Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fani mavzu: mavzu: jismoniy shаxslаr dаromаd soligʼini hisoblаsh vа budjetgа toʼlаsh


Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar



Download 117,67 Kb.
bet9/16
Sana31.03.2022
Hajmi117,67 Kb.
#520665
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Aisheva I

Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar
Soliq agentida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
1) Jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʼlash tarzidagi daromadlari;
2) Moddiy naf tarzidagi daromadlar;
3) Mulkiy daromadlar;
4) Boshqa daromadlar.
Oʼzi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʼlmagan Oʼzbekiston Respublikasining rezidenti boʼlgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad toʼlovchi soliq agenti jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli.
Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi
Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga toʼlov manbaida qoʼllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy maʼlumotlarini hamda birlamchi hisobga olish hujjatlari maʼlumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi norezidentlari boʼlgan jismoniy shaxslar uchun Oʼzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan soliq bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliqning hisoblangan summasini soliq toʼlovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq toʼlovchiga toʼlayotgan har qanday pul mablagʼlari hisobidan, bu pul mablagʼlari soliq toʼlovchiga yoki uning topshirigʼiga binoan uchinchi shaxslarga toʼlanayotganda amalga oshiriladi.
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu boʼlimda belgilangan soliq bazasi hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan eʼtiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq toʼlovchining ish joyi boʼyicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Аsosiy boʼlmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovgʼa, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs yillik jami daromadi toʼgʼrisida deklaratsiya topshirganda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning asosiy boʼlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning yakuniy summasi jami yillik daromad toʼgʼrisida taqdim etilgan deklaratsiyaning maʼlumotlari boʼyicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi.

Download 117,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish