5-§. Legatlar va fidekomisslar
Legatlar va fideikomisslar Rim huquqida keng qo'llanilib, asosan bu
singulyar asosda huquqni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan, ya'ni legatlar
merosni qabul qilishdan voz kechishligi yoki marhum tomonidan qoldirilgan
mulkdan boshqa shaxsga ma'lum bir summani berib qo'yish to'g'risidagi
farmoyish yoki vasiyatnoma bo'lib hisoblangan.
Legatlar umuman XII Jadval qonunlarb asosida vujudga kelgan. Vafot
etayotgan shaxs o'zining o'limidan keyin farzandlarining yashash hayotini
e'tiborga olib, vasiyatnoma asosida boshqa shaxslarga majburiyatlar yuklagan.
Majburiyatnomada (vasiyatnomada) o'g'il-qizlari yoki xotiniga ro'zg'orni
tebratish uchun marhum tomonidan qoldirilgan mulkdan qancha summa berishi
kabi munosabatlar ko'rsatilgan.
Rim huquqining dastlabki rivojlanish paytida legatlar kam qo'llanilgan
bo'lsa ham, ammo huquqiy munosabatlarning yanada takomillashishi natijasida
singulyar asosda huquqni qabul qilish keng qo'llaniladigan bo'ldi. Hatto legat
bilan bog'liq munosabatlar bo'yicha ektraordinar prosessi asosida himoya
qilinish huquqlariga ham ega bo'ldi.
Rim huquqida, bulardan tashqari, fideikomisslar ham mavjud bo'lib, vafot
etmoqchi bo'layotgan shaxsning oxirgi yozma yoki og'zaki ravishda biror bir
shaxsdan biror narsani berib qo'yishlik yoki talab qilib olib, boshqa shaxsga
berish munosabatlarini amalga oshirish kabi iltimoslari vijdonga, chin so'zga va
or-nomusga ishongan holda havola qilinib, uni bajarish uchun qilinayotgan
oxirgi iltimos bo'lib hisoblangan.
Uzoq vaqtlar davomida bu iltimosni bajarish ma'naviy, ahloqiy vazifa
bo'lib hisoblangan, hatto ba'zan majburiy bo'lgan holatlarni keltirib chiqarmagan
bo'lsa ham.
Imperator Avgust hukmronlik qilgan paytga kelib, bu majburiy xarakterga
ega bo'lib, u konsullarga, pretorlarga yoki ma'muriy mahalliy organlarga
murojaat qilishni belgilab uning bajarilishini majburiy holatga keltirdi.
Imperator Yustinian esa 529-531 yillarga kelib uni bajarishni butunlay
majburiy qilib qat'iylashtirdi hamda legat va fideikomisslarni birlashtirdi, hamda
bu harakatlar albatta beshta guvoh oldida amalga oshirish lozimligini ta'kidladi.
IX bo'lim yuzasidan nazorat savollari
1.
Meros huquqi tushunchasi va uning turlarini izohlang.
2.
Vasiyatnomani tuzish tartibi qanday amalga oshirilgan?
3.
Qonun bo'yicha vorislik tartibini aniqlang.
4.
Agnatlar va kognatlar qavm-qarindoshlik o'rtasidagi farqni aniqlang.
5.
Eri vafot etgan «kambag'al beva»ga qoldiriladigan meros qanday qismlardan
iborat bo'lgan?
6.
Legatlar va fidekomisslar bir-biridan qanday farqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |