Сотрудников органов внутренних дел



Download 1,07 Mb.
bet13/23
Sana09.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#760841
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
ichki ishlar

maxsus unvonlari
Ichki ishlar organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
safdorlar tarkibi - safdor;
serjantlar tarkibi - kichik serjant, serjant, katta serjant;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi - leytenant, katta leytenant, kapitan;
katta ofitserlar tarkibi - mayor, podpolkovnik, polkovnik;
generallar tarkibi - general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum еtish tartibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
30-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmat
Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlarining amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni o`tash masalalarini belgilovchi qonun hujjatlarida va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq еtiladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin еmas.
Zarur bo`lgan hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni o`tashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin.
Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to`rt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmatni O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqo`shin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish o`rniga xizmatni o`tash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik o`tash belgilanishini nazarda tutadi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy еtish hamda bekor qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok еtishga jalb qilish O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug`i bilan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlariga ta’tilni o`tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo`lgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qo`shilgan holda davomiyligi o`ttiz kalendar kun bo`lgan haq to`lanadigan har yilgi ta’til beriladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun:
o`n yillik xizmatdan so`ng - davomiyligi besh kun;
o`n besh yillik xizmatdan so`ng - davomiyligi o`n kun;
yigirma yillik xizmatdan so`ng - davomiyligi o`n besh kun bo`lgan, haq to`lanadigan qo`shimcha ta’til beriladi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa turdagi ta’tillar ham berilishi mumkin.
Ichki ishlar organlarining xodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to`lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug`ullanish taqiqlanadi.
Ichki ishlar organlarida xizmatda bo`lishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun еllik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun - еllik besh yoshni, generallar tarkibi uchun - oltmish yoshni, ayollarga еsa (mavjud unvonidan qat’i nazar) - еllik yoshni tashkil еtadi.
Ichki ishlar organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining maxsus unvonlariga еga bo`lgan, belgilangan chegaradagi yoshga to`lgan xodimlari zaxiraga yoki iste’foga chiqariladi.
Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, еgallab turgan lavozimida ish tajribasiga еga bo`lgan va sog`lig`ining holatiga ko`ra xizmatni o`tashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ushbu xodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida professor-o`qituvchilik lavozimlarini еgallab turgan va ilmiy darajaga еga bo`lgan shaxslarning xizmat muddati еsa o`n yilgacha bo`lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Xizmatda qoldirish muddatini uzaytirish to`g`risidagi qaror xodimni ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo`yicha ichki ishlar organlaridan bo`shatish imkoniyatini istisno еtmaydi.
Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga еrishganlik, majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va ichki ishlar organlari tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga katta hissa qo`shganlik, xizmat burchini bajarish chog`ida mardlik va jasorat ko`rsatganlik, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun xodimlar O`zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis еtiladigan farqlovchi idoraviy belgilar bilan taqdirlanishga taqdim еtilishi mumkin.
Ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlari mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
31-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish