Quyidagi jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etiladi.
1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning oʼzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi boʼlmasa — Oʼzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʼliq boʼlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʼyicha;
2) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʼzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlmasa yoki Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — Oʼzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʼliq boʼlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʼyicha;
3) chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat koʼrsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlmasa yoki Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa — oʼz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʼyicha;
4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi boʼlmasa yoki Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa — oʼz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʼyicha;
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari — agar ular Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi boʼlmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʼyicha.
Quyidagi ayrim toifadagi soliq toʼlovchilarning jami daromadi kamaytiriladi:
Quyidagi soliq toʼlovchilar qisman (daromadlar qaysi oyda olingan boʼlsa, oʼsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar boʼyicha) soliq solishdan ozod etiladi:
1) «Oʼzbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʼlgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar.
2) urush nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan va doirasi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaxslar.
3) bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar.
4) sobiq SSSRni, Oʼzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʼida yaralanganligi, kontuziya boʼlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʼlish bilan bogʼliq kasallik tufayli halok boʼlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).
5) ikki va undan ortiq oʼn olti yoshga toʼlmagan bolalari bor yolgʼiz onalar.
6) ikki va undan ortiq oʼn olti yoshga toʼlmagan bolalari bor hamda boquvchisini yoʼqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.
7) bolaligidan nogironligi boʼlgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona.
Do'stlaringiz bilan baham: |