Soliq akademiyasi


 IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/40
Sana20.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#686493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
madaniyatshunoslik fani predmeti metodologik asoslari va barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyati

 
1. IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari 
IX-XII asrlarda
 
jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi bo’lib 
Sharq mo’’jizasi ro’y berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq mintaqasiga mansub Misr, 
Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy, Markaziy Osiyo hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk 
sarchashmalari sifatida shakllandi.
Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni tutashtirgan, o’zaro 
madaniyat, dinu e’tiqod, urf-odat, udumu an’analar almashinuvini ta’minlagan Buyuk ipak 
yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’xna Хitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq 
xalqlarini bir-biri bilan bog’lagan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma’naviy 
aloqalarini rivojlanishi, turmush tarzini boyishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari
elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu ma’rakalari, diniy rasm-rusumlaridagi o’xshashlik 
jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi. 
Shuningdek, VII asrdan boshlab arab dunyosida islom bayrog’i ostida vujudga 
kelgan xalifalik davlati qisqa tarixiy davr ichida ko’pgina hududlarni egallab ularda nisbatan 
yagona iqtisodiy va madaniy-ma’naviy makon yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bunday hollar 
Sharq Uyg’onish jarayoniga va ayniqsa arab dunyosi bilan tutashgan Markaziy Osiyo 
hududlariga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi.
IX-XII asrlar davomida xalifalik tasarrufidagi mamlakatlarda islomiy hamda 
dunyoviy madaniyatning yonma-yon rivojlanishiga keng yo’l ochildiki, bu hol oxir-
oqibatda Sharq dunyosini ulkan o’zgarishlarga olib keldi. 
Bu jarayonlarning kuchayishiga shu yurtlar hukmdorlarining o’z davrining 
donishmand, bilimdon, ilmparvar siymolari sifatida adolat, qonun ustuvorligiga amal qilib 
faoliyat yuritganligi ham ma’lum ma’noda turtki bergan. Buni xalifalik hukmdorlari 
sanalgan Хorun ar-Rashid, Ma’mun yoxud ona yurtimiz ma’rifatparvar hukmdorlari: Nasr, 
Ismoil Somoniylar, Mahmud G’aznaviy, Malikshox,
Nizomulmulk, Jaloliddin Manguberdi
Amir Тemur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo va boshqalar timsolida aniq-
ravshan ko’rishimiz mumkin.
Sharq Uyg’onish davri o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra quyidagi muhim omillar va 
hususiyatlari bilan yaqqol ajralib turadi: 
1) madaniyatda dunyoviy bilimlar, islom axkomlari, aqidalarning rivojlanishi, ularning 
jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai nazaridan talqin etilishi; 
2) turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, xind, turkiy va bosh.) madaniy 
meroslari, qadriyatlari, yutuqlari, ma’naviy boyliklaridan foydalanish zarurligi; 
3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar 
rivoji; 
4) uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning ustuvorligi; 


37 
5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil inson 
shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish; 
6) falsafa va tarix fanlarining o’sishi; 
7) adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi; 
8) bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof topishi va x.k. 
Uyg’onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyoviy ilm-fanning rivojlanishi - 
bular, shubxasiz, bashariyat ma’naviyati yuksalishining muxim o’lchov mezonlari bo’lib 
xizmat qildi. 
Sharq madaniy Uyg’onishining o’ziga xos muhim jihatlaridan biri shundaki, bu 
yuksalish jarayoni bir vao’tning o’zida xam xalifalik markazida va xamda uning Mag’ribu 
Mashriq tomonlarida (Ispaniya Andaluziyasi va Markaziy Osiyoda) birdek namoyon bo’ldi. 
Masalan: IX asr boshlarida xalifalik poytaxti Bag’dod bir vaqtning o’zida xam islomiy 
madaniyat va dunyoviy madaniyat, ilmu urfonning yirik markazlaridan biriga aylangandi. 
Хalifa Хorun ar-Rashid (766-809) davrida Bag’dodda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikmat” 
(Donishmandlar uyi) – olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa xalifa Ma’mun (819-833) 
davrida yanada rivojlandi. Unda ko’p sonli qomusiy bilim soxiblari ilmu fanning turli-tuman 
soxalari bo’yicha yirik tadqiqotlar olib borganlar. Bu allomalarning talay qismi o’rta Osiyo 
namoyandalari bo’lganliklari esa biz uchun aloxida g’urur va e’tiborga arzirlidir.
Bu davr dunyoviy ilm-fanining yana bir muxim yutug’i shundaki, arab va ajam 
olimlarining katta sa’y-xarakatlari, izlanishlari tufayli yunon, lotin, misr, xind tillarida bitilgan 
son-sanoqsiz noyob ilmiy asarlar, qo’lyozmalar topilib, ular arab tiliga tarjima etildi va 
xayotga ijodiy tatbiq etila bordi.
Arab mag’ribi - Ispaniya Andaluziyasida ham Sharq Uyg’onishiga xos musulmon 
madaniyatining yuksak rivojlanganligi ko’zga tashlandi. Bu davr moddiy madaniyatining 
gultojisi - bu Grenada (Andaluziya poytaxti) tepaligida bunyod topgan Alxambra me’moriy 
obidalar majmuidir. Bu yerda qad rostlagan arku qasrlar, masjidlar, maqbaralar, inshootlar, 
ularning ichki va tashqi bezalishi, ularning peshtoqiga yuksak mahorat bilan bitilgan 
Qur’on surasiga oid xusnixat yozuvlari bu madaniyatning takrorlanmas namunalaridir. 
Amerikaning taniqli adibi Vashington Irving ham bu majmuidan olgan xayratini o’z asari 
«Algambra»da batafsil bayon etgani tasodifiy emasdir. Bu zamin hududlarining qulay 
jug’rofiy mintaqa, Buyuk ipak yo’lining muhim chorraxalarida joylashganligi, uning g’arb bilan 
Sharqni bog’lashdagi alohida o’rni, qolaversa, ulug’ ajdodlarimizning bunyodkorlik, 
yaratuvchilik salohiyati - bular uning bag’rida asta-sekin xayratlanarli moddiy va ma’naviy 
o’zgarishlarni yuzaga chiqara bordi. Bu narsa dastavval, shaharlar hayotining o’sishida, 
savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojida, musulmon madaniyatiga oid mahobatli inshootlar, 
minoralar, maqbaralar, saroylar qurilishida, ipak yo’li chorrahalari bo’ylab ko’plab 
karvonsaroylar, rabotu sardobalar (ularning qoldiqlari Malik, Mirzacho’l va boshqa joylarda 
ham uchraydi) bunyod etilishida yaqqol ko’rindi. Masalan: birgina Хorazm vohasida X asrda 
10 ta shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, Х I asrga kelib ularning soni 40 taga yetadi. Buxoroning 
«qubbatul islom» - islom dinining gumbazi degan nomga, Samarqandning esa yer yuzining 
sayqali nomiga sazovor bo’lganligi fikrimiz dalilidir. 
Тarixchi Abu Mansur As-Saolibiy (961-1038) ham Buxoro haqida mana bu so’zlarni 
bejiz aytmagan bo’lsa kerak: «Buxoro Somoniylar davridan boshlab, shon-shuxrat makoni, 
saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari 
porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi».
2
X asr ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat yurita boshlagan Хorazm Ma’mun 
akademiyasi ham bu yurtning ilmu urfoni ravnaqida alohida o’rin tutdi. 
Yurt obodonchiligi, mamlakat ravnaqi, qudratining yuksalishi davomida unda tabiiy 
ravishda ma’naviy madaniyat, ilm-fan rivoji xam jadal sur’atlar bilan ko’zga tashlanib bordiki, 


38 
buning natijasida bu zamindan o’z elini shon-sharafga burkagan, dunyoga dovrug’ taratgan 
mashhur allomalar, ilm-fan yulduzlari yetishib chiqdilar.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish