Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


Meʼda shirasini olish uchun zondlash tashxis ko‘yshda juda muxim



Download 0,78 Mb.
bet34/126
Sana16.01.2023
Hajmi0,78 Mb.
#899907
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

Meʼda shirasini olish uchun zondlash tashxis ko‘yshda juda muxim.
Meʼda shirasi - Meʼda bezlari va Meʼda shillik pardasining epiteliy xujayralari ishlab chikaradigan suyuklik bo‘lib, tarkibida fermentlar (pepsin va boshqalar), xlorid kislota, gastromukoprotein, shillik va mineral moddalar bo‘ladi.
Meʼda shirasining kislotaliligi undagi kislota miqdori bilan belgilanadi. Sog‘lom odamda umumiy kislotalilik 60 dan 40 gacha, erkin xlorid kislota 40 dan 20 gacha, oqsillar bilan bog‘langani 20 dan 10 gacha o‘zgarib turadi. Kislotalilik titrlash yo‘li bilan aniqlanadi. Meʼda shirasidagi kislotani neytrallashga ketadigan o‘yuvchi ishkor miqdori kislotalilikni ko‘rsatadi. Meʼda kasalligi bilan og‘rigan bemorda kislotalilik oshishi yoki pasayishi mumkin. Meʼda suyukligini tekshirish uning sekretor va motor funksiyalarini baholash va ularning buzilishi bo‘yicha kasallik xususiyatini aniqlashga imkon beradi.
Meʼda shillik pardasi kasalliklarida Meʼda shirasining ajralishi va tartibi o‘zgaradi, bu sekretsiyaning oshishiga yoki kamayishiga, shuningdek, kislotalilikning o‘zgarishiga olib keladi. Meʼda shirasini, uning kislotaliligini bir laxzali usuida aniqlash mumkin, bu usul xozirgi vaqtda maksadga muvofik emas. Chunki bundagi tekshirish maʼlumotlari yetarlicha aniq chikmaydi.
Meʼda shirasini tekshirishning sinama nonushtalardan foydalanib olib boriladigan fraksion usuli birmuncha aniq maʼlumotlar olishga yordam beradi (108-rasm).
Meʼda shirasi ingichka zond bilan olinadi. U diametri 3-5 mm va uzunligi 1-1,5 m li rezina naychadan iborat. Meʼda shirasini to‘ldirish uchun 8-10 ta probirka xam bo‘lishi zarur.
M eʼda shirasini olish maxsus muolaja xonasida o‘tkaziladi. Muolaja boshlanishidan oldin Hamshira zondni qaynatish yo‘li bilan sterillaydi. Bemorga muolaja maksadini, uning xavfsizligi va burun orqali chuqur nafas olishni tushuntirish kerak. Agar burun yo‘llari shillikka to‘lgan bo‘lsa, uni tozalash zarur. Ingichka zond Meʼdaga yo‘g‘on zond kiritiladigan usuida yuboriladi. Suvga xo‘llangan zondni yozadigan pero kabi ushlanadi, oldinga va pastga bir oz bosib turib, til ildizi orkasiga kiriti¬ladi, natijada halqum egriligi to‘g‘rilanadi va hiqildoq usti tog‘ayi zond yo‘lidan chetlashadi. Shu vaqtda zondni kizil- o‘ngachga suriladi. Bemor burni bilan chuqur nafas olishi va kusish xarxarakat- larini tutib turishi, so‘lagini esa sochikka tuflashi kerak. Qusish istagi paydo bo‘lganda zondni lablar bilan kisish va burun orqali chuqur nafas olish lozim.
Bemor stol yonidagi stulga uning suyanchig‘iga takalib, boshini bir oz oldin-ga engashtirib o‘tiradi. Hamshira chap qo‘li bilan bemorning boshini ushlab turadi, o‘ng qo‘li bilan esa zondni kiritadi. Zondning bo‘sh turgan uchiga Meʼda suyukligini so‘rish uchun 20 g li shpris kiygiziladi.
108-rasm. Meʼda shirasini olish: a-zaruriy ashyolar:
1 - probirkalar: 2 -ingichka zond:
3 - sinama nonushta; 4 - lotok:
5 shpris; b-.kerakl uzunlikdagi zondni o‘lchash;
d - Meʼda shirasini tortish.
Meʼda sekretsiyasini kuchaytirish uchun sinama nonushtalar qo‘llanadi:
1) Go‘sht bulyoni (Zimnitskiy bo‘yicha) - 1 kg yog‘siz go‘sht olinadi va suvda qaynatiladi. Naxorga Meʼda suyukligining hammasi so‘rib olinadi va bemorga 200 ml iliq bulyon ichishga beriladi. Meʼda suyukligini 2 soat mobaynida, 15 dakika oralalib, 4 ta probirkaga so‘riladi, so‘ngra suyuklikning hammasi so‘rib olinadi va zond orqali yana 200 ml ilik bulyon kiritiladi. So‘ngra Meʼda suyukligini xar 15 dakikada 4 ta probirkaga bir soat ichida takroranolinadi.
2) 7% li karam damlamasi (Petrova va Rissu bo‘yicha) - 300 ml miqdorda damlama tayyorlanadi. Naxorga Meʼda suyukligi so‘rib olinadi va ilik damlama kiritiladi. Meʼda suyukligi bir soat ichida 4 ta probirkaga 15 dakika oralatib so‘rib olinadi. Muolaja 2 marta lakrorlanadi.
3)Gistaminli sinama - Meʼda sekretsiyasining eng kuchli va fiziologik ko‘zg‘aluvchisi hisoblanadi. Gipertoniya kasalligining og‘ir turi. Koronaro - skleroz va bronxial astmada uni qo‘llab bo‘lmasligini unutmaslik kerak. Naxorga Meʼda suyukligi so "rib olinadi, so‘ngra teri ostiga 1 ml 0,5% li gistamin eritmasi yuboriladi va Meʼda suyukligini bir soat ichida 15 dakika oralatib so‘rib olinadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish