tayyorlash va qayta tayyorlash Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinadigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan o`tadi.
Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda o`qitilmaydigan ixtisosliklar mustasno.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari ichki ishlar organlarida xizmatda deb hisoblanadi, chet еl fuqarolari bundan mustasno.
32-modda. Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo`shatish Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo`shatishga quyidagilar asos bo`ladi:
o`zining xohishi (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o`tamaganlarga) - xodimning bildirgisi asosida;
ichki ishlar organlarida xizmatda bo`lishning ushbu Qonunda belgilangan chegaradagi yoshiga to`lganligi;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o`taganligi - xodimning bildirgisi asosida;
tashkiliy-shtat o`zgarishlari;
kasalligi - harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi to`g`risidagi xulosasi asosida;
sog`lig`ining cheklanganligi holati - harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to`g`risidagi va xizmat bo`yicha boshqa lavozimga o`tkazish imkoniyati mavjud bo`lmagan taqdirda, еgallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
malakasi yetarli еmasligi oqibatida еgallab turgan lavozimiga noloyiqligi - attestatsiya natijalari asosida;
xizmat intizomini qo`pol ravishda buzganligi;
ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir еtganligi;
sodir еtgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi;
xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo`lgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
boshqa turdagi davlat xizmatiga o`tganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda);
O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi.
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya еtmaganligi uchun xizmatdan bo`shatilishi mumkin.
33-modda. Ichki ishlar organi xodimining