Lug‘at bilan ishlash. “Xotira mashqi”. O‘quvchilar lug‘atni o‘qiydilar. O‘quvchilarga o‘qigan lug‘atlarini eslab qolish topshirig‘i beriladi. Kitobni yopib, o‘quvchilar eslab qolgan so‘zlarini lug‘at daftariga yozadilar.
Qishloq
Bog‘
Parvarish
Totli
Darslik bilan ishlash.
1-mashq. O‘quvchilar ikkitadan bo‘lib sinf doskasida bajaradilar. Gaplarni o‘qiydilar. Qavs ichida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni yozadilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Guruhlarda ishlash. Animatsiya
Ekranda qator mevali daraxtlar tasviri paydo bo‘ladi. Daraxt ustiga sichqoncha tugmasini bosish bilan ustiga daraxtning nomi yoziladi hamda shu mevaga tegishli bo‘lgan sher aytiladi.
Anvar Obidjon
Uzum
Donalarim
Marjoncha.
Bir boshim-
Naq bir jomcha.
Quritsangiz,
Mayizman.
Dasturxonga fayzman.
Kuzda
Yeb-yeb to‘yishar.
Qishga osib qo‘yishar.
Boqar shod
Yosh-qarilar.
Maqtar hatto
Arilar.
|
Anjir
Kecha-kunduz
Uxlamay,
Meva tugdim
Gullamay.
Mevam o‘zi
Gulchadir.
Tillo rangli
Kulchadir.
G‘o‘daymayman,
Sipoman.
Ko‘p dardlarga shifoman.
Meni yesa
Mutallib,
Yurmas edi
Yo‘talib.
|
O‘rik
Tanishaylik,
O‘rikman.
G‘aynoliga
Sherikman.
Yeging kelsa
Ko‘k g‘o‘ra,
Bahor chog‘ida
So‘ra.
Yozda esa
Pishaman.
Qo‘rqma,
O‘zim tushaman.
Xohlasang,
Ye mag‘zingni.
Qani,,
Och-och og‘zingni…
|
Nok
Qayda
Salqin havodir,
Tan-jonimga
Davodir.
Mevalarim
Qand-bollik,
Qilmasang bas
Qo‘pollik.
Uzgan choqda
Kulib ol.
Pishganimni
Bilib ol.
Kimki otsa
Menga tosh,
Dunyoda u-
Eng xumbosh.
|
Shaftoli
Men turaman
Bukib shox.
Kamtarinman
Va yumshoq.
Shundan hamma
Shirin der,
Uzib olay
Birin der.
Bolakaylar
Chug‘irlab,
Meni bog‘dan
O‘g‘irlab,
Qo‘yinlarga
Urishar…
So‘ng
Qichinib yurishar.
|
Gilos
Bir qiz,
Boldoq qilay deb,
Qulog‘imga
Ilay deb,
Qo‘sh mevamni
Uzvoldi. Uyqumniyam
Buzvordi.
Qarab tursam
Ortidan,
Bir chekkaga
Bordi-da,
Har ikkala
“Boldoq”ni-
Yeb qo‘ydi-ya…
Aldoqchi!
|
Anor
Har donacham
Bir askar.
Bir qal’ada
Ming lashkar.
Ular yotar
Panada-
Oq pardali
Xonada.
Xonalar tinch,
Atrof jim.
Qal’achani
Buzsa kim,
Boshlanadi
To‘polon
Va to‘kilar
Yana qon.
|
Olma
Mikrafonni
Baland tut.
Men so‘zlay,
Sen so‘lak yut.
Alang-jalang
Kuzatma.
Besh panjangni
Uzatma.
Ko‘pning
Ko‘zin kuydirgan,
Qornini ham
To‘ydirgan
Menman o‘sha
Naqsh olma…
Endi
Yo‘lingdan qolma!
|
V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. “Maktab bog‘i” mavzusida 3-4ta gap tuzish.
2-dars. bog‘da
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: «Bog‘da» mavzusidagi tayanch so‘zlar, hisob bildiruvchi so‘zlarning ifodalanishi, shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qish, topshiriqlarni yozishga o‘rgatish va mustahkamlash.
b) tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik kabi sifatlarni shakllantirish.
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, husnixat bilan yozish, kirishimlilik ko‘nikmasini rivojlantirish, lug‘at boyligini boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi va mustahkamlash.
Dars metodi: interfaol usul, aqliy hujum, suhbat, «To‘g‘ri toping va talaffuz qiling», «Ha, yo‘q» o‘yini.
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, poliz tasviri, poliz mahsulotlari aks etgan rangli rasmlar, didaktik tarqatma materiallar; multimedia vositasi.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: bog‘, dala, hovli, daraxtlar, olma, uzum, anor, nok, ko‘chat, shirin, achchiq, bog‘bon, shirin, mazali, achchiq, suvli, suvsiz, parvarish qiladi, sug‘oradi, o‘tqazadi, teradi
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
– o‘quvchilarning davomati aniqlanadi;
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Slaydda quyidagi topshiriq beriladi. Qavs ichida berilgan so‘zlarni o‘zbek tiliga o‘girib yozing. Bu (persik). Bu (krasnыy) olma. Bu (chereshnya). Bu (vinograd). Bu (sliva). Berilgan topshiriqni to‘g‘ri va tez bajargan o‘quvchi g‘olib sanaladi.
Animatsiya: Interaktiv mashq
Ekranda gaplar beriladi. Quyidagi tovush orqali topshiriq sharti tushuntiriladi.
Qavs ichida berilgan yaqin ma’noli so‘zlardan mazmunga mosini tanlab, maqollarni yozing.
1.Do‘st (so‘zini, gapini) tashlama,
Tashlab, boshing qashlama.
2.Do‘sting (ming, bir) bo‘lsa ham –oz,
Dushmaning (bir, ming) bo‘lsa ham –ko‘p.
3.Olim bo‘lsang, (olam, jahon) –seniki.
4.Bilim (davlatdan, boylikdan) ham qimmat.
5.Vatan qadrini bilmagan
(O‘z, o‘zga) qadrini bilmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |