xususiy korporasiyalarga berilgan.
Demak, har bir yuridik shaxs o'z nomidan barcha huquqiy munosabatlarga
kirishib, o'zi uchun huquq va burchlarni yoki mulkiy va nomulkiy huquqlarni
vujudga keltirgan.
Ayniqsa, har bir shaxs sudda, arbitrajda
va boshqa muassasa, tashkilot,
korxonalarda o'z ustav, nizomiga asosan harakatni amalga oshirib, o'zlariga
taalluqli bo'lgan majburiyatlarni o'taganlar.
Har bir tashkilot yuridik shaxs huquqi asosida mustaqillikka ega bo'lib,
boshqa tashkilot, korxonalar, korporasiyalar, ittifoq, birlashmalar va jismoniy
shaxslar, Rim davlati hamda horijiy davlatlar bilan munosabatlarga kirishar ekan,
ular o'z nomidan harakat qilganlar, o'zlari uchun huquq va
majburiyatlarni vujudga
keltirganlar, sud, magistrat yoki boshqa organlarga da'vo talabini joriy etishligi
mumkin bo'lgan, hamda o'z mulklari bilan javob berganlar.
Rim yuristlari dastlab, jismoniy shaxslarning yig'indisini «universitas» deb
ataganlar, hamda ularni birinchi va keng tarqalgan yuridik shaxs huquqiga ega
bo'lgan muassasalar deb e'tirof etganlar.
Rim fuqarolik xususiy huquqida, ayniqsa yuridik shaxslarning huquqiy
holati doimo o'zgarib borgan. Yuridik shaxslar xususiy huquq orqali berilgan
vakolatlar, kompetensiyalar asosida o'z huquqlarini amalga oshirganlar hamda
o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan.
Rim huquqida korporasiyalar yuridik shaxs sifatida keng faoliyat olib
borgan. Korporasiyalarning huquqiy holatiga uning tarkibiga kirgan tashkilotlardan
birining chiqib ketishligi ta'sir qilmagan, hatto mahalliy hokimiyat va
senat uchun
ham ahamiyatsiz bo'lib ko'ringan, chunki korporasiya yuridik shaxs sifatida o'z
faoliyatini davom ettiravergan.
Rim xususiy huquqi korporasiyalarga, yuridik shaxslarga taalluqli bo'lgan va
hozirgi zamon yuridik shaxslari uchun qo'llanib kelayotgan normalardagi
huquqlarga o'xshash huquqlar berib, ularga o'z faoliyatida alohida va mustaqil
yuridik shaxs sifatida harakat qilib, o'zining alohida mulki asosida javobgarlikni
amalga oshiradi hamda korporasiya o'z a'zolarining majburiyatlari uchun mas'ul
emas, shuningdek a'zolar ham korporasiya majburiyatlari uchun javobgar emas,
degan tamoyillarni qo'llagan.
Ammo Rim huquqshunoslarining fuqarolik huquqi vakillik institutini to'la
tushunib yetmaganliklari natijasida ko'pchilik yuridik shaxslarning faoliyatlari
chegaralanib qolgan.
Rim davlatining keyingi rivojlanish davrlariga kelib korporasiyalarni tashkil
etish senat bilan bog'liq bo'lib qoldi va senat tomonidan tasdiqlangandangina
qonuniy asosda yuridik shaxs huquqiga ega bo'lish mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: