fikr holati
vujudga keltirgan m adaniyat, y a ’ni “
oldinga
yetaklovchi (reprezentativ) madaniyat"
ichida yashaydi.
Kontning rivojlanishning uch stadiya qonuniyatiga, y a ’ni
bosqichiga qaytadigan b o ‘lsak, bu qonuniyat biz yuqorida ay-
tib o ‘tgan jam iyat a ’zolari ongida paydo b o ‘lgan va insonlar to
m onidan inobatga olingan fikr holatidan o ‘zga narsa em asligini
k o ‘rishim iz mumkin. Ya’ni Kontning jam iyat rivojidagi uch
bosqich haqidagi qarashi kishilar ongiga o ‘z ta ’sirini o ‘tkazgan
“oldinga yetaklovchi
(reprezentativ)
m adaniyat”ning natijasi
yoki, boshqacha aytganda, ushbu “yetaklovchi
(reprezentativ)
m adaniyat”ning davom iyligidan kelib chiqqan rivojlanish bos-
qichlaridir, xolos. Kitobxon uchun yanada tushunarliroq b o ‘lishi
uchun yuqoridagi fikrni tahlil qilib k o ‘ramiz. Ilohiyot (teologik)
bosqichida
olamni diniy tarzda talqin qilishg'oyasi
ushbu jam i-
www.ziyouz.com kutubxonasi
yat a ’zolari tom onidan qabul qilinganligi uchun ham bu g ‘oya
yashadi, bu g ‘oya asosida olamni ilohiy qabul qilishning yan
gicha k o ‘rinishlari vujudga keldi ham da turli ijtimoiy xatti-
harakatlar va ijtimoiy institutlam ing asosi sifatida qabul qilindi.
Chuqurroq e ’tibor bersak, ushbu g ‘oya kishilar ongida, yuqorida
aytilgandek, fikr holati sifatida vujudga kelgan edi. Lekin bu
fikr
holatini
vujudga keltirgan kuch esa aynan “oldinga yetaklovchi
(reprezentativ) m adaniyat”ning natijasi b o ‘lganligini k o ‘rish
mumkin. Metafizik bosqichda esa insonlar olamni hodisalarning
turli mohiyati va sabablari orqali tushunishni istaganliklari uchun
ham tanqidiy va skeptik nuqtayi nazarda fikr yuritishgan. Bu is-
tak ham teologik bosqichda b o ‘lgani kabi kishilar ongida “oldinga
yetaklovchi (reprezentativ) madaniyat”ning turtkisi bilan vujudga
kelgan fikr holati natijasidir, deyish to ‘g ‘ri b o ‘ladi. Uchinchi -
ilmiy yoki pozitiv bosqichda jam iyatning ijtimoiy holatini tar-
tibga soluvchi kuch, g ‘oya (bu kuch ham “oldinga yetaklovchi
(reprezentativ) m adaniyat”ning natijasi o ‘laroq vujudga kelgan
kuchdir) bu ilm bo ‘ladi.
A garda m adaniyatga sotsiologik nuqtayi nazardan yondashil-
sa, ilohiy yoki metafizik bosqichdagi dunyoqarash va g ‘oyalar
noto‘g ‘ri b o ‘lm aganligini, ular bor-yo‘g ‘i shu davrdagi vaqt
va zam on talablariga javob bergan va o ‘z javoblari bilan ularni
(teologik davm i)q oniq tirao lganfik r holati ekanligini k o ‘rishim iz
mum kin. Fikr holati esa, ta ’kidlab o ‘tganim izdek, “oldinga
yetaklovchi (reprezentativ) m adaniyat” natijasidan o ‘zga narsa
emas. Demak, bunday k o ‘rinishdagi g ‘oyalar va yetakchilik
xususiyati bilan sug‘orilgan m adaniyat (“oldinga yetaklovchi
m adaniyat”) jam iyatga, uning a’zolari ongiga, dunyoqarashiga
ta’sir k o ‘rsata olar ekan, tabiiyki, u o ‘z-o ‘zidan ijtim oiy xatti-
harakatlam ing asosi b o ‘lib qoladi va, o ‘z navbatida, ushbu ja m i
yat kishilari ongiga qanday ta ’sir k o ‘rsatsa, xuddi shunday javob
oladi. “N o to‘g ‘ri” m adaniyat b o ‘ lmaganidek, m adaniyatdan kelib
www.ziyouz.com kutubxonasi
chiqqan dunyoqarashning va undan kelib chiqqan ijtim oiy xatti-
harakatlarning ham noto‘g‘risi b o ‘lmaydi. “O ldinga yetaklovchi
(reprezentativ) m adaniyat” bilan sug‘orilgan dunyoqarash va
bu dunyoqarashdan kelib chiqqan g ‘oyalar kishilam ing ijtimoiy
xulqiga ta ’sir k o ‘rsatadi. Tabiiyki, jam iyatda q at’iy qaror topgan
qonun-qoidalar asosida tuzilgan ijtimoiy tuzum, ijtim oiy institut
va ijtimoiy faktlar aynan ana shu m adaniyatning hosilasi b o ‘ladi.
M adaniyat hodisasiga va jam iyat tuzulishiga shu nuqtayi nazar-
dan qaralsagina, ularni bir-biriga qaram a-qarshi q o ‘yib o ‘rganish
bem a’nilik ekanligini ko‘rishim iz mumkin. M adaniy yondashuv
ham , ijtim oiy yondashuv ham, aslida, bir jarayonga b o ‘lgan
ikki xil yondashuvdir, xolos. Ijtimoiy hayotni em pirik tahlil
qilib k o ‘rsak, ijtimoiy qismni madaniy qism dan um um an ajratib
b o ‘lmaydi. U lar bir-biri bilan “ ipsiz” bog‘langan.
O gyus K ont o ‘zining “Pozitiv falsafa kursi” asarida jam iyat-
ni “tirik sotsial organizm ”ga' tenglashtiradi. H ar qanday sotsial
organizm esa ijtim oiy hayotning barcha sohalarini o ‘zgartira
oladigan turli qarashlarga, fikrlarga asoslanadi. Lekin duch
kelgan qarashlarga va fikrlarga emas, balki, aksincha, aynan ijtimoiy
hayotning barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsata oladigan kuchli qa-
rashlargagina aham iyat beradi. A na shunday kuchli qarashlar va
fikrlam i nemis faylasufi F. Tenbruk intellektuallar yoki madaniy
ekspertlar2, deb ataydi. Tarixiy davrlardan buyon har qaysi ja m i
yat o ‘zining madaniy ekspertlariga ega b o ‘lgan va ular ketidan
ergashgan. M asalan, ilk ibtidoiy jam iyatlarda ijtim oiy-m adaniy
ekspertlar sifatida sehrgarlik, sehrgarlam ing o ‘zlari, shaman-
lar, jodugarlar; teologik (ilohiy-diniy) bosqichda ruhoniylar,
qohinlar, din nam oyandalari; metafizik bosqichda tanqidchi va
skeptik b o ‘lgan ilk faylasullar; ilmiy bosqichda esa olimlar,
1 Q arang: К онт О. курс п ози ти вны й ф илософ ии // Родоначалники
позити визм а. Вып. 4-С П б, 1912.
2 Q arang: T enbruck F. Н. R epresentative K u ltu r // S o zialstru k tu r und K ultur /
H rsg. Von H. H aferkainp. - F ran k fu rt am M ain: Suhrkam p, 1990.
55
www.ziyouz.com kutubxonasi
m a’rifatparvarlar hisoblanib kelishgan. Am m o shunga e ’tibor
berish lozimki, ularning barchasi ham isha kuchli mafkurachilar,
yetakchilar b o ‘lishgan. U lar doimo o ‘z davrlarida hukm ronlik
qilayotgan har qanday fikrga va m afkuraga qarshi tura olishgan
v a taraqqiyot sari yetaklaydigan yangi g ‘oya, qarashlarini ja-
m oatchilikka yetkaza olishgan. Tabiiyki, ularning “so ‘z”lari
butun bir jam iyatning (ijtim oiy, iqtisodiy, siyosiy, m a’naviy
va hokazo sohalarni) ham o ‘zgarishiga olib kelgan. F. Tenbruk
tili bilan aytganda, aynan ana shu intellektuallar yoki madaniy
ekspertlar “oldinga yetaklovchi m adaniyat”ni yaratishgan va
o ‘zlari ham ana shu m adaniyat hosilasi va m evasi b o ‘lishgan.
Biz yuqorida ta ’kidlab o ‘tganim izdek, m adaniyat “noto‘g ‘ri”
bo‘lm aydi, chunki m adaniyat qanday k o ‘rinishda nam oyon
bo‘lsa, jam iy at ham shunday k o ‘rinishga ega b o ‘ladi, jam iy at ni-
mani talab qilsa, m adaniyat ham aynan shuni beradi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan shuni xulosa qilsa b o ‘ladiki,
jam iyatdagi ijtimoiy taraqqiyot va shu jam iyatdagi m adani
yat bir-birini to ‘ldirib boradi. Biri ikkinchisini yetaklam aydi,
boshqarm ay-di, aksincha, ular birgalikda faoliyat yuritadi, birga-
likda yashaydi va birgalikda ijod qiladi. U lar bir-birini yaratadi,
ular o ‘rtasida o ‘zaro moslik, “ipsiz” b o g ‘langanlik xususiyati
m avjud. O. Kont esa insoniyatning taraqqiyot y o ‘lini biroz
boshqacha baholagan, u insoniyatning boshlang‘ich rivojlanish
y o ‘lini (teologik va metafizik bosqichni) “yolg‘on” , “noto‘g ‘ri”
va “fiktiv” 1 deb atagan (2-bo‘lim l-§ ga qarang). Olim m adani
yat va jam iyatning bir-biri bilan “ipsiz” b og‘langanligini, insoni
yatning boshlang‘ich rivojlanish bosqichi bekorga shu y o ‘sinda
ro ‘y berm aganligini, shu davrning o ‘zi, shu davr kishilarining
o ‘zlari aynan ana shunday fikrlashni va rivojlanish y o ‘lidan bor-
ishni istagan b o ‘lishlari m um kinligini inobatga olm aydi. “Oldin-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ga yetaklovchi m adaniyat” qanday b o ‘lsa, jam iyat ham shunday
k o ‘rinishga ega b o ‘ladi. “O ldinga yetaklovchi (reprezentativ)
m adaniyat” esa jam iyatning, jam iyat a ’zolarining xohish va
istagidan bunyod b o ;ladi. Kont esa ijtimoiy hayotni “haqiqiy”,
“chin” tanish y o ‘lini ilmda, y a ’ni pozitiv y o ‘lda, deb b iladi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |