Nazariy va tajribaviy sotsiolingvistika .Til tadqiqiga ijtimoiy nazar bilan yondashishning dastlabki boskichida ijtimoiy-lisoniy aloqalar tahliliga akliy yondashuv xos bolib, mazkur sohaga tegishli daliliy materiallar hali yetarli emas edi. Til-jamiyat munosabatiga oid masalalar endigina ortaga tashlangan va ular umumiy nuktayi nazardan muhokama kilinar edi. Bunday tadqiqotiarga Y.D.Polivanov va A.Meyening ishlarini misol qilib keltirish mumkin. Dastlabki sotsiolingvistik tadqiqotlar sotsiolingvistika nazariyasini shakllantirishda asos vazifasini otadi.Sotsiolingvistik tadqiqotlarning mazkur yonalishi, asosan, til - jamiyat munosabatlariga aloqador bolgan umumiy muammolarning tadqiqi bilan shugullanadi. Bu muammolar quyidagilardan iborat:
- tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqidagi umumiy tezis atrofida guruhlangan aksiomalar tizimini shakllantirish;
- til taraqqiyotiga xos konuniyatlarni aniqlash va uiarning ijtimoiy tabiatini isbotlash;
- til mavjudligining ijtimoiy shartlanganligini tekshirish, uning turli muloqot muhitlari va ijtimoiy vaziyatlarga bogiikligini korsatish;
- kommunikatsiya ishtirokchilarining ijtimoiy rollari tizimi yoki bu nutqiy aktlarni amalga oshirishdagi ijtimoiy-psixologik sharoitlar, sozlovchining bir koddan boshqasiga ota olishi kabi qator omillarning ahamiyatini aniqlash va h.k.Sotsiolingvistikaning nazariyachilari tilning ijtimoiy omillariga ommaviy empirik materiallami bogiash zaruratini dastlabki boskichlardayok anglab yetishgan edi. XX asrning 60-yillarida Rossiyada M.V.Panov, AKShda U.Labov bir-biriga boglik bolmagan holda sotsiolingvistik tadqiqotlarning zaruriy boskichi va muayyan nazariy asoslarni isbotlash usuli sifatida tajribaga murojaat qilishgan. Mazkur xatti-harakatlar tajribaviy sotsiolingvistikaning rivojlanishiga turtki bolgan. Zamonaviy sotsiolingvistik tajriba ulkan tashkiliy faoliyat va muayyan moliyaviy xarajatlarni talab qiladigan murakkab ishdir. Binobarin, tajriba otkazuvc'ni tadqiqotchi kishilar nutqiy muomalasining oziga xos tomonlari yoki lisoniy hamjamiyatlarni tashkil kilgan turli ijtimoiy guruhlar haqida imkon kadar xolis va yetarli malumotlar olishni oz oldiga maqsad qilib koyadi.0 z navbatida, tajriba otkazishning ishonchli vositalari, sinalgan usullar, maxsus tajriba dasturiga amal kiluvchi axborot beruvchi informantlar jamoasini togri tanlay olish ham muhim hisoblanadi.Shuni alohida takidlash joizki, fan tarixida kopol sotsiolingvistik tajribalar ham otkazilgan. R. Bell yarim hazil, yarim chin manoda ilk sotsiolingvist tajribachi sifatida galaadityan kabilasiga mansub kadimgi lashkarboshi leftayni korsatadi. U dushman beshinchi kolonna efremliklar kabilasi vakillarining oz harbiy kuchlariga kirib olishining oldini olish maqsadida Iordan daryosi kechuviga kelgan har bir jangchiga shibbolet (yahudiy tilida okim degani) - deb aytishni buyurgan. Gaiaaditliklar shibbolet sozi boshidagi- [vj tovushini kiynalmasdan togri talaffuz qilishgan, efremliklar esa uni talaffuz kila olishmagan. Bu tajribaning natijasi konli bo'lib, shibboletni galaaditcha aytolmagan 42 ming efremlik oz hayoti bilan vidolashgan. Tajribaviy tadqiqotlarni otkazish uchun maxsus uslublar majmuyi ishlab chiqilmoqda. Bunday uslublardan ayrimlari U.Labov va uning izdoshlari tomonidan ingliz tilining Amerika variantini organishda, shuningdek, M.V.Panov rahbarligidagi moskvalik tilshunoslar tomonidan muvaffakiyatli kollanilgan.