Нормал физиология курсига кириш



Download 233,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.04.2022
Hajmi233,62 Kb.
#525327
  1   2   3


Normal fiziologiya kursiga kirish. 
 
 
Ma’ruza rejasi: 
 
1.Fiziologiya fani,uni rivojlantirishda dunyo olimlarining qo’shgan 
xissalari va o’rganish usullari.
 
2.Fiziologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
 
3.Organizm funktsiyalarning shakllanishi va boshqarilishini
asosiy 
printsiplari. 
 
 
 
Tayanch atamalar:fiziologiya,funktsiya.
 
 
 
Fiziologiya predmeti.
Fiziologiya tirik organizm, undagi a’zolar, to’qimalar, 
hujayralar va hujayra tarkibiy elementlarining hayot faoliyati (funktsiyasi) 
jarayonlarini, organizmning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi. 
Fiziologiya funktsiyalarning turda va individda rivojlanishini, ularning 
doimo o’zgaruvchan tashqi sharoitiga moslanishini o’rganadi. 
Funktsiyalarni chuqur o’rganish va shu tariqa faol ta’sir ko’rsatib, ularni 
zaruriy tomonga yo’naltirish fiziologiyaning asosiy maqsadidir. 
Fiziologiya mustaqil bo’lgan, bir-biri bilan bog’langan bir qancha fanlarga 
bo’linadi. Fiziologiyani avvalo umumiy va hususiy solishtirma va evolyutsion
shuningdek, ixtisoslashgan (yoki amaliy) va odam fiziologiyalariga bo’lish 
mumkin. 
Umumiy fiziologiya – 
muhit ta’siriga tirik organizm javob berishining 
umumiy qonunlarini, har bir organizmga xos bo’lgan hayotiy jarayonlarni 
o’rganadi. 
Xususiy fiziologiya – 
to’qimalar (muskul, nerv va b.), a’zolar (miya, yurak, 
buyrak va b.), tizimlar (hazm, qon aylanish, nafas va b.) funktsiyasini o’rganadi.
Solishtirma fiziologiya – 
har xil turlarga mansub bo’lgan organizmlar va 
individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar 
funktsiyasining o’ziga xosligini o’rganadi. 
Evolyutsion fiziologiya – 
funktsiyalarni tur va individda rivojlanish 
qonuniyatlarini o’rganadi. 
Ixtisoslashgan (yoki amaliy) fiziologiya
 
ixtisosiga, bajarayotgan ishiga yoki 
yashayotgan muhitiga qarab organizm funktsiyalarini o’zgarish qonuniyatlarini 
o’rganadi. Qishloq xo’jalik hayvonlari fiziologiyasi va ba’zan odam 
fiziologiyasining ayrim qismlari (aviatsion, kosmik, suv osti fiziologiyalari va b.) 
ixtisoslashgan fiziologiyaga misol bo’lishi mumkin.
Odam fiziologiyasi – 
amaliy tibbiyotning nazariy asosi hisoblanadi, 
fiziologik jarayonlarning normal holatini bilgandagina kasallikni davolashda 
organizm faoliyatining dastlabki holatiga qaytara olishi mumkin. 
Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Fiziologiya o’z tadqiqotlarida 
fizika va kimyo qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish usullaridan unumli
foydalanadi. Organizmdagi barcha faoliyat modda va



energiya almashinuvi, ya’ni kimyoviy va fizikaviy jarayonlarining amalga 
oshishi bunga sabab bo’ladi. Bu ikki yo’nalish yordamida juda ko’p ma’lumotlar 
to’plandi, organizmda fizik va kimyoviy jarayonlar o’tishining o’ziga xos 
qonuniyatlari aniqlandi, bu jarayonlarni o’rganish uchun maxsus texnikaviy usullar 
ishlab chiqildi va natijada mustaqil 
biologik fizik
va 
biokimyo
fanlari vujudga keldi. 
Fiziologiyadagi biofizik yo’nalishining muhim tarmoqlaridan biri-
elektrofiziologiya sinalib, bu sohada hayvonlar organizmida nerv, muskul va 
to’qimalari qo’zg’alganda ro’y beruvchi elektr hodisalarini o’rganadi. 
Fiziologiya 
morfologik 
fanlar-anatomiya, 
gistologiya, 
tsitologiyaga 
chambarchas (uzviy) bog’liq. Organizm va qismlarining shakli, tuzilishi va
ularning funktsiyasi o’zaro bog’liq, ularning makroskopik, mikroskopik va 
submikroskopik tuzilishini va muayyan funktsiya yuzaga chiqayotgan paytda bu 
tuzilish o’zgarishini bilmay turib organizm funktsiyalarini chuqur o’rganib 
bo’lmaydi. 
Fiziologiya umumiy biologiyaga, evolyutsion ta’limotga va embriologiyaga 
ham tayanadi, chunki har qanday organizm faoliyatini o’rganish uchun uning 
taraqqiyot tarixi – filogenezi va ontogenezini bilish lozim. 
Fiziologiya barcha tibbiyot fanlariga uzviy bog’liq. Sog’lom organizmda 
ro’y beruvchi fiziologik jarayonlar bilib olingandagina turli kasalliklarda 
organizmdagi funktsiyalarning buzilganligini tushunish, kasalliklarni davolashning 
to’g’ri yo’llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin. Masalan, qon 
guruxlarining kashf qilinishi, qon quyish kabi tibbiyot uchun muhim tadbirlarga 
fiziologiya fani asos bo’ldi. 
Tibbiyot ham o’z navbatida fiziologiyaga g’oyat ko’p imkoniyatlarni yaratib 
berdi. Odamning turli kasalliklarini o’rganish ko’pchilik normal fiziologik 
jarayonlar mexanizmini tushunishga va ba’zi a’zolar funktsiyasini aniqlashga 
yordam beradi. Tibbiyot amaliyoti fiziologik eksperiment oldiga yangi vazifalar 
qo’yadi va shu bilan birga yangi fiziologik dalillarning boy manbai bo’la oladi.
Fiziologiya psixologiya va pedagogikaga ham bog’liq. I.P.Pavlovning 
yaratgan oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limot psixologiya va pedagogikaning 
tabiiy-ilmiy asosidir. 

Download 233,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish