Soliq to’lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari:
1) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat soliq xizmati organlarida ro’yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;
2) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar byudjet oldidagi o’z majburiyatlarini bajarganliklari to’grisida davlat soliq xizmati organlarining xulosasi taqdim etilgan taqdirdagina xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarini yopishlari mumkin;
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to’lovchi mijozlardan belgilangan muddatda to’lanmagan soliqlar va jarimalarni so’zsiz undirish to’grisidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo’yicha haq to’lashga doir, shuningdek hayot va sog’liqqa yetkazilgan zararning o’rnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablaglari o’tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo’yicha mutanosib ravishda bajaradilar;
4) soliq to’lovchi mijozning mablaglari bo’lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaragidan mablaglarni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini byudjet daromadiga o’tkazadilar;
6) davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo’yicha soliq to’lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablaglari berish, o’tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir barcha operatsiyalarni to’xtatib qo’yadilar;
7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga:
yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari;
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo’l qo’yadilar;
8) davlat soliq xizmati organlarining so’rovnomasiga ko’ra ularga so’ralayotgan davr mobaynida soliq to’lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablaglarining bor-yo’qligi to’grisidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
9) davlat soliq xizmati organlarining so’rovnomasiga ko’ra eksport-import kontraktlarining ijrosiga doir ma’lumotlarni va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar.
10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo’yicha pul operatsiyalari o’tkazish bilan bogliq moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e’tiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi to’grisidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar.
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining soliq to’lovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini o’tkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi.
Bank va boshqa moliya-kredit tashkilotining aybi bilan soliq to’lovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni o’tkazish haqidagi topshirigi bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya-kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun o’tkazilmagan soliqlar summasining 0,033 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |