Savol va topshiriklar:
1. Sinxron sotsiolingvistika qaysi davr tilini o`rganadi ?
2. Sinxron sotsiolingvistika haqida F.dе Sossyur qanday fikrlar aytadi ?
3. Sinxron sotsiolingvistika mеtodologik jihatdan qanday tahlil etiladi ?
4. Sinxron sotsiolingvistikani qanday chеgaralash mumkin ?
5. Diaxron sotsiolingvistika dеganda nimani tushunasiz ?
6. Diaxron sotsiolingvistikaning paydo bo`lish omillari?
7. Diaxron sotsiolingvistika haqida turli xil nazariyalar?
8. Diaxron sotsiolingvistika bilan bog’liq masalalar qanday hal etiladi?
4- Maruza.Makro va mikrosotsiologiya.
Reja:
1. Makro va mikro sotsiolingvistika
2. Nazariy va tajribaviy sotsiolingvistika
3. Sotsiolingvistika va til sotsiologiyasi
4. Amaliy sotsiolingvistika
Tayanch soz va tushunchalar: makro sotsiolingvistika, mikro sotsiolingvistika, nazariy sotsiolingvistika, tajribaviy sotsiolingvistika, amaliy sotsiolingvistika.
Makro va mikro sotsiolingvistika. Sotsiolingvistika shugullanadigan obyektlarning kolamiga kora, makro va mikro sotsiolingvistikaga bolinadi. Makro va mikro sotsiolingvistikaning farqlanishi muayyan manoda sotsiologiyaning makro va mikro sotsiologiyaga ajralishiga oxshaydi. Binobarin, makro sotsiologiya butun bir jamiyatning rivojlanishi va faoliyat korsatishi bilan bogliq
global jarayonlar bilan shugullansa, mikro sotsiologiyani insonning u yoki bu ijtimoiy guruhning azosi ekanligi qiziqtiradi. Bazi mualliflar til hodisalarini makro va mikro yo'nalishda emas, balki sotsiolingvistik tahlil katlamlari sifatida farqlaydilar (masalan, Berruto 1974, 4 bob). Biroq sotsiolingvistikaning taraqqiyoti mobaynida bu tahlil darajalari mustaqillasha bordi va sotsiolingvistikaning ozaro kam kesishuvchi ikki yonaiishiga aylandi.
Makro sotsiolingvistika tilning u yoki bu darajada ijtimoiy omillar bilan shartlangan yirik kolamdagi jarayonlarini organadi. Bu jarayon va munosabatlar jamiyatga toliqligicha yoki uning katta majmuasiga: ijtimoiy qatlam, etnos, etnik guruh kabilarga xos boladi. Masalan, tilning ijtimoiy differensiatsiyasini orgariish makro qatlamni: mazkur milliy til va uning kichik tizimlarini oz ichiga oladi. Makroyondashuv ikki tillilikka bag’ishlangan koplab ishlarda keng kuzatiladi; tilni meyorlashtirish va kodifikatsiyalash muammolari, shuningdek, til siyosati va lisoniy rejalashtirish masalalari ham eng avvalo, makro sotsiolingvistik yondashuv doirasida organiladi. Chunki bu masalaiar mazkur til (yoki tillar)dan foydalanuvchi butun aholining yoki uning katta qismiga tegishli manfaatlarga taallukii boliadi. Masalan, bir davlatda yashovchi kichik elatlar tiliga xos siyosiy masalalarda tadqiqotchi shu etnos tilining alohida vakillari misolida emas, balki bu tilning u yoki bu darajada saqlanib qolganini butun etnos misolida o'rganib chiqadi.Kop millatli jamiyatda u yoki bu etnos tilining funksional xossalari, shakllari, uiarning qandaydir tarkibiy qism sifatida biror bir milliy tilga kirganini tekshirish uchun ham mikroyondashuv talab kilinadi. Makro sotsiolingvistikaga ijtimoiy darajada ota muhim lisoniy vaziyatlar tahlili bilan bogiik muammolar ham kiradi. Jamiyatning lisoniy hayotida makroyondashuv asosida tadqiq qilinishi kerak bolgan muammolar kop. Bu muammolarning turli tumanligi va uiarning oziga xos xususiyatlarini Dunyoning turli hududlaridagi sotsiolingvistik muammolar nomli yirik toplamga murojaat qilib ham bilib olish mumkin.Ikki tillilik muammosi ham makro sotsiolingvistikada organiladi. Tilning saykallanishi va uni kodlashtirish; til siyosati va tilni prognozlashtirish muammolari makro sotsiolingvistikaning obyekti hisoblanadi. Lisoniy vaziyatlarning tahliliga boglik muammolar ham makro sotsiolingvistika doirasida organiladi. Biror bir ijtimoiy-kommunikativ tizimning muloqot sohalariga boliinishi, kommunikativlik darajasini aniqlash kabilar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |