Soliq stavkalari:
Oʼzbekiston Respublikasi rezidenti boʼlgan jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizlik soliq stavkasi boʼyicha soliq solinadi.
Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi boʼyicha soliq solinadi.
Oʼzbekiston Respublikasining norezidentlari boʼlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari:
T/r Soliq obʼekti Soliq stavkalari, foizlarda
1 Dividendlar va foizlar 10
2 Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar). 6
3 Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʼyicha olingan daromadlar, 1 va 2-bandlarda koʼrsatilmagan boshqa daromadlar 20
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari:
T/r Faoliyat turi Bir oylik soliq stavkalari (soʼmda)
Toshkent shahri Nukus shahri va viloyat markazlari boʼlgan shaharlar boshqa
shaharlar boshqa aholi punktlari
1. Chakana savdo:
oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan 750 000, 600 000, 300 000, 200 000
dehqon bozorlarida qishloq xoʼjaligi mahsulotlari bilan 250 000, 150 000, 100 000, 50 000
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 250 000, 150 000, 100 000, 50 000
2. Maishiy xizmatlar 250 000, 150 000, 100 000, 50 000
3. Boshqa faoliyat turlari 225 000, 150 000, 100 000, 50 000
4. Аvtomobilь transportida yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk koʼtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 150 000
3 tonnadan ortiq yuk koʼtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 225 000
Soliq toʼlovchi:
bir nechta faoliyat turi bilan shugʼullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʼlaydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shugʼullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun oʼrnatilgan yuqori stavkada soliq toʼlanadi;
tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi toʼgʼrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur;
I yoki II guruh nogironligi boʼlgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, oyiga qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda toʼlaydi;
«Hunarmand» uyushmasi aʼzosi boʼlgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʼlashdan ozod etiladi;
bolalar oʼyin avtomatlari bilan bogʼliq xizmatlarni koʼrsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʼlaydi.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |