Soliq akademiyasi


Qadimgi Sharqdagi yirik madaniyatlarning (Misr, Mesopatamiya, Hind, Хitoy)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/40
Sana20.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#686493
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
madaniyatshunoslik fani predmeti metodologik asoslari va barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyati

8.Qadimgi Sharqdagi yirik madaniyatlarning (Misr, Mesopatamiya, Hind, Хitoy) 
o’zga xos xususiyatlari) 
Barcha Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilmlarni to’plab ulkan natijalarga 
erishdi va jahon fani rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatdi. Bizgacha yetib kelgan Papirus 
yozuvlari misrliklarning matematika va goyemetriya (turli shaklning hajmi va yuzasini 
o’lchash), astronomiya (aniq quyor taqvimining tuzilishi keyinchalik Yevropada taqvimga asos 
bo’lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon tomirlari haqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo 
(turli moddalarning xususiyatini o’rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) 
sohalaridagi keng tushunchalari haqida dalolat beradi. Atrofdagi mamlakatlarga Mesopotamiya 
matematikasi va astronomiyasi katta ta’sir ko’rsatdi. Hozirga qadar biz Mesopotamiyada tuzilgan 
vaqt va burchak o’lchov uchun 60 bo’lakli tizimdan foydalanamiz. Mesopotamiyaliklar 
matematika va asotronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy fazalarini bo’lish tizimini yaratdi, 
quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va sayyoralar ro’yxati, ko’plab harakat holatlarini 
aniqlash bo’yicha yangiliklar kiritdi. Ikki daryo oralig’i-astrologiyaning ham vatanidir. 
Qadimgi Hind va Хitoy fani ham ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritli. Hindistondagi noldan 
foydalanib o’nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi (“son”, “tub son”, 
“sinus” kibi atamalar hindistonda paydo bo’ldi). O’lim sababini aniqlash maqsadida murda 
tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fiziologiyani rivojlantirib, meditsinada 
katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti haqida tibbiyotga oid asarlardan 
birida jarrohlikning 300 turi bo’lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Hitoy 
ipak, chinni va qog’ozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, shuningdek 
Хitoyda porox, kompas (mil. avv. III asr) yer qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) ham 
ixtiro qilingan. Mil.av. 613 yilga tegishli Хitoy qo’lyozmalari topilib unda Galley kometasi 
haqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Хitoyda osmon globusi, 2500 
yoritqichning o’rni ko’rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. Yangi taqvim jori y qilinib 
(mil.av.104 y) , unga ko’ra bir yil 365 24
1
kunga teng bo’lgan. Mil.av. 28 yilda Хan 
imperiyasining astronomlari quyoshda dog’lar mavjudligini kuzatganlar. Хitoy materiallari 
tarixda birinchi bo’lib hisobda manfiy sonni qo’llaganlar. Тibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash 
kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanlar. 
Hindiston va Хitoyda tabiiy va texnika fanlari ertaroq shakllandi va o’z navbatida 
sermahsul taraqqiy etdi. Biroq, bu fanlar g’arbdagi kabi madaniyatga sezilarli ta’sir ko’rsatmadi. 
Bu Oliy haqiqatni anglash yo’lidagi mustaqil ta’limot bo’lib qolish bilan bog’liq. Masalan, 
Hindisnotda bilim uch darajaga ajraladi: 
1.
Bilmaslik (avidya). 


31 
2.
Тushuncha, “ilmiy” bilim (vijnayana). 
3.
Hamma narsani bilish (prajnya), ya’ni birinchi daraja mantiqsiz fikrlash, ikkinchisi-
mantiqiy, uchinchisi mantiqdan ustun idrok qilishga muvofiq keladi. 
Yer yuzasidagi eng ko’hna va bir qadar o’rganildi, ko’plab xalqlar madaniyatining 
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan 
madaniyatlardan biri-qadimgi Misr madaniyatidir. Qadimgi Misr yozuvi ko’plab hozirgi 
yozuvlar “papirus” , “oazis”, “ximiya”, “ bazalt” va boshqa hozirda ham muomalada saqlanib 
kelmoqda. Misrda turli, o’ta chalkash topinishlar tizimi mavjud bo’lgan: xudolarga sig’ingan, 
jonivor, o’simlik , tuproq, suv, Nilni muqaddaslashtirgan. Quyoshga, tirik xudo-Fira’vnga 
sig’inish qonuni tusiga kirgan. Misrliklar madaniyatida dafn marosimi alohida o’rin tutgan. Ular 
o’limni insonning ikkinchi hayot boshlanishi deb bilgan. Mangu hayot tushunchasi Osirus va 
Izida haqidagi mifdan paydo bo’lgan. Qadimgi yunon muallifi “Misrliklar hayoti o’limga 
tayyorgarlik ko’rishdan iborat”-deb bekorga yozmagan. 
Misrliklardan farqli qadimgi Mesopotamiya aholisi yerdagi hayotga ko’proq e’tibor 
qilishgan. O’lim bilan hammasi tugaydi deb o’ylashsada, narigi dunyoga ishonishgan. Misrliklar 
dan farqli ravishda, narigi dunyoga inson ruhi mangu suv va ovqatga zoriqib yashaydigan 
qo’rqinchli dunyo deb tasavvur qilishgan. Sharuppakning Mesopotamiyaliklarga nasihatida 
aytiladiki “Shirin hayotdan tashqari biron narsa aziz emas”. Mensopotamiyaliklarning quvonchi 
hayot haqidagi qarashlari “Gilgamish” dostonida ham tasvirlanadi . Ular shaxsiy hayot 
muammolari bilan ko’proq qiziqqanlar. 
Hindiston-birinchi jahon dini buddizm vatani bo’lsada, Hindistonning o’zida induizm 
bilan ikkinchi dajarada turadi. Bu ikki din ham “Veda” da aks ettirilgan qadimgi tasavvurlardan 
kelib chiqqan. Hindlarning dunyoqarashi va barcha tushunchalarini belgilovchi markaziy g’oya, 
hind madaniyatining o’ziga xos xususiyati-dunyoda sodi r bo’luvchi benihoya uzliksiz harakat 
g’oyasi hisoblanadi, ya’ni dunyoning aylanishini na ibtido, na nihoya , na aniq maqsadga ega. 
Sharqning qadimgi sivilizatsiyasi moddiy va ma’naviy sohalaridagi ko’plab o’ta muhim 
yangiliklarni vujudga keltirdi. Хususan, mil.avv. I ming yillik ma’naviy g’alayonlar jarayoni 
bilan ajralib turadi. Bu davrda dastlab ikki tamoyil vujudga keldi: umuminsoniy birlik va 
shaxsning ma’naviy mustaqilligi. G’oyalar erkinligi boshlanib inson o’z hayotini unga asoslanib 
qurdi. 
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi G’arbga nisbatan ertaroq boshladi. Yunonlar madaniyati 
Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida juda yuksaldi, buni ellinlarning o’zlari ham e’tirof etishgan. 
Bu ta’sirlar natijasida shunday davr boshlandiki Sharq va G’arb madaniyatlari sintezi ellinistik 
madaniyatni vujudga keltirdi: Yunon-Baqtriya va gandxar san’ati, iskandariya fani, fayum 
prortretlari bunga misol bo’la oladi. Qadimgi Sharq bizga barhayot boyliklarni qoldirdi. Bular 
“Gilgamesh” va “Mahobhorat” dostonlari, Kalidasi drammalari va Chjuanszining ramziy 
masalalari, Misr ehromlari va Buyuk Хitoy devori va boshqalar. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish