Bozor iqtisodiyoti sharoitida konchilik korxonalarida shakllanuvchi narx turlari
Xozirgi bozor iqtisodiyotiga utish sharoitida davlat maxsulotlarining narxlari mamlakatning iqtisodiy xayotida serkirra axamiyat kasb etadi. Masalan, ishlab chikarilgan barcha maxsulotlar narxlarining yigindisi yalpi ijtimoiy maxsulot yaratish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mexnatni ifodalaydi.
Undan tashkari narxlar orkali ishlab chikarilgan maxsulot qiymatini boxolash tarmoklarda, ishlab chikarish birlashmalarida , ayrim korxonalar va ularning tarkibiy bulinmalarida yalpi tovar va realizatsiya kilinadigan maxsulotlar xajmini aniklash imkonini beradi.
Narxlar korxonalar, birlashmalar, tarmoklar ishlab chikarish - xujalik faoliyati natijalarini qiymat orkali baxolashda asos buladi.Ular korxonalarni xujalik xisobi printsiplarida ishlashni ta’minlaydi, ularni uzlarining ta’minotchilari va maxsulotlar iste’molchilari xamda boshka tashkilotlar xisob-kitob kilishga imkon yaratadi.
Shunday kilib narx, xalk xujaligida bir kator muxim vazifalarni bajaradi. Ular kuyidagilardan iborat:
narxlar yordamida ijtimoiy zarur mexnat sarflarini xisobga olish va ulchash vazifasidir, ya’ni tovar qiymatining ulcham birligidir;
narxlar ragbatlantirish vazifasini bajaradi.Bu vazifa korxonalarda maxsulot ishlab chikarish xarajatlarini kamaytirish,uning sifatini yaxshilash, maxsulot turlarini muntazam yangilash, yangi texnika va texnologiyani joriy kilish, mexnat unumdorligini oshirish zarurligini takazo kiladi;
narxlar taksimlash vazifasini bajaradi. Narx shakli yordamida ijtimoiy maxsulot qiymati va milliy daromadni tarmoklar yoki xududlar mikyosida, korxonalar urtasida , shuningdek ishlab chikaruvchi va iste’mol kiluvchi korxonalar urtasida taksimlash xamda, kayta taksimlash ishlari bajariladi;
narxlar xujalik xisobi vazifasini bajaradi. Ular mu’tadil ishlovchi korxonalarda xujalik shartlari bajarilishini ta’minlaydi.
Konchilik ishlariga mansub bulgan ishlab chikarish shart-sharoitlar konchilik sanoatida maxsulot narxini shakllanishiga ta’sir kursatadi va narxlarni belgilashda kuyidagi maxsus xollarni xisobga olishni takazo etadi.
Narxlar, umuman tarmok buyicha xam va bir tarmok ichida sifat jixatdan bir-biridan farklanuvchi korxonalarni ekspluatatsiya kilishda xam, ularni kazib olish, boyitish, yuklash va tashish ishlariga sarflangan xarajatlarni tula koplashlari shart.
Narxlar yokilgi va mineral xom ashyoni kazib chikarish va iste’mol kilishda ularga kuyiladigan talablarni eng oz xarajatlar sarflashni ta’minlovchi ilmiy-texnika tarakkiyoti, maxsulot sifatini oshirish va mexnatni tejash kabi omillarni ragbatlantirishi lozim.
Narxlar konchilik sanoati maxsulotlarini ishlab chikarishning xamma boskichlarida (kazib olish,boyitish va x.k) ishlarni bajarish texnikasi va tashkil kilish usullarini takomillashtirishni ragbatlantirilishi kerak.
Xulosa kilib aytganda konchilik sanoatida narxlar shunday belgilanishi kerakki,ular konchilik korxonalarida tabiiy boyliklar isrofgarchiligiga yul kuymaslikni, mexnat material, energiya resurslaridan tula va tejamli foydalanishni ta’minlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |