Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fani mavzu: mavzu: jismoniy shаxslаr dаromаd soligʼini hisoblаsh vа budjetgа toʼlаsh


JISMONIY SHАXSLАR DАROMАD SOLIGʼIDAN IMTIYOZLAR



Download 117,67 Kb.
bet6/16
Sana31.03.2022
Hajmi117,67 Kb.
#520665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Aisheva I

3.JISMONIY SHАXSLАR DАROMАD SOLIGʼIDAN IMTIYOZLAR.

1) moddiy yordam summalari:


vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari — mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;
soliq Kodeksning 377-moddasida koʼrsatilgan boshqa hollarda, — soliq davri uchun mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;
2) soliq agenti tomonidan quyidagi yoʼllanmalar qiymatini toʼliq yoki qisman qoplash summalari, bundan turistik yoʼllanmalar mustasno:
Oʼzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʼlomlashtirish muassasalariga yoʼllanmalar qiymatini nogironligi boʼlgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi boʼlgan shaxslarga toʼliq yoki qisman qoplash summalari;
Oʼzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sogʼlomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sogʼlomlashtirish muassasalariga oʼz xodimlarining oʼn olti yoshgacha bolalari (oʼqiydiganlarga — oʼn sakkiz yoshgacha) uchun yoʼllanmalar qiymatini toʼliq yoki qisman qoplash summalari;
3) oʼz xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat koʼrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʼlangan summalar, shuningdek ish beruvchining davolashga hamda tibbiy xizmat koʼrsatishga, nogironlik profilaktikasi va nogironligi boʼlgan shaxslarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olishga oid xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat koʼrsatganlik uchun ish beruvchilar tomonidan sogʼliqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq toʼlangan taqdirda, shuningdek sogʼliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun moʼljallangan naqd pul mablagʼlari bevosita xodimga, xodim yoʼqligida esa — uning oila aʼzolariga, ota-onasiga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun moʼljallangan mablagʼlar xodimning bankdagi hisobvaragʼiga kiritilgan taqdirda, bu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
4) Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʼzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar;
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʼmagida amalga oshirilayotgan boʼlsa;
6) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʼrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʼla beriladigan pul mukofoti;
7) soliq toʼlovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʼlgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:
qimmatli qogʼozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qogʼozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
noturar joylarni;
oʼttiz olti kalendarь oydan kam muddatda soliq toʼlovchining mulkida boʼlgan turar joylarni;
8) uy xoʼjaligida, shu jumladan dehqon xoʼjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʼynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni soʼyib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bogʼdorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno;
9) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
10) ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha boʼlgan qiymatdagi:
xodimlar natura shaklida olgan sovgʼalar;ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari boʼlgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yoʼqotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan sovgʼalar hamda boshqa turlardagi yordam;
11) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan quyidagilar mustasno:
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarining, adabiyot hamda sanʼat asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxoʼrlariga (huquqiy vorislariga) toʼlanadigan pul mukofotlari;
yaqin qarindosh boʼlmagan shaxslar oʼrtasidagi koʼchmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qogʼozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar;
12) davlat zayomining obligatsiyalari boʼyicha yutuqlar, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʼozlari boʼyicha foizlar;
13) jamgʼarma sertifikatlari, davlat qimmatli qogʼozlari boʼyicha daromadlar, shuningdek banklardagi omonatlar boʼyicha foizlar va yutuqlar;
14) nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek vakolatli organning xulosasi mavjud boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasining ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida soliq toʼlovchi grant beruvchidan bevosita olgan grantning summasi;
15) soliq toʼlovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining hayotni uzoq muddatli sugʼurtalash (hayot sugʼurtasi sohasining barcha toifalarida) boʼyicha sugʼurta mukofotlarini toʼlash uchun Oʼzbekiston Respublikasida sugʼurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʼlgan yuridik shaxslarga yoʼnaltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
sugʼurta badallari oʼsib bormaydigan tartibda toʼlanganda va bir yoʼla toʼlanadigan sugʼurta summasi shartnoma boʼyicha sugʼurta davri boshlanishi sanasidan 12 oydan soʼng olinganda. Sugʼurtalangan shaxsning muayyan yoshgacha yashashi yoki hayotni uzoq muddatli sugʼurtalash shartnomasida koʼrsatilgan muddatdan boshqacha tarzdagi sugʼurta hodisasi sodir boʼlgan taqdirda, sugʼurta summasi ushbu koʼrsatilgan shartlarga amal qilmagan xolda toʼlanishi mumkin;
shartnoma boʼyicha sugʼurta davri boshlanish sanasidan kamida 12 oydan soʼng renta (annuitet) olinganda va rentani (annuitetni) toʼlash sanasida shartnoma boʼyicha haqiqatda jamlangan mablagʼlar (zaxira) summasi koʼrsatib oʼtilgan rentaning (annuitetning) toʼrt baravaridan kam boʼlmaganda;
renta (annuitet) toʼlash shartnoma boʼyicha sugʼurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʼtmasdan boshlanganda, bunda dastlabki rentani (annuitetni) toʼlash boshlanadigan vaqtda haqiqatda toʼlangan sugʼurta badallari summasi shartnoma boʼyicha sugʼurta mukofotining yillik miqdoridan kam boʼlmasligi kerak va rentalarni (annuitetlarni) toʼlash sanasiga haqiqatda jamlangan mablagʼlar (zaxira) summasi koʼrsatib oʼtilgan rentaning (annuitetning) toʼrt baravaridan kam boʼlmaganda.
Mazkur bandning shartlari buzilganda yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda va sugʼurtachi sugʼurta badalini toʼliq yoki qisman qaytarganda, qaytarilgan sugʼurta badali sugʼurtachi tomonidan soliqqa tortiladi.
16) soliq toʼlovchining quyidagilarga yoʼnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʼlgan ish haqi va boshqa daromadlari:
Oʼzbekiston Respublikasining oliy oʼquv yurtlarida taʼlim olish (oʼzining, yigirma olti yoshga toʼlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʼlov;
soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik koʼmagini koʼrsatish;
olingan ipoteka kreditlarini va ular boʼyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami oʼn besh million soʼmgacha boʼlgan miqdorda qoplashga, basharti yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʼp qavatli uydagi xonadonning qiymati uch yuz million soʼmdan oshmasa hamda u dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʼyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan boʼlsa. Mazkur imtiyoz qarz oluvchiga va birga qarz oluvchilarga, imtiyoz olish huquqiga ega boʼlgan barcha soliq toʼlovchilarga berilgan, soliq solinishi lozim boʼlgan daromadlarni kamaytirish summasi soliq davri davomida jami oʼn besh million soʼmdan oshmagan taqdirda, tatbiq etiladi;
fuqarolarning Oʼzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga;
17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʼyicha) olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlarni, paylarni va aktsiyalarni berish yaqin qarindoshlar oʼrtasida amalga oshirilsa.
Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi uchun roʼyxatdan oʼtish mamlakatining qonun hujjatlariga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda tutilmagan boʼlsa, oʼsha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday huquqlar ularni bir oilaning aʼzolari va (yoki) yaqin qarindoshlar boʼlgan shaxslar oʼrtasida oʼtkazish natijasida olingan boʼlsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining yuzaga kelishi deb eʼtirof etilmaydi;
18) paxta yigʼim-terimi boʼyicha qishloq xoʼjaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq toʼlovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari;
19) soliq toʼlovchi boʼlgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qazib olish yoʼli bilan ega boʼlgan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari.
20) fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamgʼarmalari tomonidan soliq toʼlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʼlari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida oʼn besh million soʼmdan oshmagan holda.



Download 117,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish