5-§. Mulk huquqi tushunchasi va turlarga bo'linishi
Rim fuqarolik huquqining markaziy institutlaridan biri mulk huquqidir.
Rim davlatining sinfiy yuristlari, «Rim huquqini xususiy mulk huquqiga
asoslangan huquq tizimidir» deb atagan edilar.
Shuni e'tirof etish lozimki, Rimliklar birinchi bo'lib cheklanmagan
xususiy mulkchilik huquqini, ya'ni xususiy mulk asosiga ega bo'lgan eng
mukammal huquq shaklini ishlab chiqqanlar va rivojlantirganlar.
Rim huquqida mulk huquqi instituti muhim institut hisoblanib, Rim
fuqarolik xususiy huquqining rivojlanish bosqichlaridan boshlab, ularga
tayangan holda barcha shaxslar o'z munosabatlarini amalga oshirishgan. Hatto
barcha mulkiy munosabatlarda, ayniqsa shartnomali munosabatlarda ya'ni olish-
sotish, qarz shartnomalarida, oila, merosxo'rlik va boshqa institutlar
faoliyatining mulkiy asoslarini tashkil etadigan huquqiy institut bo'lib tanilgan.
Rim davlatining sinfiy davridagi mulkchilik munosabatlari yerlarni va
qullarni idora etishda oliy hukmronlikning ifoda etilishi bilan bog'liq bo'lgan.
Rim huquqshunoslari quldorlik tuzumining sinfiy davriga qadar,
mulkning umumiy tushunchasini aniqlay olmaganlar va egalik qilish
elementidan ham ajratib ololmaganlar.
Rim davlatining vujudga kelishligi natijasida Rim davlatida istiqomat
qilib turgan barcha fuqarolarga umrbod, meros qoldirish asosida foydalanishni
ko'zda tutib yer (ikki yuggerdan - hozirgi 8 gektar) berilgan. Ayniqsa, ular Rim
davlati harbiy qudratining yanada kuchayishi natijasida boshqa davlatlarning
yerlarini ishg'ol (okkupasiya) qilib, qo'lga kiritib katta-katta hududlarga ega
bo'lganlar.
Rim davlatini boshqarib turgan quldorlar, magistrlar, jreslar, bonitor va
pretorlar yoki iqtisodni o'z qo'liga olgan boylar, bu yerlarning ko'p qismlarini
egallab olganlar va qabul qilingan agrar qonunlarga asosan, yerga bo'lgan
xususiy mulkchilik huquqi vujudga kelib yanada mustahkamlangan.
Qadimgi Rim davlatining huquqlarida mulkni ifodalaydigan maxsus
tushuncha mavjud bo'lmagan. Mulk deganda, iqtisodiy munosabatlarni ko'proq
iste'mol qilish qobiliyati bilan bog'liq bo'lgan ashyolarga, tabiat boyliklariga
tushunilib, eng qadimgi dominium (dominium) «hukmronlik» degan ma'noni
anglatib, umumiy asosda, barcha vujudga kelgan mulkiy munosabatlarga
qo'llanilgan. Rimliklar bu tushunchaga kviritlar so'zini qo'shib «kviritlar mulki»
degan ma'noni ifodalashga harakat qilganlar.
Rim huquqiy munosabatlarining yanada takomillashishi natijasida
yuristlar eramizning II asrlariga kelib, ayniqsa mashhur yurist Yulian
«dominium» tushunchasini «ashyolarga bo'lgan huquq» deb isbotlab bergan,
lekin ashyolarga bo'lgan mulkiy huquqni propriyetas (proprietas) deb ham e'tirof
etganlar.
Shu bilan birgalikda, Rim yuristlari mulk huquqining o'ziga xos
xususiyatlarini, sifatlarini to'liq aniqlab berdilar.
Ular mulk huquqining o'ziga xos xususiyati va sifati so'zsiz, ashyoga
bo'lgan hukmronlikning mutloq amalga oshirilishligi va uni tasarruf etish
huquqiga ega bo'lishlik, ya'ni sotishlik, almashtirish, ijaraga berish, garov
sifatida mulkni yo'q qilish va boshqa munosabatlarni amalga oshirishlikni
ta'minlash deb tushunganlar, hamda mulk huquqini asosini, tarkibini nimalar
tashkil etishligini ham belgilab berganlar.
Rim yuristlari mulk huquqi va uning tarkibiy qismlari quyidagilarga ega
bo'lishligini talqin qilganlar:
1.
Mulk huquqi bu ashyolar ustidan to'g'ridan-to'g'ri bevosita hukmronlik
qilish va uni tasarruf etishlikdir;
2.
Ashyolarning boshqa shaxslarga taalluqligini yo'qotadigan, ashyo haqida
nizolar bo'lmasligini ta'minlaydigan, o'ziga xos bo'lgan hukmronlikni amalga
oshirishdir;
3.
Ashyolarga bo'lgan boshqa munosabatlardan farq qiladigan mutloq huquqiy
hukmronlikni ta'minlaydigan munosabat;
4.
Ashyolarga bo'lgan chegaralanishlarning, huquqbuzarlik-larning tugatilishi
bilan tezda hukmronlikni o'rnata oladigan, hamda shu hukmronlikka
moslasha oladigan harakatlarni amalga oshirishdir;
5.
To'liq huquqiy ashyo sifatida, ya'ni hech qanday majburiyatlar bilan bog'liq
bo'lmagan, faqat ashyoni mutloq asosda egallab olishlik istagini
ifodalaydigan munosabatdir;
6.
Ashyo ustidan to'liq va to'g'ridan-to'g'ri hukmronlikni amalga oshirish, uni
tasarruf etish, foydalanish va foydali xususiyatlarini, hosil, daromadlarini
olishlikka bo'lgan huquqlarni amalga oshirish.
Rim huquqining rivojlanishida yerga bo'lgan mulkchilik muhim
ahamiyatga ega bo'ldi, chunki, Rim davlatida yer asosan patrisiylar qo'lida
to'planib, plebeylar esa kam yerga ega bo'lganligi uchun patrisiy va
plebeylarning butun kurashining asosiy maqsadi ham yerga bo'lgan mulkchilik
bilan bog'liq bo'lgan.
Respublikanlar davrida yerga bo'lgan mulkchilik shakllari, jamoa, davlat
mulki va xususiy mulk bo'lib hisoblangan.
Yerga bo'lgan jamoa mulki, xususiy shaxslarning xususiy mulkidan
ajratilgan.
Quldorchilik munosabatlarining, ayniqsa savdo munosabat-larining
yanada rivojlanishi natijasida Rim fuqarolik huquqining institutlaridan biri
xususiy mulk huquqi yanada takomillashib bordi. Rim davlatida istiqomat
qiluvchi qullar, davlat tomonidan yoki ota hukmronligi asosida ajratilgan
yerlardan o'zlarining mulki, urug'liklari bo'lmagani sababli foydalana olmas edi.
Hatto yerlarni yana boy quldorlarga sotishga majbur bo'lib, proletar huquqiy
holatiga, ya'ni mulksiz, yersiz va faqatgina oilasidan farzandlar ko'rish bilan
bog'liq boylikka ega bo'lish holatiga tushib qolardi.
Rim shahri atrofidagi yerlar, davlatga qarashli bo'lgan yerlar, qullar va
hayvonlar Rim davlatining ko'chmas mulklari bo'lib hisoblangan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida eng birinchi, mahalliy mulklardan biri
kviritlar mulki bo'lib hisoblangan. U vaqtla quldorlar, zodagonlar, yuqori tabaqa
vakillari mulki qo'shilib ketmagan edi. Bu mulkiy munosabatda qatnashish faqat
Rim fuqarolariga taalluqli bo'lib, ular fuqarolik-huquqiy munosabatlarida
qatnasha olish huquqiga ega bo'lgan hamda shu munosabatda qatnashuvchi
ob'yektning o'zi, ya'ni ashyo ham fuqarolik oborotidan chiqarilmagan, yoki
oborotda qatnashish imkoniga ega bo'lgan holatda bo'lishligi taqozo etilgan.
Bunday mulklarga res mancipi (res mansipi) asosida qat'iy belgilangan
ashyolar kiritilgan, ya'ni Italiya tuprog'i bilan bog'liq bo'lgan barcha yerlar, yer
uchastkalari, qishloqdagi pomestyelar (qishloq yer uchastkalari, hovlilari),
shahar yerlari, qullar, yo'llar, to'rt oyoqli hayvonlar va boshqa mulklar kiritilgan
hamda bu ashyolar qadimdan eng yuqori baholangan.
Yuqorida qayd qilingandek, Rim qadimgi jamiyatida dastlabki mulklardan
biri kviritlar, bonitorlar, pretorlar mulki bo'lib hisoblanib, muqaddas mulk
sifatida ularga nisbatan yuqori xarakterga ega himoya usuli qo'llanilgan. III asr
oxiriga kelib bu mulklar birlashib ketgan.
Rim davlatida yashovchi peregrinlar mulki bo'lmagan, ularning o'zlari
ob'yekt sifatida tan olingan. Ular qaysi davlatdan kelib qolgan bo'lsa, o'sha
davlatning fuqarosi bo'lib o'z milliy rejimiga bo'ysungan. Ular Rim davlatida
mulkka ega bo'lish uchun shartnomalarni tuzish orqali fuqarolik huquqiy
munosabatlariga kirishib, huquq va burchlarga ega bo'lganlar.
Qadimgi Rim quldorlik davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy,
ayniqsa huquqiy munosabatlarining yanada takomillashishi fuqarolik huquqiy
munosabatlarning oldingi holatda turishligi, iqtisodda hukmron bo'lgan sinf
uchun hech qanday samarani bermay qolgan. Ayniqsa, peregrinlarning savdo
munosabatlarida, oborotda qatnashishi huquqlarini kengaytirish lozimligi
natijasida ularning o'zlari peregrinlar bilan ayniqsa tirik insonlar bilan
shartnomalarga kirishishlik uchun bir qancha vakolatlar, ya'ni olish-sotish
shartnomasini tuzish, bitimlar tuzishlik va sivil huquqiy munosabatlariga
kirishishlik uchun imkoniyatlar yaratib berishlikka majbur bo'lganlar.
Rim quldorlik davlatidagi mulklarning eng yuqorisi, muqaddas mulk - bu
Rim davlatining Yevropa va Osiyo davlatlaridan bosib olgan provinsiyalari,
yerlari, qimmatbaho boyliklari va qullari hisoblangan. Bosib olgan
provinsiyalardagi aholiga o'z mulklarining egalari sifatida o'zlarini qoldirib,
yerni egallash, foydalanish va uning hosil, daromadlarini olishligiga ruxsat
etilgan.
Rim davlati o'zini barcha mulklarning birdan-bir egasi va vakolatli shaxs
deb hisoblab, provinsial mulklar bo'yicha mutloq vakolatga ega edi. Ya'ni Rim
shahridan chiqarilgan kolonistlarga, veteran, soldatlarga yer ajratib berish
huquqiga ega edi.
Provinsial mulkka ega bo'lgan shaxslar (Ispaniya, Osiyo davlatlarida)
senatorlar, chavandozlar, ya'ni Rim xalqining yuqori tabaqalari bu yerlarni
o'zlashtirib, possessor huquqiga ega bo'lib olardilar, ularni yerni egallovchilar
deb atashgan, shundan kelib chiqib ularning vakolatlari mulkdor vakolatidan
ya'ni mulk huquqining egaligidan hech farq qilmagan.
Provinsial mulkining o'ziga xos xususiyatlari shular ediki, birinchidan, bu
mulk uchun soliq to'laganlar. (Italiya yerlarini egallagan shaxslar esa soliqqa
tortilmaganlar).
Ikkinchidan, provinsial mulkchilik munosabatlari sivil huquqlari bilan
boshqarilmasdan peregrinlar huquqlari asosida boshqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |