Matn bilan ishlash. O‘qituvchi “Bog‘i Boburiy” matnini ifodali o‘qib beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga matndan bog‘, daraxt, mevalarning nomi, qovun so‘zlarini topib gaplarni o‘qish topshirig‘ini beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning eshitib tushunganlari yuzasidan suhbat tashkil etadi.
Kim Hindistonga boribdi?
Hindiston qanday shahar ekan?
Boburshoh Hindistonda nima qilibdi?
Bog‘ga nimalar ekibdi?
Boburshoh nimani yaxshi ko‘rar ekan?
Boburshoh nima uchun hafa bo‘libdi?
Boburshohga nima olib kelishibdi?
Bog‘bon Boburshohga nima debdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |