2. Oʻzgaruvchi xarajatlar



Download 21,93 Kb.
bet1/5
Sana28.08.2021
Hajmi21,93 Kb.
#157876
  1   2   3   4   5
Bog'liq
23-variant


2. Oʻzgaruvchi xarajatlar (ingliz til. Variable cost VC) ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga taʼsir qiladi va ishlab chiqarish hajmi oʻzgarishiga bogʻliqlikda oʻzgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilgʻi-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi¹

VC=TC-FC


Bu yerda VC -oʻzgaruvchi xarajatTC -umumiy xarajatFC — o'zgarmas xarajat

Korxona foydalanadigan koʻplab resurslar miqdori, yaʼni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilgʻi va energiya sarflari tovar hajmining oʻzgarishiga tez va oson taʼsir qiladi. Boshqa resurslar sarfi taʼsirida tovar hajmi oʻzgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, ogʻir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oraligʻida mahsulot miqdori oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, yaʼni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida taxlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini oʻzgartirshl uchun qisqa muddatli davrda faqat oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin. Boshqacha aytilganda qiska muddatli davr oraligʻida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi esa koʻp yoki kam miqdorda jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslarni qoʻllash yoʻli bilan oʻzgarshii mumkin. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan esa koʻp yoki kam darajada intensiv foydalanish mumkin. Uzoq muddatli davr bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini ham oʻz ichiga olgan, butun band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir. Bu davr davomida boshqa tarmoqda faoliyat qilib turgan korxonalar mazkur tarmoqqa kirib kelishi mumkin. Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining oʻzgarishi taqozo qiladigan qisqa va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogʻida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi. Oqibat natajada barcha xarajat turlari oʻzgaradi va oʻzgaruvchi miqdorlar boʻlib qoladi



3. Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansa-da, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, ya’ni tovarlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajmlari bir xil bo’lmasligi mumkin. Yaratilgan mahsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, 
uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer,jamoa, dehqon xo’jaliklari etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining bir qismini o’zi iste’mol qiladi. Masalan, etishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi iste’mol qiladi, urug’likka ishlatadi va hokazo. Agar shu maqsadlarga jami etishtirilgan kartoshkaning 20% i sarflansa, 80%i tovar 
bo’lib sotiladi, ya’ni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tash-qari, agar uni bir qismi chirishi mumkinligini hisobga olsak, yana ham kam bo’ladi. 
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashini kuchaytiradi. Taklif qilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Taklifga eng avvalo,narx ta’sir qiladi. Talabni o’rganganimizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi talabni o’zgarishiga qanday ta’sir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni ham xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. 
Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik. Bir kg tovar narxi 100 so’m bo’lsa, taklif 10 kg, narx 120 ga ko’tarilsa 12 kg va hokazo tarzida taklif etiladi. Ana shu narx bilan miqdor o’rtasidagi bog’lanishni shartli ma’lumotlarimiz asosida grafikka o’tkazamiz. Nuqtalarni birlashtirsak taklif egri chizig’i hosil bo’ladi. Bu egri chiziq taklif qilingan tovar va xizmatlar miqdori bilan ularning narx o’rtasidagi bog’lanishini 
ko’rsatadi. Tovar uchun narx qancha yuqori bo’lsa, bozorga ishlab chiqaruvchilartomonidan shu tovarni shuncha ko’p miqdorda taklif etiladi, negaki tovar sotuvchi olayotgan puli (tushumi) tovarning narxi oshishi bilan ko’payib boradi. Bu holat ularni mavjud tovar ishlab chiqarish hajmini o’stirishga undaydi. Demak, narxni o’sishi taklifni o’sishiga, pasayishi taklifni pasayishiga olib keladi. Bu matematik nuqtai nazardan to’g’ri proportsional bog’lanishdir. Mana shu bog’lanish, ya’ni narxni ortishi taklifni ham ortishiga, aksincha pasayishi taklifni ham pasayishiga olib kelishi taklif qonuni deb ataladi.  Albatta, taklifni ko’payishi xarajatlarni ham ko’paytiradi. Agar qo’shimcha tovarlarni sotishdan tushgan daromad (tushum) ularni ishlab chiqarish va bozorga keltirish xarajatlarini 
qoplamaydigan bo’lsa, narx oshishiga qaramay, taklif ko’paymaydi. Boshqa tomondan, agar narx pasaygan holda ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yanada ko’proq kamaysa, unda tovarni taklif qilish ko’-payishi mumkin. Ayrim bir tadbirkor faoliyatiga to’g’ri keladigan taklif qonuni jami tadbirkorlar, biznesmenlar faoliyatiga nisbatan ham o’z kuchini saqlab qoladi. Shu sababli jami taklif asosan xususiy takliflarga oid omillarning amal qilishiga bo’ysunadi. Narx osha boshlasa, uni ishlab chiqarishga shuncha ko’p tadbirkorlar jalb etiladi. Natijada taklif qilinadigan tovarlarning miqdori ancha ko’payadi. Agar narx yanada oshib boraversa, payti kelib «narxlar tushishi» kuzatiladi.


Download 21,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish