Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni



Download 194,24 Kb.
bet79/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

Vaqt omili.xarid qilish xususidagi qarorga kelish uchun muddat qancha ko’p bo’lsa, talab ham shu qadar egiluvchan tus oladi. Хaridorlar yangi narxga moslashishlari uchun vaqt kerak: ularning didi va iste’mol texnologiyasi asta-sekin o’zgarib boradi. Masalan, qimmatlashgan mol go’shti o’rnigama’lum muddat mobaynida yemish sifatida baliq va' parrandalardan foydalaniladi. Mana, boshqa misol: 1970 yillarda G’arb davlatlarida neft narxi ko’tarilishi sababli eski texnologiyalarni energiyani tejaydigan yangi texnologiyalarga almashtirish jarayoni bir necha yil davom etdi, oqibat-natijada neft mahsulotlariga bo’lgan talab keskin kamayib ketdi.

Tovarga talab qanchalik kam egiluvchan bo’lsa soliqning katta qismi iste’molchilar zimmasiga tushadi, chunki bozordagi narx keskin ko’tariladi. Buning aksicha, xaridorlar qimmatlashgan tovarlarni olishdan osongina voz kechsalar narx deyarli ko’tarilmaydi va zararni sotuvchilarning o’zlari qoplashga majburdirlar.

Taklifning egiluvchanligi sotish sharoiti o’zgarganda taklif etilayotgan tovarlarning miqdorini sotuvchilarning ko’paytirish yoki kamaytirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Sotuvchilar kelishuvga qanchalik ko’p intilsalar, bozor taklifi shunchalik kam egiluvchan bo’ladi. Taklif egiluvchan bo’lmaganida soliq yukini ma’lum darajada ishlab chiqaruvchilar o’z zimmalariga olishga "rozi" bo’ladilar.

Soliq stavkalarini o’sishi davlat byudjeti daromadlarini oshirishga qaratilganligi bilan u ma’lum muddatgacha amal qiladi. Davlat soliq stavkalarini o’zgartirish orqali iqtisodiyotga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Lekin davlatning soliq stavkalarini yuqori yoki past qilib belgilashi natijasida yalpi talab va taklifning egiluvchanligiga qay darajada ta’sir etish muammosi paydo bo’ladi.

Taklif egiluvchanligining asosiy omili tovar sotish sharoiti o’zgarishiga munosabat bildirish uchun ishlab chiqaruvchi ixtiyorida mavjud bo’lgan vaqt miqdoridir. Iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida resurslarni (ishchi kuchi, uskunalar, xom ashyo) qayta taqsimlash ma’lum muddatni talab etadi. Binobarin, tadbirkorlar ixtiyoridagi vaqt qancha ko’p bo’lsa, ular ishlab chiqarishning tuzilishini o’zgargan bozor sharoitiga moslashtirish uchun shunchalik katta imkoniyatga ega bo’ladilar hamda taklifning egiluvchanligi ham ortadi.

Egiluvchan taklifli vaziyatda bilvosita soliq joriy etilganda ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini osongina qisqartirib, shu hisobdan bozorda narxni ko’tarishlari ko’rsatilgan. Bunday holatda soliq yukiningkatta qismi xaridor zimmasiga o’tkaziladi. Aksincha, taklif egiluvchan bo’lmaganida ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayerlash hajmini keskin darajada qisqartira olmaydilar va bozorda narx deyarli o’zgarmaydi. Bunday holatda soliq to’lovlarining asosiy qismini tadbirkorlarning o’zlari qoplaydilar. Shunday qilib, soliq narxning o’sishi orqali iste’molchi zimmasiga o’tishi mumkin. Soliqning iste’molchi zimmasiga o’tkazilishi bozorning o’ziga xos xususiyatlariga, bozor talabi va taklifiga bog’liqdir. Agar tovarga talab barqaror bo’lsa, ya’ni kam egiluvchan vaziyatlarda soliqlarni iste’molchilar zimmasiga mahsulot bahosini ko’tarish yo’li bilan o’tkazishi mumkin. Agarda talab egiluvchan bo’lsa bahoni ko’tarishga bo’lgan intilish tovar hajmining, shunga tegishli ravishda ishlab chiqarish, foyda va soliq hajmlarining kamayib ketishiga olib keladi. Talabning egiluvchanligi soliqqa tortishni tartibga solib turuvchi va cheklaydigan omildir.



Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish