Soliq akademiyasi


Me’morchilik va tasviriy san’at yuksalishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/40
Sana20.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#686493
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
madaniyatshunoslik fani predmeti metodologik asoslari va barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyati

4.Me’morchilik va tasviriy san’at yuksalishi. 
Biz ko’zdan kechirayotgan asrlarda Sharqda ilm-fan va madaniyatning yuksak darajada 
ravnaq topganligi ayni chog’da boshqa sohalarda, xususan me’morchilik hamda tasviriy 
san’atda ham o’z ifodasini topdi. Bunda ko’p jihatdan bu davrda o’lka hududlarida hukm 
surgan tinchlik, osoyishtalikning sharofati ham katta bo’ldi. Shu davrda mahalliy 
hukmdorlarning sa’y-harakatlari tufayli shaharlarda noyob tarixiy obidalar, hashamatli 
binolar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, masjidu-madrasalar qad ko’tardi. Ayniqsa 
xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar tomonidan yurt 
dovrug’ini olamga tanitgan, ajoyib me’morchilik obidalari, tasviriy san’at namunalari 
yaratildi. Bu davr shaharsozligida xom g’ishtlar va paxsalardan keng foydalanilgan. Ular ni 
shinamligi va ko’rinishini yanada ko’rkamlashtirishda ohakli qorishmalar ishlatilib, gajakdor 
qilib ishlov berilgan. qurilgan ayrim masjidlarning mehroblari esa silliqlangan g’ishtlar, 
o’yma ganchlar va hatto tillo suvlari bilan ham bezatilgan. Har bir shahar markazlarida kitob 
do’konlari, madaniy mollar bo’lishiga alohida e’tibor berilgan. 
O’rta Osiyo Uyg’onish davrining yirik me’moriy obidalari sirasiga Buxorodagi Ismoil 
Somoniy maqbarasi (Х asr), Samarqand yaqinidagi Тim qishlog’idagi Arab ota maqbarasi 
(977-978), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Хo’ja Naxshron maqbarasi (IХ-Х asr), 
Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (ХI asr), O’zgandagi qoraxoniylar maqbarasi, G’azna 
yaqinidagi marmar qotishmalardan tiklangan g’aznaviylar yozgi saroyi, Buxorodagi Minorai 
Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo’rg’on minoralari va boshqa ko’rkam 
me’morchilik inshoatlarini nisbat berish mumkin. Bu davrda me’moriy binolardan tashqari 
yo’nilgan g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli-xil o’lchamli, g’oyat puxta 
ishlangan inshootlar, suv omborlari - bandlar, novlar, ko’priklar, sardobalar va korizlar
qurilgan.
Х asrdan boshlab binokorlikda sinchli imoratlar qurilishi keng tarqalgan. Yakkasinch 
va qo’shsinchli binolar asosan yog’ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi 
xom g’isht yoki guvalalar bilan urib chiqilib, somon loylar yoki qumli loylar bilan suvalgan. 
Bunday qurilma imoratlar ХII asrda ham shahar me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan 
hamda zilzila silkinishlariga o’ta chidamli bo’lgan. Ajdodlarimizning Uyg’onish davri 
me’morchiligi sohasidagi bunyodkorliklari bugunga qadar ham saqlanib qolingan. Ushbu 
tarixiy ma’lumotlarni olimlarimiz Afrosyob, Varaxsha, Buxoro, Poykand va boshqa 
shaharlar xarobalari misolida ham tadqiq etadilar.
Sharqiy o’lkalarda IХ-ХII asrlarda me’morchilik bilan birga tasviriy san’at, naqqoshlik, 
sopol ishlash va ganch san’ati ham ancha rivoj topib borgan. Imoratlarni o’ymakor ustun va 
to’sinlar bilan, devorlarni esa bo’yoqli yoki ganchkorlik naqshlari bilan bezash keng 
tarqalgan. Bunga misol qilib, Zarafshonning yuqori oqimidagi Oburdom degan manzilda Х 
asrda barpo etilgan naqshinkor bino namunasini ko’rsatish mumkin. Inshootda o’ziga xos 
yangilik, go’zallik, ya’ni mahalliy an’ana, badiiy shakl ko’zga yaqqol tashlanadi. 
Shuningdek, ХІ-ХІІ asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro oralig’ida bunyod etilgan 
Raboti Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch o’ymakorligi ham tahsinga loyiqdir.
Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o’z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning 
rivojlanishiga ham turtki bo’ldi. Samarqand, Buxoro, Тoshkent va boshqa shaharlar ushbu 
sohalarda rivoj topgan markazga aylandi. Bu davrda ishlangan sopol buyumlar nihoyatda 
chidamli bo’lib, shahar va qishloq aholisining kundalik hayotiga kirib borgan, shuningdek, 
bu mahsulotlar chet mamlakatlariga ham chiqarilgan. Kulolchilik mahsul otlarini tayyorlash 
jarayoni esa butun boshli ishlab chiqarish jarayonlarini o’ziga qamrab olgan. Shu bilan birga 
bu davrda kumush, mis, bronzadan naqshinkor badiiy san’at buyumlari, chiroyli va bejirim
idish-tovoqlar, qadahlar yasash ham rasm bo’lgan va ularning ko’rinishlari san’atkarona 
tarzda ustamonlik bilan bezatilgan. Bu sohada Samarqand, Farg’ona, Тoshkent, Хorazm, 


43 
Naxshob, Kesh shaharlarining o’ziga xos maxsus maktablari faoliyat ko’rsatgan. Bunday 
jarayonlarning rivojlanishi xattotlik san’atining ham keng yoyilishiga bois bo’ldi. Hali kitob 
bosish kashf etilmaganligi, qo’lyozma kitoblardan nusxalar hattotlar tomonidan qo’lda 
ko’chirilishi sabab xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Usta xattotlar va husnixat egalari o’z 
san’atlarini kitoblar bezash, masjid, madrasa xonaqolarning peshtoqlari, gumbazlari, 
eshiklari va devor ustunlariga har xil oyatlar yozish, saroylarda xonlar, amirlar, sultonlar va 
hokimlar sha’niga madhiyalar bitish kabi ishlarda namoyon etganlar, ularning mehnatlari esa 
juda qadrlangan. 
Shu narsa diqqatga sazovorki, Uyg’onish davriga xos me’morchilik va unda ishlangan 
me’moriy naqsh uslublari o’z navbatida ajdodlarimizning hayotda ijodkor va bunyodkor 
bo’lganligini to’la tasdiq etadi. Ularning yaratgan noyob ishlari san’at asarining durdonalari 
sifatida hozirga qadar ham ajdodu avlodlar e’zozu hurmatiga sazovor bo’lib kelmoqda. Biz 
avlodlar o’tmishda Vatanimiz hududida shunday qo’li gul, yuksak yaratuvchilik 
salohiyatiga ega bo’lgan, xalqimiz va madaniyatimizni dunyoga tanitgan bunday ulug’ 
ajdodlarimiz bilan xaqli ravishda faxrlana olamiz. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish