Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fani mavzu: mavzu: jismoniy shаxslаr dаromаd soligʼini hisoblаsh vа budjetgа toʼlаsh


JISMONIY SHAXLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I TO’LOVCHILARI. JISMONIY SHAXSLARNING JAMI YILLIK DAROMADLARI



Download 117,67 Kb.
bet2/16
Sana31.03.2022
Hajmi117,67 Kb.
#520665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Aisheva I

JISMONIY SHAXLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I TO’LOVCHILARI. JISMONIY SHAXSLARNING JAMI YILLIK DAROMADLARI.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼining soliq toʼlovchilari deb (bundan buyon ushbu boʼlimda soliq toʼlovchilar deb yuritiladi) quyidagilar eʼtirof etiladi:


1) Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari boʼlgan jismoniy shaxslar;
2) Oʼzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi Oʼzbekiston Respublikasining norezidenti boʼlgan jismoniy shaxslar.
(Soliq kodeksi 364 -modda)
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga boʼlinadi.
Oʼzbekiston Respublikasining rezidenti deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan ѐki joriy soliq davrida yakunlanaѐtgan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr ichida jami 183 kun va undan ortiq muddat Oʼzbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs. Ushbu mezonga javob bermaydigan shaxs Oʼzbekiston Respublikasining norezidenti deb eʼtirof etiladi.


Jismoniy shaxslarning jami daromadi.

Аgar ushbu boʼlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, jami daromad soliq toʼlovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi:


1) Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — Oʼzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;
2) Oʼzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — Oʼzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.


Jami daromadning tarkibi

1) Mehnatga haq toʼlash tarzidagi daromadlar;


2) Mulkiy daromadlar;
3) Moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) Boshqa daromadlar.

Jami daromad tarkibiga kiritilmaydi:

1) Oʼzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor boʼlgan soliq toʼlovchi olgan bir yoʼla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʼalarining qiymati, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʼla beriladigan pul mukofoti va sovgʼalar;


2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar;
3) olingan alimentlar;
4) fuqarolar tomonidan olinadigan sugʼurta tovoni summalari;
5) qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda toʼlanadigan stipendiyalar;
6) qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʼlash boʼyicha har oylik kompensatsiya pul toʼlovlari;
7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʼzosini parvarish qilish boʼyicha nafaqa) mustasno;
8) majburiy jamgʼarib boriladigan pensiya badallari, ular boʼyicha foizli daromadlar, shuningdek jamgʼarib boriladigan pensiya toʼlovlari.
9) qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda oʼzini oʼzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar;
10) Oʼzbekiston Respublikasi va Oʼzbekiston Respublikasi rezidentlari boʼlgan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʼyicha daromadlar.
Soliq agentlarining soliq Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq toʼlovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
1) mehnat sharoitlari noqulay boʼlgan ishlarda band boʼlgan xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʼr suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan taʼminlash boʼyicha xarajatlari;
2) kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan amalga oshiriladigan toʼlovlar, shu jumladan aʼzolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi aʼzolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qoʼmitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa toʼlovlar mustasno;
3) favqulodda holatlar munosabati bilan yetkazilgan zararlar summasi doirasida beriladigan moddiy yordam summalari;
4) xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish boʼyicha xarajatlari;
5) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini oʼtkazish, vakillik xarajatlari, shahar yoʼlovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yoʼl kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini taʼminlash bilan bogʼliq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari;
6) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʼlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni oʼz xizmat vazifalarini bajarishi chogʼida oziq-ovqat bilan taʼminlash boʼyicha xarajatlar;
7) xodim boshqa joyga ishga oʼtkazilganda yoxud koʼchib borganda koʼchish, mol-mulkini koʼchirib borish, joy ijarasi (yoʼl xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bogʼliq xarajatlarni toʼlash yoki bu xarajatlarning oʼrnini qoplash xarajatlari;
8) xizmat safarlariga oid quyidagi kompensatsiya toʼlovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq toʼlashni qoʼshgan holda haqiqatda amalga oshirilgan toʼlovlar. Yoʼl hujjatlari boʼlmagan taqdirda, temir yoʼl transportidagi (agar temir yoʼl qatnovi boʼlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʼl haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda; uy-joyni ijaraga olish boʼyicha haqiqatda amalga oshirilgan toʼlovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʼlmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun toʼlovlar;qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida boʼlingan vaqt uchun toʼlanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);

qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa toʼlovlar;


9) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga toʼlanadigan kompensatsiya toʼlovlari (kompensatsiyalar):doimiy ishi yoʼlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʼlgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya toʼlovlari (kompensatsiyalar);
xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya toʼlovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;dala taʼminoti;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar boʼyicha boshqa kompensatsiya toʼlovlari (kompensatsiyalar), bundan soliq Kodeksning 373 va 377-moddalarida koʼrsatilganlari mustasno;
10) mehnatda mayib boʼlganlik yoki sogʼliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bogʼliq zararning oʼrnini qoplash boʼyicha quyidagi miqdordagi toʼlovlar:
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʼlguniga qadar olgan oʼrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʼqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʼlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʼlib qolgan taqdirda, zararning oʼrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam boʼlmagan miqdorda qoplanadi);maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoʼshimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi toʼlovlar; jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʼshimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi toʼlovlar; xodimning sogʼligʼiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʼla toʼlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik oʼrtacha ish haqi miqdoridagi toʼlovlar;
11) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʼlovlar:
marhumning oʼrtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʼida boʼlgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʼlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga toʼgʼri keladigan ulushi miqdoridagi toʼlovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli boʼlgan shaxslarga bir yoʼla toʼlanadigan nafaqa tariqasida marhumning oʼrtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi toʼlovlar;
12) talabalarning taʼlim olishi uchun Oʼzbekiston Respublikasining oliy oʼquv yurti bilan toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar boʼyicha pulli-kontrakt asosida oʼtkaziladigan toʼlovlar;
13) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
14) soliq toʼlovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar boʼyicha olingan pul va natura shaklidagi daromadlari. Daromadlar soliq toʼlovchining jami daromadiga quyidagi hollarda qoʼshiladi:
soliq toʼlovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida koʼrsatilgan dasturlarda ishtirok etishi ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilganda;soliq toʼlovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida koʼrsatilgan mamlakatimizdagi va chet el tashkilotlarining dasturlariga, ularda aktsept muddati oʼttiz kundan kam va (yoki) ularda ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi ochiq ofertaga qoʼshilganda;
ushbu bandning birinchi xatboshisida koʼrsatilgan tashkilotchi bilan lavozim majburiyatlarini bajarishda mehnat munosabatlarida boʼlgan, shuningdek soliq toʼlovchi tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar bajarganlik, xizmatlar koʼrsatganlik) uchun haq (mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi toʼlov shaklidagi daromad toʼlanganda.
15) fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamgʼarmalari va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamgʼarmalar tomonidan koʼrsatilgan yordam:
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va koʼrsatilgan xizmatlar;davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
jismoniy shaxsning manfaatlarini koʼzlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;xayriya maqsadida boshqa shakllarda qoʼllab-quvvatlash (bundan pul shaklida qoʼllab-quvvatlash mustasno).
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʼlgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda toʼlanadigan quyidagi barcha toʼlovlar mehnatga haq toʼlash tarzidagi daromadlar deb eʼtirof etiladi.
Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) soliq toʼlovchiga mulk huquqi asosida tegishli boʼlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʼlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʼchmas mulk boʼyicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʼrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi;
5) sanoat mulki obʼektlariga, selektsiya yutugʼiga oid patent (litsenziya) egasi boʼlgan soliq toʼlovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk boʼyicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad;
8) soliq Kodeksning 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan REPO operatsiyalari boʼyicha daromad;
9) soliq Kodeksning 327 — 329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, qimmatli qogʼozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar boʼyicha daromad;
10) soliq Kodeksning VII boʼlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
11) soliq Kodeksning 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʼgʼrisidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar;
12) ushbu moddaning 1 — 11-bandlarida koʼrsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.
Soliq toʼlovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, quyidagilardan iborat:
1) soliq agenti tomonidan soliq toʼlovchi manfaatlarini koʼzlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini toʼlash, shu jumladan:
soliq toʼlovchining bolalarini maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʼqitish, tarbiyalash haqini toʼlash;
soliq toʼlovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʼrnini qoplash qiymatini toʼlash;sanatoriy-kurortlarda davolanish yoʼllanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning oʼrnini qoplash qiymatini toʼlash; soliq agentining soliq toʼlovchi daromadi boʼlgan boshqa xarajatlarini toʼlash;
2) soliq toʼlovchining manfaatlarini koʼzlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi boʼyicha berilgan mol-mulkning va koʼrsatilgan xizmatlarning qiymati;
3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq toʼlovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati oʼrtasidagi salbiy farq;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yoʼl, aviatsiya, daryo, avtomobilь transporti va shahar elektr transportida yurish boʼyicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) soliq agenti tomonidan toʼlovlar hisobiga toʼlanib, soliq toʼlovchidan ushlab qolinishi lozim boʼlgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq toʼlovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq toʼlovchi tomonidan soliq agentidan aktsiz toʼlanadigan tovarlar yoki qoʼshilgan qiymat soligʼi solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida aktsiz soligʼining va qoʼshilgan qiymat soligʼining tegishli summasi hisobga olinadi.

Download 117,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish