Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


Mavzu: Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog’liqligi



Download 194,24 Kb.
bet75/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

Mavzu: Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog’liqligi
Mavzu dasturi:

1. Soliq siyosatining makroiqtisodiy samarasi

2. Soliq yuki va uni aniqlash tartibi

3. Soliqlarning yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri

4. Soliqlar va investitsiyalarning o’zaro bog’liqligi
Soliq siyosatining makroiqtisodiy samarasi
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi, boshqa ko’pgina omillar bilan bir qatorda, unga nisbatan yurgizilayotgan soliq siyosatiga ham bevosita bog’liqdir. Davlat soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish jarayonida iqtisodiy rivojlanishga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu boisdan davlat soliq siyosati orqali makroiqtisodiy samaradorlikka erishishi mumkin.

Soliq siyosatini amalga oshirishda xizmat qiladigan soliq dastaklari (imtiyozlar, stavkalar, soliqqa tortiladigan bazani shakllanishi va boshqalar) kuchli ta’sir etuvchi va qiyin boshqariladigan soliq qurollaridir. Masalan, soliq to’lovchilarga keng soliq imtiyozlarini berish byudjetning daromadlarini shakllantirish nuqtai nazaridan butunlay teskari oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Boshqa tomondan esa soliq imtiyozlarining har tomonlama bekor qilinishi tadbirkorlik faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va korxonalarning ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish sohalariga kapital qo’yilmalarning sezilarli kamayishiga sabab bo’ladi. Buning oqibatida ba’zi tarmoqlardagi mavjud muvozanat buziladi.

Soliq islohotlarini amalga oshirishning asosiy maqsadi makroiqtisodiy samaradorlikka erishish hisoblanib, davlat soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda xizmat qiladigan bir qator yuqorida keltirilgan dastaklardan samarali foydalanishga harakat qiladi. Lekin bu dastaklar iqtisodiy yuksalishga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi muammosi mavjuddir. Ulardan foydalanishda ehtiyotkorlik chora-tadbirlarni ko’rib, bu dastaklarni iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sir etishida uning ta’sirchanligini oshirish muammosi hal etilmog’i lozim.

O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida yurgizilayotgan iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo’lgan soliq siyosati mustaqil ravishda yurgizilayotgan soliq siyosati hisoblanib, uning markaziy vazifalaridan biri sifatida respublikamizda bozor munosabatlarini qaror toptirish va uni rivojlantirishga xizmat ko’rsatish deb qaralmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik muhitini yaratish va uni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etganligi uchun soliq siyosati ham bizning respublikamizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga qaratilganli-gi, shak-shubhasizdir.

Bir vaqtning o’zida puxta ishlab chiqilgan soliq siyosatining hayotga qanday tadbiq etilishi shu siyosatni amalga oshirishda qo’llanilishi lozim bo’lgan soliq mexanizmiga uzviy bog’liqdir.

Soliq siyosatining makroiqtisodiy holatga ta’siri juda katta bo’lib, mamlakatda yaratiladigan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’zgarishi soliq siyosatining samarasiga bevosita bog’liqdir. Soliq siyosatining makroiqtisodiy holatga ta’sirinisoliqlarning yalpi talab va yalpi taklifga, investitsion muhitga, iste’molga, iqtisodiy barqarorlikka ta’siri kabilar bilan baholash mumkin.

Soliq stavkalarining o’zgartirilishi bevosita talablar yig’indisiga ta’sir qiladi. Iste’molning ham, investitsiyalarning ham hajmi soliqlarning katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, byudjetga soliq tushumi kamayib, davlat xarajatlari avvalgicha qolgan paytda iste’mol va investitsiya xarajatlarining o’sishi rag’batlantiriladi.

Yalpi talab qanchalik ko’paygani bilan u iqtisodiyotni ishlab chiqarish imkoniyatlari (mavjud resurslar va texnologiyalarning shartli miqdori va sifati) doirasidan tashqariga "surib qo’yishga" qodir bo’lmaydi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasiga yaqinlashganda yig’ma talabning o’sishi asosan real ishlab chiqarishning emas, balki narxlarning ko’tarilishi hisobiga ro’y beradi. Binobarin, rag’batlantiruvchi soliq-byudjet siyosati iqtisodiyot pasayish vaziyatida bo’lgandagina chinakam ijobiy samara beradi. Soliq siyosati olib borilayotganda qisib chiqarish deb ataladigan vaziyat bilan to’qnashuv ro’y beradi. Masalan, davlat xarajatlari o’zgarmay turgan sharoitda soliq tushumlari kamaydi (yoki aksincha, davlat xarajatlari ko’payib, soliq tushumlari esa avvalgi darajasida qoldi). Bunday vaziyatda davlat xarajatlari va daromadlari o’rtasidagi farqning ortishini (byudjet kamomadining o’sishini) davlat qarzlar hisobiga qoplashga majbur. Bunda davlat obligatsiyalar chiqarishi mumkin, bu obligatsiyalarning sotilishi moliya bozori mablag’laridan foydalanish imkonini beradi. Bunday sa’y-harakat moliya bozorida milliy jamg’armalar taklifi kamayishiga olib keladi. Natijada foiz stavkalari ko’tariladi va xususiy investitsiyalar hajmi tushib ketadi. Biz kurgan holatda soliqlarning kamayishi tufayli kelib chiqqan byudjet kamomadining o’sishi xususiy investitsiyalarni "surib chiqaradi"ki, buning natijasi o’laroq, yalpi talab darajasi o’zgarmay qoladi. Binobarin, qisqa muddat ichida surib chiqarish samarasi amal qilmaydi yoki sezilmaydigan darajada ro’y beradi: moliya bozori takomillashmagani (korxonalar kapital mablag’ sarflash uchun pul oladigan kredit haqidagi bitimlar ilgari tuzib qo’yilgani) sababli investitsiyalar va jamg’armalar uzoq istiqboldagina tenglashadi.

Soliq siyosatining samaradorligi sof eksport samarasi bilan cheklanadi. Biz aniqlaganimizdek, soliqlarning kamaytirilishi milliy jamg’armalar miqdorini kichraytiradi hamda ichki foiz stavkalarini kattalashtiradi. Bunday vaziyat oqibatda faqat ichki (milliy) investitsiyalarning qisqarishigagina emas, balki mamlakatga chet el kapitalining oqib kirishi tezlashishiga ham olib keladi. Mazkur holatda xorij investitsiyalari o’sib borayotgan ichki foizli stavkalar bilan rag’batlantiriladi. Chet el kapitalining oqib kelishi milliy valyutaga talabni oshiradi. Natijada valyuta kursi ko’tariladi, sof eksport mikdori qisqaradi. Valyuta kursi ko’tarilganida milliy tovarlar jahon bozorida ancha qimmatlashadi, xorij tovarlari esa ichki bozorda arzonlashadi. Shunday qilib, soliqlarni kamaytirish tufayli jamiyat xarajatlarining kengayib ketishi eksportning qisqarishi va importning o’sishi bilan bog’liq yalpi talabning pasayishi hisobidan qisman tekislanadi. Bunday samara qayd etilgan valyuta kurslari sharoitida amal qilmaydi: soliqlar kamaytirilganida valyuta kursi avvalgi darajasida qoladi hamda sof eksport tegishli ravishda o’zgarmaydi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, rag’batlantiruvchi soliq siyosati faqat qisqa muddatli turkumiy tebranishlar oqibati bo’lgan iqtisodiy pasayish sharoitida, faqat qayd etilgan valyuta kurslari paytida sezilarli makroiqtisodiy samara beradi.

Endi soliqlarni qisqartirish oqibatlarini yalpi taklifga ta’sirini ko’rib chiqaylik. Mazkur tadbirning samarasi shundan iboratki, bunda taklifning bilvosita chizig’i o’ngga qarab siljiydi - soliqlarning pasaytirilishi xarajatlarning qisqarishini (bu holat tadbirkorlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batlantiradi) hamda "sof" ish haqining o’sishini (bu holat esa yollanma xodimlarni mehnat taklifini ko’paytirishga rag’batlantiradi) anglatadi. Bunda (soliqlarning kamaytirilishi oqibatida) yalpi talab odatda yalpi taklifga nisbatan ko’proq o’sib boradi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning kengayishi bilan bir qatorda narxlarning umumiy darajasi ko’tarilishi kuzatiladi.

Biroq yig’ma taklif darajasining o’zgarishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Shuning uchun ham makroiqgisodiy barqarorlik maqsadiga zrishish uchun davlat eng avvalo yalpi taklifga emas, balki yalpi talabga ta’sir ko’rsatishga intiladi. Buning ustiga, hozirgi zamon iqtisodchilarining aksariyati hisoblashicha, makroiqtisodiy beqarorlik (iqtisodiy turkumlar) asosan yig’ma talab beqarorligining oqibatidir.


Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish