jadval
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining
Olmazor tumani byudjeti daromadlaridagi salmog’i dinamikasi10
Ko’rsatkichlar
|
2019 yil
|
2020 yil
|
2021 yil
|
Daromadlar - jami
|
100
|
100
|
100
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig’i
|
22,3
|
25,7
|
28.1
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 2019 yilda jami daromadlarga nisbatan 22,3 foizni, 2020 yilda 25,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2021 yilda 28.1 foiz bo’lgan holda ularning ulushi kamayishini ko’rish mumkin. Mazkur holatni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarini tushirilishi bilan izohlash mumkin.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yana bir soliq turi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq bo’lib, bu soliq ham byudjet daromadlarida o’ziga xos o’ringa ega. Buni quyidagi jadvalda ham ko’rish mumkin:
XULOSA
Davlat byudjeti daromadlarining uzluksizligini ta’minlash bilan birgalikda, tadbirkorlik faoliyatini samarali amalga oshirish mexanizmining asosiy omillaridan biri bo‘lgan soliq tizimi jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tizimini davr talablariga mos ravishda takomillashtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i byudjet daromadlarida kam ulushga ega bo‘lsada, soliq tizimida alohida ahamiyatga egadir.
Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
1. Jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa tortish tizimini davr talabidan kelib chiqib takomillashtirish, undan aholining turmush darajasini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va byudjetga muntazam ravishda daromadlar kelib tushushini ta’minlash uchun foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uni takomillashtirish yo‘nalishlari soliq solish tamoyillari hamda ularni ro‘yobga chiqarishdagi izchillikni taqozo etadi. Ushbu soliq turining xususiyatlari soliq munosabatlarini ham har tomonlama hayotga to‘g‘ri tatbiq etish va xolisona xizmat qilishni taqozo etadi. Soliqqa tortishda, klassik va zamonaviy tamoyillardan foydalanish qo‘l keladi. Bular soliqqa tortishning aniqligi va ravshanligi; arzonligi; moslashuvchanligi va fiskal samaradorligi; ijtimoiy jihatdan asoslanganligi va adolatliligi kabi tamoyillardir.
3. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq solish jarayonini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, soliq solish ob’ektlari va sub’ektlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkalari tizimi va ularning rivojlanishida taraqqiy etgan mamlakatlarga qaraganda katta tafovutlar ko‘zga tashlanmaydi. Shunga qaramasdan, respublikamiz iqtisodiyotidagi tez o‘zgarishlar ayrim soha tarmoqlar qatori jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ham takomillashtirishni talab etadi.
4. O‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining salmog‘i boshqa soliqlarga nisbatan davlat byudjeti daromadlarida ancha yuqori. Umumiy soliq to‘lovchilarning soni va ularda shakllanayotgan daromadni oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish lozim. Imkon qadar qishloq joylarda xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalari, kichik korxonalar va shunga o‘xshash xo‘jalik subektlarini tashkil etishni iqtisodiy tomondan maksimal rag‘batlantirish lozim.
5. Jahon amaliyotida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning progressiv stavkalari bilan birgalikda yagona, oddiy foizli stavkada soliqqa tortish amaliyoti qo‘llanilib kelinmoqda va u hozirgi paytda yagona stavka qo‘llanilayotgan mamlakatlar amaliyotida bu mexanizm o‘zining samarasini ko‘satmoqda. Respublikamiz soliqqa tortish amaliyotida jismoniy shaxslarning ish haqi shaklidagi daromadlarini soliqqa tortishda yagona 12 % stavka joriy etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |