76
ekologik muammolarni tug’dirdi, harbiy sanoat komplekslarining keng rivojlanishiga sabab bo’lib,
oqibatda insonni texnikaning ijro qismiga aylantirib qo’yadi.
Agar nazoratchilarning bir qismi texnikaga pessimistiknazar bilan qarab, an’anaviy jamiyatga
qaytishni yagona yo’l deb qarashayotgan bo’lsalar, boshqalari esa texnikaning
agressivligi va
murosasizligini ta’kidlab inson bunday sharoitda faqat bitta iloji bo’lgan usul bilan qarshi turishi
mumkin, ya’ni kuchi yetganicha texnomadaniyatning parchalanishiga yordam berishi kerak deb
hisoblaydilar.
Biroq, barcha muammo texnikaga emas, balki insonning o’ziga bog’liq. Тexnika ahloqiy jihatdan
mustaqil olam emas, uning majmui xususiyatida jamiyatning qadriyat tuzilmasi namoyon bo’ladi.
“Тexnika inson” ziddiyatlarining bartaraf qilinishi yangi tipdagi insonning shakllanishiga bo’liq bo’lib,
bu madaniyatdagi biosferik tamoyillarini xisobga oluvchi, tabiat
va inson mun osabatlarini
uyg’unlashtirishga harakat qiluvchi madaniyatning bosh muammolari oqilona hal qilishni ta’minlovchi
sifatga ega bo’lgan yangi insondir.
Insonning bu qadriyatlarga amal qilib, sifatli yangi iqtisodiy tip-”Hayot iqtisodini” yaratishga qodir
bo’ladi. “Hayot iqtisodi” ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini inkor etmagan holda na ishlab
chiqarishda eng yuqori miqdoriy manfaatni, na biror kerakli joyda zarur miqdorlagi va zarur sifatdagi
boylikni ko’zlab ish tutadi . L.Mamford yozishicha: “Bunday iqtisodiyot har qanda y tirik jon, har
qanday jamoa uchun zarur bo’lgan xilma-xil boylik va kechinmaga ega bo’lishni taqozo qiladi, negaki
tug’ilgandan to o’lgungacha uning individual hayoti shunday o’tsin”. Madaniyat dagi bosferik
konsepsiya tarafdorlari insoniyat tarixida o’zlarining
madaniyattasnifini tuzib, unda ta’kidlashlaricha
insoniyatning ilk bosqichlarida madaniyatning turli hil biogelik ko’rinishlari mavjud bo’lgan, keyinchalik
sun’iy ravishda “tabiat ustidan hukumronlik qilish” shioriga tayangan holda texnologik madaniyat
yaratildi zamonaviy odamlar yerdagi ekologik qonunlarga asoslanib turmushi taqozo qiluvchi noogenik
madaniyatga o’tadi. Ekologik madaniyat hozirgi zamon sivilizatsiyasining ahamiyatga molik belgilaridan
biriga aylanib bormoqda. 1980 yilarda e’tiboran zamonamiz ilm-fani tobora ekologiyalashmoqda.
Dastlabki paytlarda ekologiya hayvonot va o’simlik dunyosi ning atrof muhit bilan bog’liqlik aloqalarini
tadqiq etgan bo’lsa, so’ngiroq bir butun tarzda Yerning ekotizmi, biotsenzi, biosferani o’rgana boshladi.
1970 yillardan ekologiya jamiyat hayotidagi jarayonlarni o’rganishga kirishdi. Insoniyat jamiyati bilan
uni o’rab turgan tabiiy iqlimiy, sotsial-madaniy muhitning aloqadorligi muammolarini o’rganuvchi sotsial
ekologiya shakllandi. Ekologiyaning tabiiy va sotsial muhiti inson uning genofondi, odamni bugungi
olamga moslashish jarayoni xususiyatlarini tadqiq etuvchi mustaqil tarmog’i “inson ekologiyasi” vujudga
keldi.
Тabiiy va sotsial, tabiiy va sun’iy jarayonlarning o’zaro ta’sir aloqadorligini optimallashuvini
ekologik madaniyatni boshlanishi” deb hisoblash mumkin. Bu insoniyat tomonidan tabiiy va sun’iy ikki
tizimning teng huquqligini tan olishi demakdir. Ayniqsa bu qishloq ho’jalik sohasi uchun o’ta ahamiyat
kasb etadi. Hozirgi zamon qishloq ho’jaligi uchun mahsuldorlik va tovar ishlab
chiqarish hajmi asosiy
trategik maqsad emas, gap ekologiya qonuniyatlariga muvofiq tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
atrof muhitni asrashdan iborat. Sanoat ishlab chiqarish uchun ekologik qonunlar tabiat resurslariga
tejamkorlik asosida yondashish imkoniyatini beruvchi texnika-texnologiyani yaratishdangina iborat
bo’lmay, ayni paytda, insonning mavjudligi va yashash muhiti biosferani asrash, qayta tiklashdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: