SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
106
Alpinizm
ham xuddi shunday rekreatsion sport mashg’ulotidir. Dam olishning bu
turida ham yuqorida ta’kidlaganimizdek, xizmat ko’rsatuvchi
mutaxassislar va
qutqaruvchilar guruhlari talab etiladi.
Tog’ chang’i turizmi
– rekreatsion faoliyat ichida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Biroq, dam olishning bu turining o’ziga xos qaltisliklari ham mavjud. Jumladan, qor
ko’chkisi chang’i halokati kabi hodisalar dam oluvchilarni cho’chitishi mumkin. Mazkur
qaltisliklarni bartaraf etish uchun qutqaruv guruhlari,
qor qalinligi va ob-havo
o’zgarishlari haqida axborot berib turuvchi muassasalarning mavjudligi va ular
faoliyatining namunali tashkil etilishi soha rivojiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi
Chimyon chang’i majmuasi respublikamizda bu turdagi rekreatsion faoliyatning yagona
maskanidir.
Tanishuv rekreatsiyasi
–
biror joyning tabiati, tarixi,
madaniyati, an’analari,
turmush tarzi bilan tanishish doimo dunyo xalqlarining diqqatini o’ziga jalb etib kelgan.
Mamlakatlarning o’rta asrga xos yodgorliklari ularning o’sha davr tarixi, madaniyati,
ilm-fanining rivojlanganlik darajasi, xo’jaligi, turmush tarzi haqida keng ma’lumotlar
beradi.
Joyning tabiati esa har bir mamlakatda o’ziga xos va betakrordir. O’zbekiston
Respublikasi hududida hozir 3700 ga yaqin yovvoyi o’simlik turi mavjud. Ular orasida
o’ta noyob endemik turlari ham bor. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo’lib, ular
O’zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.
Shuningdek, sut emizuvchilarning
100 ga yaqin turi, sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqin turi, qushlarning 400 dan ortiq
turi, baliqlarning 40 dan ortiq turi bor.
Kongress turizmi mutaxassislar va olimlarning xalqaro ilmiy-texnik aloqalarini
kengaytirish bilan bog’liq. Rekreatsion faoliyatning bu turi
har ikki tomon rekreantni
qabul qiluvchi tomon uchun ham rekreantni jo’natuvchi davlat uchun ham manfaatlidir.
Rekreant uchun kundalik bir me’yordagi ish faoliyatidan chalg’ish, yangi bilim va
malakalar orttirish, safardan so’ng
yangi rejalarni tuzish, hamkorlik doirasini
kengaytirish imkonini beradi. Shuningdek, bir sohadagi olimlarning o’zaro fikr
SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
107
almashinishi bilan birga shu sohaning dunyo miqyosidagi
jamoasining shakllanishi
imkonini beradi.
Rekreatsion faoliyatni tashkil etish harakat darajasiga ko’ra ham bo’linadi. Bu,
doimiy va mavsumiy rekreatsion faoliyat turlaridir. Mavsumiy rekreatsion faoliyat tabiat
qonuni bilan bog’liq bo’lganligi bois, kam rentabelli bo’ladi va rekreatsion jarayonlarga
xizmat ko’rsatuvchilar uchun ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Transport vositalaridan foydalanish xarakteriga ko’ra
,
turizm avtomobil (yakka
tartibda), avtobusda, samolyotda (yo’nalishli, xususiy), temir yo’lda, dengiz transportida
(bizning mamlakatimizda yo’q) turistlarni tashish kabilarga ajratiladi.
Turizm uchun xizmat ko’rsatishda avtomobil transportining roli juda muhim.
Dunyo miqyosida avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 28 mln km, shundan ¼ qismi
AQSh hissasiga, yana shuncha qismi Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Rossiya hissasiga
to’g’ri keladi. O’zbekistonda esa avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 115 ming km.
Respublika mustaqilligiga erishganidan so’ng, xorijiy davlatlar bilan bog’lovchi
avtomobil yo’llarini uzaytirish va kengaytirishga ehtiyoj ortdi. Shu maqsadda
O’zbekiston Respublikasi Andijon–O’sh-Ergashtom-Qashg’ar, Termiz-Hirot-Karachi
avtomobil yo’llarini qurish va ta’mirlashda ishtirok etmoqda. Bu keyinchalik, Xitoyga,
Pokistonga, shu orqali Hind okeaniga chiqish imkonini beradi.
Turizm yoki rekreatsion faoliyatning kengayishida havo transporti eng muhim
ahamiyatga ega. Qit’alararo passajirlarni tashish hozirgi kunda 1970-yilga
nisbatan
qariyb 60 martaga oshdi. Hozirgi kunda bir vaqtning o’zida Atlantika okeani ustida
yuzlab samolyot parvozda bo’ladi. O’zbekistonga keluvchi xorijlik turistlar asosan havo
transporti orqali keladi.
Dunyo miqyosida temiryo’llarning umumiy uzunligi 1,2 mln km bo’lib,
turistlarni mamlakatlar ichida yoki mamlakatlararo tashishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bugungi kunda dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida temir yo’llar rivojlangan.
O’zbekistonda hozirgi kunda temiryo’llarning umumiy uzunligi 7 ming km dan ortdi.
Respublika mustaqilligidan
keyingi yillarda, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina,