Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


Soliqlar va investitsiyalarning o’zaro bog’liqligi



Download 194,24 Kb.
bet80/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

4. Soliqlar va investitsiyalarning o’zaro bog’liqligi
Soliq mexanizmidagi o’zgarishlar yalpi talab va yalpi taklifning o’zgarishiga ta’sir qilishi bilan birgalikda, investitsiyalar o’zgarishiga ta’sir etishi ham shubhasizdir. Sababi soliqlar va investitsiyalar o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymatning davlat va soliq to’lovchilar o’rtasida taqsimlanishi soliqlar va investitsiyalar o’rtasidagi aloqadorlikni ta’minlaydi. Soliqlar bo’yicha yengilliklar berilishi ko’p jihatdan soliq to’lovchilarni ishlab chiqarishga rag’batini kuchaytiradi, ularda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish moyilligini kuchaytiradi. O’z navbatida soliqlar vositasida investitsiyalarning rag’batlantirilishi kelajakda davlat byudjetiga undiriladigan soliq bazasini kengayishiga xizmat qiladi. Masalan, bu holatni birgina misol bilan izohlashimiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 noyabrdagi «Paxta tolasini respublikaning ichki iste’molchilariga sotishni takomillashtirish va to’qimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ–733-sonli qaroriga asosan, to’qimachilik mahsulotlarini erkin muomaladagi valyutaga sotuvchi to’qimachilik sanoati korxonalari mol-mulk solig’i to’lashdan 2016 yilning 1 yanvarigacha ozod qilingan edi (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi PQ-2099-sonli qaroriga asosan).

Ushbu qayd etilgan imtiyozlarning eng xususiyatli tomoni shundan iboratki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo’shaydigan mablag’lar korxonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish, ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog’liq tadbirlargagina sarflanishi mumkin yeki boshqacha qilib aytganda bo’shaydigan mablag’lar yuqoridagi tadbirlargagina investitsiya qilinishi mumkin. Aks holda, ya’ni bo’shaydigan mablag’lardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablag’lar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni hisobga olgan holda to’liq hajmda byudjetga undiriladi.

Soliqlar bilan investitsiyalar o’rtasidagi bog’liqlikni yoritar ekanmiz, shuni alohida qayd etishimiz lozimki, investitsiyalarning o’sishi ham o’z navbatida soliqqa tortiladigan bazaning oshishiga olib keladi. Yuqoridagi misolimizga qaytadigan bo’lsak, malakatimiz soliq tizimida amal qilayotgan ushbu imtiyozlar investitsiyalarni o’sishiga olib kelishi bilan birgalikda kelajakda soliq bazasini ham kengayishiga xizmat qiladi.

Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymat ko’proq miqdorda davlat tomonidan o’zlashtirilsa korxonalarning ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi. «Pekin bunda shuni ham ta’kidlash o’rinliki, buning ham ayrim ijobiy jihatlari mavjud. Ma’lumki, davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri norentabel sohalarga investitsiya kiritishdan iborat. Ishlab chiqaruvchilarga qanchalik imtiyozlar berilgan bilan ularda norentabel sohalarni investitsiya qilishga moyillikni kuchaytirmaydi. Chunki, ularning bunday faoliyati ularga kelajakda foyda bermaydi. Ana shuning uchun dav lat soliqlar hisobiga shakllantirilgan mablag’lar hisobidan ana shunday sohalarga investitsiya kiritishini ham qaysidir ma’noda soliqlar va investitsiyalar o’rtasidagi aloqadorlikning bir ko’rinishi sifatida izohlash mumkin.

Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosati investitsiyalarni jalb qilishga va shu orqali soliqqa tortiladigan bazaning kengayishiga, iste’mol tovarlarini ko’payishiga xizmat qiladi. Soliqlar vositasida investitsiyalarni keng jalb qilish mumkin, lekin investorlar ko’proq rentabelli sohalarga mablag’ yo’naltiradilar, ularning norentabel sohalarga investitsiyalarni sarflash moyilligi kam. Davlat esa soliqlar vositasida investitsiyalarni norentabel sohalarni rivojlantirishga yo’naltirishi har bir davrda o’zining dolzarbligi bilan ajralib turadi.



Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish