Soliqni toʼlash tartibi
Toʼlov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq toʼlovchiga daromadlarni toʼlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan toʼlanadi.
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi toʼlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida toʼlanadi
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʼlashning xususiyatlari
Soliq kodeksida koʼrsatilgan, qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʼlash xohishini bildirgan soliq toʼlovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning oʼn beshinchi sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda toʼlaydi.
Soliq toʼlovchi qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʼlashni u tadbirkorlik subʼekti sifatida davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik subʼekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga oshiradi.
Bir nechta faoliyat turi bilan shugʼullanayotgan soliq toʼlovchilar har bir faoliyat turi boʼyicha qatʼiy belgilangan miqdorda soliqni alohida, shu faoliyat turi uchun belgilangan miqdorda toʼlaydi.
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʼlash qoʼllaniladigan faoliyatdan olinadigan daromadlar bilan birga boshqa daromadlar oluvchi soliq toʼlovchilar bu daromad turlari boʼyicha alohida hisob yuritishi shart va bu daromadlar boʼyicha jami yillik daromadlar toʼgʼrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʼlaydi.
Jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga Oʼzbekiston Respublikasi rezidentlari boʼlgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromadlar, agar ushbu boʼlimga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan boʼlsa;
Oʼzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
soliq agentlari boʼlmagan manbalardan olingan daromadlar;
Mualliflik haqi tarzida olingan daromadlarga soliq solishning oʼziga xos xususiyatlari:
Ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq toʼlovchilar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʼyxatidan oʼtmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Daromadlariga soliq solinadigan soliq toʼlovchilar soliqni soliq organining yozma xabarnomasi asosida toʼlaydi.
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq toʼlovchi daromadlar olish bilan bogʼliq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan koʼp boʼlmasligi kerak.
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish hamda ulardan foydalanish uchun zarur materiallar sotib olishga doir xarajatlar;
faqat ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.
Jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiya.
Jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiya soliq toʼlovchining olingan yillik daromadi toʼgʼrisidagi yozma arizasidan iborat boʼladi.
Soliq organi tomonidan soliq toʼlovchi taqdim etgan jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiyada toʼlanishi lozim boʼlgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada aniqlangan xatolar toʼgʼrisida soliq toʼlovchiga bildirish xati yuboradi.
Soliq organining xabarnomasini olgan soliq toʼlovchi oʼn kun ichida jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiyaga zarur boʼlgan oʼzgartirishlarni kiritishi shart.
Аgar jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyani oʼzgartirish haqidagi ariza soliqni toʼlash muddati oʼtguniga qadar berilsa, soliq toʼlovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.
Аgar jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyani oʼzgartirish haqidagi ariza soliqni toʼlash muddati oʼtganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq toʼlovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani toʼlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Soliq toʼlovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyada aniqlangan xato toʼgʼrisidagi bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato aniqlangan kun, deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |